Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
SURYONIY YOZUVI 
 
Melodning 
boshlarida 
Mesopotamiyaning 
G‘arbiy 
shimolida xristianlik gurkiragan edi. Bu o‘lkada oromiy 
alifbosi asosida shakllangan suryoniy xati amal qilgan. V 
yuzyillikning o‘rtalarida Suriya dindorlari ikki mazhabga 
bo‘linib qoldilar. Ularning nasturiy mazhabidagilari o‘z yurtida 
ta’qib ostida qolgach, Erondan panoh topdilar. Nasroniylar bu 
yerda o‘zining ta’limot maktablarini ochdi. Mana shu maktab 
namoyandalari o‘z ta’limotlarini mahalliy xalq orasiga ham 
yoydilar. Ularning missionerlik ishlari oqibatida nastroniylik 
VII–VIII asrlarda Hirot, Samarqand, Qashqar, hatto Hindiston 
bilan G‘arbiy Xitoyga yetib bordi. Nasroniylik bilan bir paytda 
bu o‘lkalarda suryoniy alifbosi ham tarqalgan. Suryoniy xati 
turk nasroniylar orasida ham qo‘llanilgan. Bizgacha yetib 
kelgan nasroniy mazmunli turkiy yodgorliklar ikki – uyg‘ur va 
suryoniy yozuvlaridadir. Turklar orasida suryoniy yozuvi 
chig‘atoy xonligi davrida ham amal qilgan. 


105
ARAB ALIFBOSI ASOSIDAGI TURKIY YOZUV 
Arab xatining O‘rta va Markaziy Osiyoga yoyilish tarixi bu 
o‘lkalarga islomning kirib kelishi bilan bog‘liq.
O‘rta Osiyoda arab xatida bitilgan eng eski kitoblar IX 
asrga tegishli. Ular arab va fors tillarida. Arab yozuvida turkiy 
yodgorliklar X asrdan boshlab ko‘chirilgan. Undan eskisi 
topilganicha yo‘q. Turkiy xalqlar qoraxoniylar davridan uyg‘ur 
xati bilan yonma-yon arab yozuvidan ham foydalana boshladi.
Qoraxoniy hukumdorlar zarb ettirgan tangalardagi yozuvlar, 
xonlarning ayrim yozmalari arab xatida. XI asrdan e’tiboran 
arab xatida yirik asarlar ham ko‘chirila boshladi. Yusuf Xos 
Hojib qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asarining namangan 
va qohira qo‘lyozma nusxalari, Mahmud Koshg‘ariyning 
“Devonu lug‘atit turk” asaridagi turkiy matnlar, Adib Ahmad 
Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” dostonining arab yozuvli 
nusxalari arab xatidagi eng eski turkiy yodgorliklardir. 
Alifbo tizimi. 
Turklar arab alifbosini o‘z tillariga moslab 
qabul qilgan. Shuning uchun ham asl arab alifbosi bilan turkiy 
tilga moslangan alifbo orasida bir oz farq bor. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin