Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi 
Temuriylar davri madaniyati, ijtimoiy-siyosiy hayotida, 
turkiy adabiyot va adabiy tilining takomili, adabiy til yozma 


90
me’yorlarining, yozma uslublarining muayyan qolipga tushuvi 
va turkiy matnchilikning rivojida uyg‘ur yozuvining ulushi 
katta bo‘ldi. Qadimgi turk yozuv an’anasini saqlab, turk islom 
dunyosida uyg‘ur xatini so‘ng bor qo‘llagan ham temuriylar 
edi. Temurbek o‘z davlatining rasmiy ishlarida, ichki hamda 
xalqaro diplomatik munosabatlarda, badiiy adabiyot sohasida
bilim kishilari orasida uyg‘ur xatining keng amal qilishiga 
hayrixohlik qildi va buning ijrosiga katta e’tibor qaratdi. 
Temuriylar davrida uyg‘ur xati turkiy yozma til (“chig‘atoy 
turkiysi”)ning yetakchi, butun bir saltanatning ish yurituvchi 
rasmiy yozuviga aylandi. Uyg‘ur xati Temuriylar davlatining 
rasmiy yozuvi edi. 
Chig‘atoy xonlari zamonida uyg‘ur xatining keng amal 
qilganligi tarix kitoblarida ham qayd etib o‘tilgan. Mashhur 
tarixchi Ibn Arabshoh o‘zining “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi 
Taymur” deb atalgan kitobida uyg‘ur xatining tarixi to‘g‘risida 
yaxshi 
ma’lumot 
keltirgan. 
Tarixchi 
yozadi: 
“Ular 
[chig‘atoyliklar – Q.S.] o‘zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, 
kitob, bitim, solnoma, she’r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va 
devonga tegishli hamma ishlarini, chingizona tuzuklarini shu 
yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ularning orasida 
xor bo‘lmaydi, chunki bu ularda rizq ochqichidir” (Рустамов 
1976).
Yozuv madaniyati tarixida temuriylar davri uyg‘ur va arab 
yozuvlarining yonma-yon (parallel) qo‘llanilganligi bilan 
ahamiyatlidir. Muhimi, o‘sha kezlar uyg‘ur xatining mavqei 
arab yozuvidan oz emasdi. O‘sha chog‘lardan qolgan turkiy 
adabiy asarlarning qo‘lyozmalari uyg‘ur va arab yozuvlarida. 
Yodgorliklarning eski, qadimiy qo‘lyozmalari ko‘proq uyg‘ur 
xatida bitilgan bo‘lsa, keyingi davrlarga tegishlilari arab 
xatidadir.
Uyg‘ur yozuvi qo‘llanilmay qo‘ygach, xon va beklarning 
kutubxonalarini demaganda, qora ulus qadimgi turkiy 
yozuvdagi kitoblarni saqlashga urunmagan chog‘i. Shuning 


91
uchun ham ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan. Ehtimol, temuriylar 
zamonida yaratilgan asarlarning ko‘proq keyingi, arab xati 
bilan ko‘chirilgan nusxalarigina saqlanganligi shundandir? 
Nima bo‘lganda ham, o‘sha davrning yozuv madaniyati 
to‘g‘risida aniq-taniq xusosa chiqarishga yetarli material bor.
Yozma manbalarga tayanadigan bo‘lsak, Temurbek ko‘zi 
tirikligida o‘z yorliqlarini, muhim bitiglarini uyg‘ur xatida 
yozdirganligi ayon bo‘ladi. Ana shunday manbalardan biri o‘z 
davrining ulug‘ obidasi sifatida tarixda qolgan. 
Turonning sultoni Temurbek yetti yuz to‘qson uchinchi 
yilning ko‘klamida (=1391 yilning apreli) To‘xtamishxonga 
qarshi yurish boshladi va bu xususda xotira qoldirmoq istagida 
toshga bitig yozdirdi. Temur yozdirgan ayni bitigning bitilish 
tarixi to‘g‘risida Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali 
Yazdiy ham o‘z zafarnomalarida ma’lumot berganlar. Mazkur 
bitigtosh 1937 yili Ulug‘ tog‘dagi (Shimoliy Qozog‘iston) 
Qarsaqbay koni yaqinidan, o‘rnatilgan joyidan topilgan. Hozir 
Sankt-Peterburg Davlat Ermitajining O‘rta Osiyo xalqlari 
san’ati va madaniyati bo‘limida saqlanmoqda. 
Sultonning nomidan yozilgan bitig o‘n bir satrli bo‘lib, ilk 
uch qatori arabcha, keyingi sakkiz satri uyg‘ur xati bilan turkiy 
tilda (“chig‘atoy turkiysi”da) bitilgan. Arabcha xatning birinchi 
qatori basmala, keyingi ikki satri oyat. Uyg‘ur harfli turkiy 
matn, nisbatan, yaxshi saqlangan (qarang: Содиқов 2009,70

71). U shunday o‘qiladi: Tarix yeti yüz toqsan üčtä, qoy yïl 
yaznïŋ ara ay Turannïŋ sultānï Temür-beg üč yüz miŋ čerig 
bilä islām üčün Toxtamïš xanï (?) xanïğa yorïdï. Bu yergä yetip 
belgü bolsun tep bu tobanï qopardï. Teŋri nisfat bergäy inšalla. 
Teŋri el kišigä rahmat qïlğay, bizni duā bilä yād qïlğay.
Eski o‘zbek tilidagi ushbu matn hozirgi tilimizdan bir oz 
farqli. Matndagi 
yaz
so‘zi “ko‘klam, bahor” degan ma’noni 
beradi. Bu so‘z hozirgi bolalar qo‘shig‘idagi “Laylak keldi yoz 
bo‘ldi” jumlasida ham saqlanib qolgan. Matnda yana 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin