128
MK.I.388 da: qağun, KTT. 9 da: qawun. Hozirgi o‘zb.:
qawun.
MK.II.85 da: qağurdï, MK.I.85 da: qağurmač, KN.71 da:
qawurmač –
ovqatning oti, KTT.21 da: qawurma.
Hozirgi
o‘zb.: qawurma, qawurdaq.
MK.I.449 da: qulabuz, KTT.34 da: qulağuz, QB.124,
RQ.146b da: qulawuz – yo‘lboshchi, rahnamo. Hozirgi turk.:
qïlawuz
K.2 da: yağï, hozirgi o‘zb.: yaw.
QB.326 da: yawuz. Hozirgi o‘zb.: yawuz.
Ka.7, QB.2694 da: yağuq, KTT.35, RQ.141b da: yawuq –
yaqin.
OD.27.8 da: soğuq; KTT.38 da: sawuq. Hozirgi o‘zb.:
sawuq.
OD.41.5 da: tağuq. Hozirgi o‘zb.: tawuq.
KN.72 da: sağlïq. Hozirgi o‘zb.: sawlïq (qoy).
OD.19.4 da: suğ. Hozirgi o‘zb.: suw. Biroq fe’l shaklida:
suğar-. Bu qadimgi qoldiq shakli bo‘lishi ham mumkin. Qiyos-
lang: Taf.276 da: suwar-; Lekin MK.II.218 da: suwğar-. Uning
-a qo‘shimchasi bilan yasalgan suwaldï varianti ham bor: tarïğ
suwaldï – ekin sug‘arildi (MK.II.142).
b//w>y hodisasi.
QB.145, ST.V.20.16, AH.417 da: owut.
Hozirgi o‘zb.: uyat.
w>y hodisasi.
QB.203 da: tewä. Hozirgi o‘zb.: tüyä,
uyg‘ur.:. tögä.
QB.334 da: sewinč. Hozirgi o‘zb.: sewinč. Biroq: süyün,
süyünči.
b//ğ>w hodisasi.
QB.139 da: suw. Hozirgi o‘zb.: suw.
ñ//n//y>y hodisasi.
Quyidagi misollarni qiyoslang: K.12
da: qoñ, OD.41.3, KTT.19 da: qoyun, Ton.53 da: qoy, QB.439
da: qoy, Taf.211 da: qoy~qoyun. Hozirgi turk.: qoyun, o‘zb.:
qoy.
Yoki Ka.9, İB.30 da: čïğañ, ST.VIII.4.8, QB.307 da: čïğay
– “qashshoq, yo‘qsil”.
129
Ka.5 da: añïğ; ST.V.38.13 da: ayïğ – yovuz, tuban,
bema’ni.
ŋ>y hodisasi.
AH.89 da: söŋäk, Taf.275 da: söŋük. Hozirgi
o‘zb.: süyäk~söŋäk.
Dostları ilə paylaş: