Ko‘k turk alifbosi va imlo prinsiplari
O‘tmishdan qolgan alifbo parchalari.
Ko‘k turk alifbo
tizimi va yozuv xususiyatlarini o‘rganishda bizgacha yetib
kelgan alifbo namunalarining aіamiyati katta. Turkshunoslikda
bunday alifbolardan uchtasi ma’lum:
I. Alifbolarning biri Berlin qo‘lyozmalar fondidagi
Turfondan topilgan matnlar orasida TM 340 (Mz. 171) raqami
ostida saqlanmoqda (Sertkaya 1995,284
–
285). Bu kichik bir
qog‘oz parchasida ko‘k turk alifbosidagi ayrim harflar berilib,
ularning ma’nosi ikkinchi satrda uyg‘ur harflari bilan izohlab
chiqilgan. Alifbo parchasida jami to‘rt unli (ä, i, ö, u) va besh
86
undoshni (b, b', r', m, y') ifodalovchi harf ikki yozuvda
berilgan.
II. Berlinda saqlanayotgan Turfon matnlari orasida TM327
(MIK III 35a–b) raqamli bir yozuv parchasi (Sertkaya
1995,285; 2001,25–26) e’tiborni o‘ziga tortadi. Unda ko‘k turk
alifbosidagi harflar berilib, har birining ostida moniy harflari
bilan ularning nomi qayd etib qo‘yilgan. Mazkur alifbo
parchasining tartibi shunday: 1) P(
) – up; 2) N – an; 3) Č – ič;
4) P – ip; 5) K – ag; 6) T' – it; 7) İ – iy; 8) D' – ad; 9) Ŋ – aŋ;
10) NY – iy; 11) Z – az; 12) G – ang; 13) ND – and; 14) LT –
alt; 15) S – as; 16) N' – an; 17) L' – al; 18) Q – ïq; 19) Y – ay.
Mazkur alifbodan ko‘rinishicha, undagi ko‘k turk harflari
eroniy tillardan birida izohlangan. Turkiy tilda bo‘lganida, u
na, ča, pa, kä, tä, i, dä, ŋa …
kabi tartibda izohlangan bo‘lar
edi. Alifboda harfining [iy] deb qayd etilgani ham izohning
eroniy tilda ekanini tasdiqlaydi. Chunki, eroniy tillarga mansub
alifbolardagi harflar ana shu tartibda nomlangan. Shuningdek,
matnlarda [i] bilan [y] tovushi yagona harf bilan ifoda etilgan.
Arab alifbosidagi harfining vazifasi ham ana shunday.
Ma’lumki, moniy xati faqat moniy jamoalarida qo‘llangan.
Basharti shu jihati nazarda tutiladigan bo‘lsa, mazkur alifbo
parchasi moniylik muhitida bitilgani ayon bo‘ladi. Izohlarning
eroniy tilda ekanligi esa uning o‘sha tilda so‘zlashuvchilarga
turkiy xatni o‘rgatish uchun mo‘ljallanganidan dalolat beradi.
Ehtimol, ushbu alifbo biror grammatik asarning uzindisi
chiqar.
III. Yana bir alifbo parchasi Yaponiyadagi Ryukoku
universiteti fondida 8129 raєami ostida saqlanmoqda (Sertkaya
1995,287
–
288). Ushbu qog‘ozda uch qatorga ko‘k turk
alifbosidagi harflar yozib chiqilgan.
Birinchi qatorda 7 ta harf. Bular: t', i, a, y', ök, r, s'.
Ikkinchi qatorda 10 ta harf: t', i, a, y', ök, r, rt, oq, nč, s.
Uchinchi qatorda: 16 ta harf: k, t', i, a, y', ök, r, rt, l, oq, nč,
s, o, s', d', ŋ.
87
E’tibor berilsa, birinchi va ikkinchi satrlardagi harflar
uchinchi satrda aytarli takrorlanmoqda. Demak, alifbo
tizimidagi harflarni uchinchi satr belgilaydi.
Moniy yozuvli alifbo bilan Ryukoku universitetida
saqlanayotgan 8129- raqamli ko‘kturk alifbosini o‘zaro
qiyoslaganda muhim bir xulosaga kelish mumkin. Har ikkovida
jami 30 belgi bor. Muhimi, Ryukoku alifbosidagi belgilarning
muayyan qismi ikkinchi alifbodagi belgilarning muayyan
qismini takrorlaydi. Basharti, bu izchillik asosga olinadigan
bo‘lsa, Ryukoku alifbo parchasidagi ishoratlarning davomi
moniy alifbosining bosh tarafidan joy olmog‘i kerak. Shunday
o‘lchov olinsa, moniy harfli alifboda taxminan o‘nta belgi
uchramasligi ayon bo‘ladi. Shunga o‘xshash, Ryukoku
alifbosida ham tushib qolgan belgilar o‘rni anglashiladi. Yana
bir jihati, mavjud varaqlardagi harflar ketma-ketligi turk runiy
xatida ham aniq alifbo qoidasi amal qilinganini ko‘rsatadi.
Alifbolarni o‘zaro qiyoslash turk runiy xatida hali biz
bilmagan harflar tizimi bor ekanligidan dalolat beradi. Demak,
ko‘kturk alifbosidagi harflar soni to‘rt unli va o‘ttiz to‘rt
undosh (bari 38 ta) dangina iborat emas, balki ancha ortiqdir.
Dostları ilə paylaş: |