Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
Imlo prinsiplari. 
Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuvning 
imlo prinsiplari puxta ishlangan edi.
 
Yozuvda unlilarni 
ifodalash uchun alifbodagi uchta harf – “alif” (
ا
), “vav” (
و
), 
“ya” (
ي
) hamda harakatlar, turli grafik vositalardan 
foydalanilgan.
Turkiy tildagi unlilar imlosi xususida “Attuhfatu-z-zakiyatu 
fillug‘atit turkiyya” asarining muallifi shunday yozadi: 
“Bilgilki, turk tilida shakl yo‘q. Shakl yo‘qligi uchun bir 
qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo‘lar edi. Shuning uchun 
ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni 
yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar. Ya’ni 
“fatha” o‘rnida “alif”, “kasra” o‘rnida “ya”, “zamma” o‘rnida 
“vav” qo‘llay boshladilar” (AZFT.10). “Turk tilida shakl yo‘q” 
deyilganda turkiy imloda unlilarni ifodalashga xizmat qiladigan 


106
harakatlar yo‘qligi nazarda tutilmoqda. Ayni usul bilan imloda 
unlilarni to‘liq ifodalash usuli joriy etilgan. 
Yozuvda ba’zan cho‘ziq unlilar ham o‘z ifodasini topgan. 
Masalan, “Devonu lug‘atit turk”da qo‘shaloq “alif” cho‘ziq 
unlini bildiradi: 
جاا
a:č – och, suq, 
شاا
aš – osh, ovqat, 
لاا
a:l – 
hiyla, 
 فاا
a:w – ov. 
Turkiy matnlarda 
ب
harfi jarangli [b] va jarangsiz [p] 
undoshlarini ifodalaydi. Ayrim o‘rinlarda jarangsiz [p] ni 
farqlash uchun 
پ
harfidan ham foydalanilgan: 
ﺪﻨﭘ
pand, 
ل ﻮﭘ
pul. 
ک
harfi jarangsiz [k] va jarangli [g] undoshlarini ifodalaydi. 
Ba’zi hollarda jarangli [g] ni jarangsiz [k] dan farqlash 
maqsadida “kaf”( 
ک
)ning ustiga uch nuqta qo‘yilgan. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin