Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Tovushlarning o‘rin almashinuv (metateza) hodisasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Tovushlarning o‘rin almashinuv (metateza) hodisasi.
QB.114 da: yağmur (yağ 
– 
“yog‘moq” 
so‘zidan), 
RQ.144b da: yamğur. Hozirgi o‘zb.: yamğïr. 
AH.45 da: ögret (ög – “aql” so‘zidan). Hozirgi turk.: öğret 
(talaffuzi: öyret), o‘zb.: örgät. 
KN.71: yafrağ~yarpaq. Hozirgi o‘zb.: yapraq. 
Hozirgi o‘zbekchadagi quyidagi so‘zlar ham tovushlarning 
o‘rin almashinuv hodisasi tufayli hosil bo‘lgan: ğam ček-. Bu 
o‘rinda ček- fe’li keč- ning o‘zgargan shaklidir. Yoki yana: 
paypoq (
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r: 
 
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimidagi o‘zgachaliklar 
nimalardan iborat? 
Lutfan Alisher Navoiyning turkiy til unlilar tizimi bo‘yicha 
bergan ma’lumotlarini ochiqlab bering. 
Undoshlar tizimidagi o‘zgachaliklar nimalardan iborat? 
Lutfan bitiglar tilida tovushlar uyg‘unligi (singarmonizm) temir 
qoida sifatida amal qilganligini o‘rnaklar ko‘magida tushuntiring. 
Til tarixida amal qilgan tovush o‘zgarishlarini o‘rnaklar 
ko‘magida ochiqlab bering. 
 
 
 
 
 


131
TO‘RTINCHI BO‘LIM. QADIMGI TURKIY TILNING 
MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI 
SO‘Z YASALISHI 
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r: 
morfema, tarixiy morfema; so‘z 
tarkibi, o‘zak, negiz, qo‘shimcha; so‘z yasovchi qo‘shimchalar bilan 
so‘z yasash, analitik usul bilan so‘z yasalishi.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r: 
 
Morfemika. Morfema taxlilida tarixiylik va hozirgi holat. 
So‘zning tarkibi. O‘zak va negiz. 
So‘z yasalishi. 
 
Morfema to‘g‘risida tushuncha
Morfema
ma’no anglatuvchi eng kichik, bo‘linmas 
elementdir. Morfemalar til bilimining 
morfemika
bo‘limida 
o‘rganiladi. 
Morfema tahlilida tarixiylik va hozirgi holat masalasini 
ajrata olish kerak. Tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida 
so‘zning morfem tarkibi o‘zgarib turadi. Jumladan, hozirgi 
o‘zbek tilida 
išlä, bašla
so‘zlarini 
iš-lä, baš-la
ko‘rinishida 
morfemalarga 
ajratamiz. 
Bunga, 
ikkala 
yasama 
so‘z 
o‘zaklarining leksik ma’no anglatishi, ularning mustaqil holda 
qo‘llana olishi, 
-lä, -la
qo‘shimchasining fe’l yasovchi ekanligi 
asos qilib olinadi. Biroq, 
imlä
so‘zi hozirgi o‘zbek tili nuqtai 
nazaridan morfemalarga bo‘linmaydi; 
-lä
ni fe’l yasovchi deb 
qaraganimizda ham, o‘zak yolg‘iz ko‘rinishida leksik ma’no 
ifodalamaydi (
im qaqdï
deyilganda ham yasama so‘z holida 
qo‘llanadi). Tarixan, aksincha, 
imlä
dagi 
im
– “parol, belgi” 
ma’nosini 
bildirgan, shuning uchun uni 
o‘sha davr 
o‘lchovlariga tayanib ikkiga ajratish mumkin. Yoki 
alda

so‘zini ham hozirgi o‘lchovlar asosida morfemalarga bo‘la 
olmaymiz. Tarixan uni ikki morfemaga ajratish mumkin: 
al-da



132
Bulardan: 
-da

fe’l yasovchi, 
al
esa “hiyla, nayrang” 
ma’nosini bildiradi. Bunda til tarixida o‘zaklarning mustaqil 
qo‘llanila olgani, qo‘shimchalarning esa yasovchi sifatida 
harakat qila olgani asos qilib olinadi. Masalan, 
al
so‘zi 
o‘tmishda mustaqil holda ham qo‘llanilgan: 
Awčï nečä al bilsä, 
aδïğ anča yol bilir
. – Ovchi qanchalik hiyla bilsa, ayig‘ ham 
qochib qutilish yo‘llarini shu qadar biladi (MK.I.94). 
Endi 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin