Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


I , -aq, -qa holatida  Q



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

I
, -aq, -qa holatida 
Q
, -uq, -oq, -qu, -qo holatida 
u
harfi bilan yoziladi. Ayni hodisani [k] tovushining ifodasida 
ham kuzatamiz. 
 
UYG‘UR YOZUVI 
 
Hozirda “uyg‘ur yozuvi” deb yuritilayotgan qadimgi turk 
alifbosi o‘tmishda turlicha atalgan. Mahmud Koshg‘ariy 
o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida uni “turkcha yozuv” 
deb atagan (MK.I.47,65). Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning 
o‘g‘li Badiuzzamonga yozgan maktubida xatlarning o‘qish 
uchun qulay yo qiyinligi to‘g‘risida fikr yurita turib, uyg‘ur 
xatini ham eslaydi; uni türkčä xat deya tilga oladi. Navoiy 
yozadi: Yana ul-kim, har türlüg arzadāšt-kim, yuqarï bitilsä, 
nasxta’liq xatï bilä andaq xānā bitilsä-kim, oqurda oqur kišigä 
tašviš tegmäsä, türkčä xat bilä xud aslā bitilmäsäki, bu bābda 
dağï qavle bar (Mun.794a.3–4). 
Yozma manbalarda tarixchilar, o‘sha davrning adabiyot va 
ilm egalari uni “uyg‘ur xati” yoki “mo‘g‘ul xati” ham deganlar. 
Jumladan, XIII asrda yashab ijod etgan forsigo‘y shoirlardan 
biri Puri Bahoi Jomi o‘z qasidalaridan birida uni “uyg‘ur xati” 
(xatt-i uyğurî) deb atagan (Sertkaya 1977,19). She’rning uyg‘ur 
xati tilga olingan bayti shunday:
Kāmān turraxāi tu čun kilki baxšiyān, 
Kardan mašq barruhi tu xatt-i uyğurî.


89
Mazmuni: 
Sening kokillaring baxshilarning qalami kabidir, 
Yuzingda go‘yo uyg‘ur xatini mashq qildilar. 
Mashhur tarixchi Ibn Arabshoh “Ajoibu-l-maqdur fi 
navoibi Taymur” otli asarida uni “uyg‘ur xati” (Рустамов 
1976,39), “Fokihatu-l-xulafo” asarida esa “mo‘g‘ul xati” degan 
(Meлиоранский 1900,XLV).
Istanbuldagi Ayosofiya kutubxonasida saqlanayotgan 4757 
raqamli Abdulrazzoq baxshi ko‘chirgan majmuaning birinchi 
betiga arab tilida bir qayd bitilgan bo‘lib, unda mazkur yozuv 
“mo‘g‘ul xati” (alxattu-l-moğulî) deb atalgan. Qaydning 
mazmuni shunday: “Mo‘g‘ul tilida mo‘g‘ul xati bilan tuzilgan 
o‘gitlardan iborat risolalar majmuasi hamda mo‘g‘ul tili va 
mo‘g‘ul xatidagi “Mahzunu-l-asror” kitobi – ularning har ikkisi 
turkiydadir” (qarang: Arat 1992,LXIII).
“Hibatu-l-haqoyiq”ning 
arab 
yozuvida 
bitilgan 

qo‘lyozmasining boshlanishiga Adib Ahmad asarining tub 
nusxasi va mo‘g‘ul xati (ya’ni uyg‘ur yozuvi) bilan bog‘liq 
kerakli bir ma’lumot yozib qo‘yilibdi. Arab tilidagi ushbu 
qaydning ma’nosi shunday: “Mo‘g‘ulcha “Hibatu-l-haqoyiq” 
(kitobi) nasihat va tasavvufga bag‘ishlangan. (Mo‘g‘ul xati) 
suryoniy xatining bir turidir. Injil ana shu (suryoniy) xatda 
bitilgan” 
(qarang: 
Arat 
1992,CXVII). 
Ushbu 
qaydda 
“mo‘g‘ulcha “Hibatu-l-haqoyiq” (kitobi)” deyilganda, aftidan, 
asarning tub nusxasi mo‘g‘ul (uyg‘ur) xatida ekanligi, arab 
yozuvli ushbu nusxa esa o‘shandan ko‘chirilgani ko‘zda 
tutilmoqda. “(Mo‘g‘ul xati) suryoniy xatining bir turidir” degan 
jumlada uyg‘ur yozuvining suryoniy yozuvi bilan o‘zakdosh 
ekanligiga ishora bor. Chunki suryoniy yozuvi ham oromiy 
yozuvidan o‘sib chiqqan. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin