119
(V.15.19). “Hibatu-l-haqoyiq”ning uyg‘ur yozuvli A nushasida
(Arat 1992 bo‘yicha):
uul
– asos (81.3),
yool
– yo‘l (94.4).
Arab yozuvli turkiy matnlarda [a] ning cho‘ziqligini
ifodalash uchun qo‘shaloq “alif” harfidan foydalanilgan.
Masalan, “Devonu lug‘atit turk”da: جاا
aač
– och, suq, ش اا
aaš
– osh, ovqat, ل اا
aal
– hiyla, ف اا
aaw
– ov.
Matnlarda lab unlilarining cho‘ziqligini
ifodalashda
qo‘shaloq “vav”dan foydalanilgan:
ööl
– ho‘l.
Ma’lumki, arab yozuvli turkiy matnlarda unlilar “aliv”,
“vav”, “ya” harflari yoki harakatlar bilan ifoda etilgan.
Unlilarning “aliv”, “vav”, “ya” harflari bilan yozilishini ba’zi
olimlar cho‘ziqlikning ifodasi deb biladilar. Bu fikrga
qo‘shilish qiyin. Mazkur imlo xususiyati faqat cho‘ziqlik bilan
bog‘liq emas. Bunga turkiy yozuv an’anasining davomi sifatida
yondashilgani ma’qul.
Sababi shundaki, uyg‘ur xatida unlilar,
cho‘ziq-qisqaligidan qat’i nazar,
yozuvda mantazam tarzda
ifoda etilavergan. Turklar arab xatini o‘zlashtirganlarida
imlodagi ana shu prinsipni saqlab qoldilar. Shunga binoan, arab
xati asosidagi turkiy yozuvda unlilar uchun “aliv”, “vav”, “ya”
harflaridan foydalaniladigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, yozma yodgorliklar tilida “birlamchi”
cho‘ziq unlilar fonema darajasida amal qilgani dargumon.
Harg‘alay, ular oddiy unlilarning fonetik varianti sifatida
qo‘llangan ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: