Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

TOVUSH O‘ZGARISHLARI 
So‘z ichida unlilarning tushishi.
So‘zning qo‘shimcha 
olishi natijasida oradagi unli tushirilishi mumkin: oğlan – 
o‘g‘illar tegra, atrof < tegir – o‘girmoq; ilt~elt – olib bor- So‘zning boshida: 
b//m, b>m hodisasi.
Hozirgi o‘zbek tilida [m] bilan 
keladigan so‘zlar urxun bitiglarida [b] bilan kelgan: ben, biŋ, 
buŋ. Qadimgi turkiy tilda [b] lashish ustun edi, deb sanamaslik 
kerak. Uning bilan barobar, boshqa bir shevalarda [m] lashish 


126
ham amal qilgan. Ko‘k turk bitiglaridagi [b] uyg‘ur yozuvli 
budda, moniy yodgorliklarida [m] ga o‘zgaradi.
Misollar keltiramiz:
Ton.10 da: ben, E.28.7 da: men. Hozirgi turk.: ben, o‘zb.: 
men. 
E.48.6 da: bäŋkü – yodgorlik, mangutosh. Lekin E.39.5 da: 
mäŋkü qaya – yodgorlik, mangu qoya. QB.109 da: mäŋü. 
Hozirgi o‘zb.: mäŋü. 
E.46.4 da: buŋ. Hozirgi o‘zb.: muŋ. 
So‘z ichida:
d>δ>y//g hodisasi.
Qadimgi turkiy tilga [d] lashish xos; [y] 
yoki [g] lashish nisbatan kam uchraydi. Hozirgi o‘zbek tilida 
[y] yoki [g] bilan kelgan so‘zlar qadimgi yodgorliklarda [d] 
bilan aytilgan. XI–XIV asrlarda qadimgi [d] bilan yonma-yon 
[δ] ham qo‘llanilgan. “Chig‘atoy turkiysi” davridan boshlab [y] 
yoki [g] ga aylandi.
QB.368 da: aδaq, Taf. da: aδaq (40)~ayaq (44); KTT.28 da: 
ayaq. Hozirgi o‘zb.: ayaq.
Ka.4 da: idi, Taf. da: iδi (122)~iyi (121)~eyä (70), hozirgi 
turk.: iye, o‘zb.: egä.
K.28 da: yadağ, KTT.37 da: yayağ. Hozirgi o‘zb.: yayaw. 
AH.426 da: qadğu. Hozirgi o‘zb.: qayğu. 
OD.36.6 da: uyqu; QB.16 da: uδï – uxla, uδuğ – uyg‘oq; 
Taf.324 da: uδï~uyu; RQ.139a da: uyuqla – uxla. Hozirgi 
o‘zb.: uyqu, uxla, uyğaq. 
QB.65 da: quδruq. Hozirgi o‘zb.: quyruq. 
E.17.3, ST.V.18.18 da: adïr, QB.323 da: aδïr. Hozirgi o‘zb.: 
ayïr. 
E.17.2 da: qadïn. Hozirgi o‘zb.: qayïn: qaynata (ata), qaynağa (X.37 da: qodï~qudï, QB.71 da: qoδï~quδï, Taf.211 da: 
qoδï~qoδu~qozï. Hozirgi o‘zb.: quyï. 
QB.148 da: beδüg, Taf.113 da: büyüg. Hozirgi o‘zb.: 
büyük. 


127
KTT.17 da: eyär, KN.72 da: egär. Hozirgi o‘zb.: egär. 
İB.18 da: tügünük. Hozirgi o‘zb.: tüynük. Qiyoslang, İB.18 
da: közünük – deraza. 
QB.339 da: eδgü, KTT.35 da: eygi; Taf. da: eδgü 
(70)~eygü (72). Hozirgi turk.: iyi, o‘zb.: ezgü. Biroq o‘zbek 
tilida ayrim iboralarda iyi shakli ham qo‘llaniladi: İyilikniŋ 
keči yoq. 
Taf.40 da: aδğïr. Hozirgi o‘zb.: ayğïr. 
KN.76 da: biyiz. Hozirgi o‘zb.: bigiz~biyiz. 
Ton.4 da: bod, RQ.140b da: boy; hozirgi turk.: boy. O‘zbek 
tilida qayïnboy so‘zining tarkibida saqlangan, “qayin avlod, 
qayin urug‘i” degani. 
QB.365 da: boδ, Taf.106 da: boy.. Hozirgi o‘zb.: boy – bo‘y, 
qomat. 
QB.442 da: boδ – rang, KN.71 da: boy – rang, boyaq – 
bo‘yoq. Solishtiring, hozirgi o‘zb.: boya, boyaq. 
Boy ning “bo‘ydoq, turmush qurmagan” ma’nosi ham bor. 
Masalan: KN.71 da: boy~boydaq. Solishtiring, hozirgi o‘zb.: 
boy qïz; boz yigit~boydaq yigit.
QB.70 da: yïδ – hid. 
AH.167–168 da: ked-, kedim. Hozirgi o‘zb.: kiy-, kiyim. 
AH.255 da: tod-. Taf.306 da: toy-. Hozirgi o‘zb.: toy-.
OD.2.2 da: ud, KN.72 da: uy, qirg‘.: uy. Hozirgi o‘zb. uyčï 
(uyčï tümäni) so‘zining tarkibidagi uy qadimgi ud ning 
o‘zgargan shaklidir; uyčï – “qoramol boquvchi” degani. 
Qiyoslang: xatïrčï – “xachir yetishtiruvchi”. 
Taf. da: ïδ~ïy (128)~ïz (129) – yubor-. 
Shunga qaramay, o‘zbek tilida ayrim so‘zlarning qadimgi d 
li shakli ham saqlanib qolgan. MK da: quduğ (III.134) ~ quδuğ 
(I.356); RQ.141b da: quduğ. Hozirgi turk.: quyu, o‘zb.: quduq 
(lekin qudï emas – quyï); İB.42 da: idiš-ayaq, RQ.142b da: idiš, 
MK.I.112 da: ayaq. Hozirgi o‘zb.: idiš-ayaq.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin