Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

el kiši
birikmasi ham bor. Bu o‘rinda 
el
– “yurt, mamlakat”, 
el kiši
esa 


92
ruschadagi “grajdanin” degan tushunchani beradi. Bitigdagi 
töbä
so‘zi “yodgorlik, bitigtosh” anglamidadir. Bitigning 
e’tiborni tortadigan yana bir xususiyati, undagi ta’rix (sana) asl 
turkiy qolipda: avval yil (hijriy va muchal tartibida), so‘ng oy, 
kun ketma-ketligidadir. 
Amir Temur bitigda 
Temür-beg
deb tilga olingan. Bu 
ismdagi 
beg
uning darajasidir. U “amir”ga to‘g‘ri keladi. 
Uyg‘ur, arab yozuvlarida [k] va [g] tovushlari bir harf bilan 
ifoda etilganligi ma’lum. Muhimi shundaki, “Qutadg‘u 
bilig”ning arab yozuvli namangan nusxasida ora-chora 
beg
so‘zidagi “kof” harfining ustiga uch nuqta qo‘yib ketilgan. Uch 
nuqtasi bu so‘zning [g] bilan o‘qilganiga dalil. Demak, yozma 
yodgorliklar tilida bu so‘z 
bek
emas, 
beg
deb o‘qiladi.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, bitigning mazmuni 
shunday bo‘ladi: “Tarix yetti yuz to‘qson uchda, qo‘y yil, 
ko‘klamning ora oy(ida) Turonning sultoni Temurbeg uch yuz 
ming qo‘shin bilan islom uchun To‘xtamish xon(ning) 
xonligiga yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo‘lsin deb ushbu 
bitigtoshni yozdirdi. Tangri (bizga) nisfat [ya’ni to‘g‘rilik, 
insof] bergay inshoolo. Tangri fuqaroga rahm qilg‘ay, (el) bizni 
duo bilan yod qilg‘ay”. 
U. Sertkaya uyg‘ur yozuvli matnning birinchi jumlasini 
Tïrïx yedi yüz toqsan üčtä qoy yïl yerniŋ uğanï turannïŋ sultānï 
Temür-bek üč yüz miŋ čerik bilä ismi üčün toqtamïš qanqa 
bulğar qanïqa yorïdï ko‘rinishida o‘qib, turkchaga “Tarih yedi 
yüz doksan üçte, Koyun yıl(ında), yerin (cihanın) sahibi, 
turanın sultanı Temür Bey, üç yüz bin asker ile, ismi (islam?) 
için Toktamış Han’a, Bulgar Hanı’na yürüdü” deb tarjima 
qilgan (Sertkaya 2007,36–37).
E’tibor bersangiz, bitigda Temurbek o‘z saltanatini 
Turan
deb atamoqda. Temurbek mamlakati aslida shunday atalgan. 
Matnda hukumdor o‘zini 
Turannïŋ sultānï
, otini esa 
Temür-beg
degan: 
Turannïŋ sultānï Temür-beg
. Sultonning oti turkiy 
tildagi boshqa hujjatlarda ham shunday. Masalan, Sulton Abu 


93
Saidning uyg‘ur yozuvli vasiqasida u 
Sāhibqirān Temür-beg, 
Beg, Sāhibqirān Beg, Temür-beg 
deb beriladi. Yanada muhimi, 
bitigning arab xatida emas, balki qadimgi uyg‘ur yozuvi va 
turkiy tilda ekanligidir. Bu ham bo‘lsa, Temurbek o‘zining 
tarixiy yozmalari, yilnomalari, rasmiy yorliqlarini uyg‘ur 
xatida bittirganidan dalolat beradi. Temuriylar tarixini bitgan 
muarrixlar o‘z asarlarini yozishda uyg‘ur yozuvida bitilgan ana 
shunday yilnoma, tarixiy hujjatlardan foydalanganlarini ham 
qayd etib o‘tganlar. 
XIV–XV asrlarda Mavoraunnahr va Xurosonda kitobat 
san’ati gullab-yashnadi. O‘sha kezlar Yazd, Hirot, Samarqand 
madaniy markazlarida uyg‘ur xatida bituvchi xattotlarning 
maktablari yuzaga keldi. Temuriylar bu noyob kasb egalariga 
doim g‘amxo‘rlik qildilar, uyg‘ur xati bilan yozuvchi kotiblar 
ularning himoyasida bo‘ldi. Chunonchi, Hirotda ko‘chirilgan 
uyg‘ur yozuvli qo‘lyozmalar Shohruhning, Samarqandda 
Mirzo Ulug‘bekning, Yazdda esa Mir Jaloliddin(Jaloliddin Mir 
Chaqmoq)ning buyrug‘i va homiyligi ostida bitildi. 
XIV–XV asrlarda Oltin O‘rda, Chig‘atoy xonlari zamonida 
turkiy tilda bituvchi kotiblarni 
baxšï
deganlar. O‘sha kezlar 
turkiy matnlar qo‘proq uyg‘ur xatida yozilardi. Shuning uchun 
ham 
baxšï
ko‘pincha uyg‘ur xatida ko‘chiruvchi kotibni 
bildirgan va bu so‘z uning otiga ham qo‘shib aytilgan. Turkiy 
yozma 
manbalarda o‘sha davrda 
yashab 
ijod etgan 
baxshilarning otlari ham qayd etiladi (masalan, o‘sha kezlarda 
yashab ijod qilgan Mansur baxšï, Hasan Qara Sayïl Šams 
baxšï, Zaynu-l-Abidin baxšï ning otlari ma’lum).
Temuriylar zamonida bitilgan bebaho yozma obidalarning 
ayrimlari 
va, 
aniq 
aytish 
mumkinki, 
eng 
nodirlari 
kunimizgacha 
yetib 
kelgan. 
Ana 
shunday 
nodir 
qo‘lyozmalardan biri Yusuf Xos Hojib yozgan “Qutadg‘u 
bilig” asarining uyg‘ur yozuvli nusxasidir (Радлов 1890). Uni 
Hasan Qora Sayil Shams baxshi 1439 yili Hirot shahrida 


94
ko‘chirgan. Qo‘lyozma kitob hozir Vena Milliy kutubxonasida 
(A.G‘.13) saqlanmoqda. 
“Qutadg‘u bilig”ning Hirot maktabida ko‘chirilganligi 
temuriylar zamonida o‘tmish adiblarining asarlariga e’tibor 
katta bo‘lgani, shuningdek, qoraxoniylar davri adabiyoti, eski 
turkiy adabiy til va yozuv an’anasining davom etganligidan 
dalolat beradi. 
Hirot xattotlik maktabining yirik namoyandalaridan yana 
biri Abu Malik baxshidir. Uning qo‘lidan chiqqan nodir 
qo‘lyozma hozir Parijdagi Fransiya Milliy kutubxonasida 
(Suppl. Turc.,190) saqlanmoqda. Baxshi mazkur qo‘lyozmani 
hijriy 840 (melodiy 1436–1437) yili ko‘chirgan. Qo‘lyozmaga 
ikki yirik asar bitilgan bo‘lib, ikkovi ham forschadan tarjima 
qilingan (Pavet de Courteille 1882; Sertkaya 1977,12–13).
Qo‘lyozmadan o‘rin olgan birinchi asar “Me’rojnoma” deb 
ataladi. Turkiy “Me’rojnoma”ga Rasul ’alayhi-s-salāmnïŋ 
Me’rājqa barğanï deb sarlavha qo‘yilgan. Asar muqaddimasida 
shunday ma’lumotni o‘qiymiz: Emdi bilgil-kim, bu kitābnïŋ atï 
Me’rājnāma turur. Nahju-l-faradis atlïğ kitābdïn türk tiligä 
ewürdük. Köp kišilärgä fayda tegsün tep Teŋri ta’ālanïŋ tavfiqï 
birlä tamam bitilip xalayïqnïŋ köŋli közigä širin körüngäy. 
Qo‘lyozmaga kiritilgan keyingi asar “Tazkira-yi avliyo”dir. 
U Farididdin Attorning forscha “Tazkiratu-l-avliyo” asaridan 
turkiy tilga tarjima qilingan. Asar qo‘lyozmaning 13b–151a 
betlarida. Uyg‘ur yozuvli matnning oxirida kitobning 
ko‘chirilgan sanasi (ta’rix) bitilgan: Emdi tazkirada bitilgän 
mašayih avliyalarnïŋ hikayat sözläri tügätildi. Tarix sekiz yüz 
qïrqta at yïl jumadu-l-axira aynïŋ onïda Haruda Abu Malik 
baxšï bitidim.
Samarqand baxshilari ichida Zaynul Obidinning dovrug‘i 
ketgan. Baxshi “Hibatu-l-haqoyiq” dostonining tayanch 
matnini yaratgan. Muhim jihati, temuriylar davri o‘zbek 
matnshunosligida matn tuzish prinsiplari, qiyosiy matn 
yaratishning ilmiy asoslari tugal bir ko‘rinishda ishlab 


95
chiqilgan edi. Chunonchi, 1444 yili Samarqandda yirik davlat 
arbobi, adabiyot va ilm-fan homiysi, shoir Amir Arslon Xo‘ja 
Tarxon buyrug‘i bilan Adib Ahmad Yugnakiy “Hibatu-l-
haqoyiq” dostonining tayanch matni tuzib chiqildi. Arslon 
Xo‘janing asarni qayta kitob holiga keltirishdan istagi, adib 
o‘gitlarining xato talqin qilinishiga chek qo‘yish, ularni 
tuzatish va asarning tayanch, ishonchli nusxasini yaratish edi. 
Tayanch matn tuzilgach, asarning keyingi nusxalari uning 
asosida 
ko‘paytirilgan. 
“Hibatu-l-haqoyiq” 
(“Atabatu-l-
haqoyiq”)ning ushbu tayanch matnini Zaynul Obidin baxshi 
tuzib chiqdi. Ushbu qo‘lyozma bizgacha yetib kelgan asar 
nusxalarining eng eskisi, to‘lig‘i va ishonchlisidir. Shuning 
bilan birga, qo‘lyozma o‘z davri kitobat san’atining ajoyib 
yodgorligi ham (Arat 1992,I–LXIII).
Zaynul Obidin baxshi uyg‘ur xati bilan XV asr turkiy 
adabiyotining yirik namoyandasi Mir Haydarning “Mahzanu-l-
asror” asari hamda 30 baytli qasidasini, Yusuf Amiriy 
“Dahnoma”sini 
ham 
ko‘chirgan. 
Kunimizda 
ushbu 
qo‘lyozmalar o‘z davrining qimmatli yodgorligi sifatida 
qadrlanadi. 
Kitobat tarixida Yazd xattotlik maktabi namoyandalarining 
ishlari ayricha o‘ringa ega. Yazd shahrida bitilgan noyob 
qo‘lyozmalardan biri Mansur baxshi qalamidan chiqqan 
majmuadir. Bu kitob hozir Britaniya Muzeyida Or. 8193 
raqami ostida saqlanmoqda. Qo‘lyozma temuriylar davridan 
qolgan uyg‘ur yozuvli eng chiroyli, shuning bilan birga, kitobat 
san’atining ajoyib namunalaridan. Matn mahorat bilan 
ko‘chirilgan, sahifalari geometrik shakllar va 
islimiy 
naqshlarga boy. Uyg‘ur yozuvli matn to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘n 
olti qatordan yoki turli geometrik shakllar orasiga bitilgan. 
Mansur baxshi ushbu majmuani 1432 yili ko‘chirgan edi. 
Majmua tarkibidagi “Muhabbatnoma” dostonining yakunida 
shunday ta’rixni o‘qiymiz: Tamām boldï Muhabbatnāma 
kitābï. Qutluğ bolsun, tarix sekiz yüz otuz beštä čïčqan yïl rajab 


96
aynïŋ altïsïnda Yazd šahrïnda Mirjalal(id)din buyurğan üčün bu 
faqir Mansur baxšï bitidi.
Majmuaga 
uyg‘ur 
xati 
bilan 
Xorazmiyning 
“Muhabbatnoma” dostoni, diniy-falsafiy mazmundagi “Siroju-
l-qulub”, 
“Mas’ala 
kitobi”, 
“Rohatu-l-qulub” 
asarlari, 
shuningdek, Mansur baxshining qasidasi, Mavlono Lutfiyning 
to‘rt g‘azali, Qambar o‘g‘lining uchta, Javhariy, Qosim, 
Sayyidning bittadan g‘azali va bir nechta to‘rtlik bitilgan. 
Hoshiyasida esa Kamol Ismoil Isfaxoniyning (XIII asr) forsiy 
devoni (u arab xatida). Co‘nggi ikki betining hoshiyasiga 
uyg‘ur xati bilan Rashididdin Vatvot “Sod kalima”sining bir 
bo‘lagi ko‘chirilgan. Mazkur uzindi arab va fors tilidadir.
Mansur baxshi uyg‘ur yozuvi bilan “Baxtiyornoma” asarini 
ham ko‘chirgan. Uyg‘ur yozuvli mazkur qo‘lyozma hozir 
Oksforddagi Bodlean kutubxonasida (598- raqami ostida) 
saqlanmoqda. Qo‘lyozma hijriy 838 (melodiy 1434) yili 
ko‘chirilgan. Asar yakunidagi ta’rix shunday: Qutluğ bolsun 
tarix sekiz yüz otuz sekizdä tawušqan yïl zulhijja aynïŋ 
avvalïnda Mansur baxšï bitidi.
Uyg‘ur xati temuriylar davlatining rasmiy yozuvi ham edi. 
Temuriylar o‘z yorliqlarini, rasmiy hujjatlarini uyg‘ur xatida 
yozganlar. Temurbek o‘zi yorliqlarini, qo‘shni ellarning 
hukumdorlariga yo‘llagan maktublarini uyg‘ur xatida va turkiy 
tilda yozdirgan, temuriylarning shajaralari ham ayni yozuvda. 
Temurbekning o‘limidan keyin Shohruh va Mirzo Ulug‘bek, 
Abu Said Mirzo va uning o‘g‘li Umar Shayx Mirzo ham o‘z 
devonida, davlat ishlarida qadimgi turkiy alifboni keng 
qo‘llagani ma’lum. Bu yozuvni Zahiriddin Bobur ham yaxshi 
bilgan.
Temuriylar davlati, jamiyat va davlat boshqaruvi, xalqaro 
diplomatik 
munosabatlar 
tarixini 
o‘zida 
aks 
ettirgan 
yorliqlardan 
ayrimlari 
kunimizgacha 
saqlanib 
qolgan. 
Shohruhning 1422 yili Hirot yaqinidagi Bog‘i shaharda 
Chechakto‘ba mavzeidagi Talxan ota mozorining mujovuri 


97
Ismoil nomiga yozdirgan suyurg‘ali, Sulton Abu Saidning 1468 
yili Uzun Hasanga yuborgan bitigi, Sulton Umarshayxning 
1469 yili marg‘ilonlik Mir Sayid Ahmadga bergan yorlig‘i 
(nishoni) shular jumlasidandir. 
Umuman, turkiy xalqlarning yozuv madaniyati tarixida 
uyg‘ur xatining ahamiyati katta. Uning tarixiy taraqqiyoti 
davomida temuriylar davri muhim bosqich sanaladi. Qadimgi 
turk yozuv an’anasining davom etishida, uyg‘ur xatining 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi o‘rnini belgilashda, rasmiy
va diplomatik munosabatlardagi mavqeini ta’minlashda 
temuriylarning xizmati katta bo‘ldi. Eski o‘zbek adabiy tili 
(“chig‘atoy turkiysi”) yozma me’yorlarining tartibga tushuvida, 
til uslublarining takomillashuvi, matn tuzish va kitobat ishining 
yangi bir bosqichga erishuvi, uning gullab-yashnashida uyg‘ur 
xatining xizmati katta bo‘lganini alohida ta’kidlamoq kerak. 
Ushbu yozuv mumtoz o‘zbek yozma adabiyotining sara 
asarlarini, temuriylar yaratgan ulkan obidalarni kunimizgacha 
yetkazib keldi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin