112
Yodgorliklarning yozuv va fonetik o‘zgachaliklari qadimgi
turkiy tilda sakkizta unli fonema amal qilganidan dalolat
beradi. Bular: [a], [ä], [ï], [i], [o], [ö], [u], [ü]. Bulardan:
[a] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablanmagan unli;
[ä] – old qator, “ingichka”, keng, lablanmagan unli;
[ï] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablanmagan unli;
[i] – old qator, “ingichka”, tor, lablanmagan unli;
[o] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablangan unli;
[ö] – old qator, “ingichka”, keng, lablangan unli;
[u] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablangan unli;
[ü] – old qator, “ingichka”, tor, lablangan unli.
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimi tovushlar qatori, tor-
kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra o‘zaro qarama-qarshi
juftliklarni yuzaga keltirgan: orqa qator “yo‘g‘on” [a], [ï], [o],
[u] unlilari old qator “ingichka” [ä], [i], [ö], [ü] unlilariga; keng
[a], [ä], [o], [ö] unlilari tor [ï], [i], [u], [ü] unlilariga;
lablanmagan [a], [ä], [ï], [i] unlilari lablangan [o], [ö], [u], [ü]
unlilariga qarama-qarshi turadi.
[a] unlisi [ä] unlisiga qarama-qarshi turadi. [a] unlisi
“yo‘g‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi:
Dostları ilə paylaş: