136
Misollardan anglashiladiki, Navoiy “ohang” ma’nosini
nazarda tutgan
kök
(yozma manbalarda:
kög~küg~kök
)
polisemantik so‘z bo‘lib, “she’r, qo‘shiq, she’r o‘lchovi, nazm;
kuy, ohang” ma’nolarini ifoda etgan ekan.
Til taraqqiyotining keyingi davrlarida mazkur so‘z
küy
ga
aylangan. Hozirgi o‘zbek
tilidagi
“ohang”
ma’nosini
bildiruvchi
küy
qadimgi
küg
(~
kög
) ning o‘zgargan shaklidir (-
k//-g>-y; -ö>-ü
). Tilimizda uning “she’r, qo‘shiq” ma’nosi
hozir ham relikt shaklida uchraydi. Hozirgi
küylä
- fe’lining
o‘zagi tarixan “ohang, kuy” ma’nosiga emas, balki “she’r,
qo‘shiq ma’nosiga bog‘lanadi. Chunki,
küylä
- so‘zida “kuy
chalmoq emas, “qo‘shiq aytmoq” ma’nosi mujassam:
san’atkār
kuyladi=san’atkār qo‘shiq aytdi.
Bu so‘z “Devonu lug‘atit
turk”da qo‘llangan
köglä-
(
er köglädi
) fe’lining fonetik
jihatdan o‘zgargan shaklidir:
köglä~ küglä> küylä.
Tilimizda
sigir küylädi, ït (urğačï ït) küyükdi
birikmalari
ham bor. Ushbu birikmalar tarkibidagi
küylä-, küyük-
esa yuqo-
ridagi
ma’nolarga
bog‘lanmaydi.
Bular
hayvonlarning
juftlashuv
vaqtini bildiruvchi
kög(~küg)
dan yasalgan. Ushbu
so‘z Mahmud Koshg‘ariyning devonida uchraydi:
kög
– bu
echki va boshqa hayvonlarning qishda bir-biriga oshadigan
(juftlashadigan) vaqti:
qoy kögi boldï
– qo‘ylarning
qo‘shiladigan, uyur oladigan vaqti bo‘ldi (MK.III.145). Bu
so‘zdan esa hayvonlarga nisbatan qo‘llanuvchi
küylä-, küyük-
fe’llari yasalgan:
kög(~küg)> küy-+lä; küy+ük
.
Endi hozirgi
qošïq
[tarixiy shakli
qošuq
] so‘zining yasalishi
borasida. Uning etimologiyasi haqida har xil fikrlar bildirilgan.
Ko‘pchilik bu so‘zning o‘zagini “biriktirmoq” ma’nosidagi
qoš-
fe’liga bog‘laydi. Bu o‘zakni
qoš
(yer haydovchi ho‘kiz)
so‘ziga bog‘lovchilar ham bor. Ta’kidlamoq kerak,
qošuq
so‘zi-
ning o‘zagi qayd etilgan ma’nolarning birortasiga bog‘lanmaydi.
Yasalishi shunday: o‘zagi
qoš
- bo‘lib, -
q
(-
uq
) – ot yasovchi qo‘-
shimcha;
u otdan emas, fe’ldan ot yasaydi. Shunday ekan, bu
so‘z o‘zagining “er haydovchi ho‘kiz”ga bog‘lanuvi o‘rinli
137
emas. So‘zning
qoš
- o‘zagi “biriktirmoq” ma’nosida ham emas,
u “she’r to‘qimoq” ma’nosidadir. Bu ma’no qadimgi turkiy tilda
amal qilgan. “She’r to‘qimoq” ma’nosidagi
qoš
- so‘zini,
jumladan, “Devonu lug‘atit turk”da uchratamiz:
ol yïr qošdï
– u
she’r yozdi (MK.II.22).
Demak, manbalarda qayd etilgan misollardan hozirgi
qošïq
atamasi tarixan
qoš
- fe’lining “qo‘shmoq, biriktirmoq”
anglamidan emas, “(she’r, ashula) to‘qimoq” ma’nosidan
yasalganligi anglashiladi.
Dostları ilə paylaş: