Arab tilshunosligi ta’sirida yuzaga kelgan turkiy
tilshunoslik
. Buning tarixi XI yuzyillikdan boshlanadi. Tarixda
turkiy tillarni o‘rganish va o‘qitish metodologiyasining
shakllanishida sharq, xususan, arab tilshunosligining ta’siri
katta bo‘lgan. Turkiy tillar salkam to‘qqiz asr arab tilshunosligi
metodologiyasi asosida tadqiq etilgan va ta’lim sohasiga tadbiq
etilgan. Ushbu metodologiyani turkshunoslikda birinchilardan
bo‘lib ulug‘ olim, buyuk tilshunos Mahmud Koshg‘ariy ishlab
chiqdi. U turkiy tillarni o‘rganishga arab tilshunosligining
tadqiq usullarini qo‘lladi, shu asosda turkshunoslikda yangi bir
metodologiyani yaratdi, islom davri turk tilshunosligiga asos
soldi.
Muhimi, turk tilshunoslari arab tilshunosligining metod va
usullarini o‘z tillarini o‘rganishga tadbiq etibgina qolmay,
turkiy tillarning qonuniyatlariga suyangan holda, uni yangi-
yangi yo‘lu usullar bilan boyitdilar, ayni metodlar asosida
tilshunoslikda ulkan kashfiyotlar qildilar.
Mahmud Koshg‘ariyning ulug‘ xizmatlarini uning bizgacha
yetib kelgan “Devonu lug‘atit turk” asarida ko‘rishimiz
mumkin. Ushbu asarida olim turkshunoslikda birinchi bor
qadimgi
turk
lahjalarini
klassifikasiya
qildi,
turk
tilshunosligining muhim nazariy masalalarini yoritib berdi.
72
“Devonu lug‘atit turk” ikki – muqaddima va lug‘at
bo‘limlaridan tuzilgan. Muqaddimada kitobning yozilish
sabablari, uning tuzilishi; turklar qo‘llaydigan yozuv; otlarning
yasalishi; fe’llarning tuslanishi; so‘z tarkibi (morfem tuzilishi);
kitobda berilgan grammatik qoidalar; turk tabaqalarining ta’rifi
va ularning yerlashuvi; turk lahjalari orasidagi o‘zgachaliklar
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda Yer tuzilishi (sharqiy
yarim shar) xaritasi ham ilova qilingan.
Lug‘at quyidagi sakkiz bo‘limdan iborat:
1. Hamzali so‘zlar, ya’ni “alif” bilan boshlanadigan so‘zlar
bo‘limi.
2. Solim, ya’ni “alif”, “vav”, “ya” harflari bo‘lmagan so‘z-
lar bo‘limi.
3. Muzoaf, ya’ni undoshlari ikkilanadigan so‘zlar bo‘limi.
4. Misol, ya’ni tarkibida “alif”, “vav”, “ya” bo‘lgan so‘zlar
bo‘limi.
5. Zavatu-s-salasa (uch harfli so‘zlar), ya’ni “alif”, “vav”,
“ya” harflari qisqa unli sifatida o‘qiladigan so‘zlar bo‘limi.
6. Zavatu-l-arba’a (to‘rt harfli so‘zlar), ya’ni “alif”, “vav”,
“ya” qisqa talaffuz qilinadigan so‘zlar bo‘limi.
7. G‘unnalilar, ya’ni tarkibida burun (dumog‘) tovushlari
kelgan so‘zlar bo‘limi.
8. Al-jam’ baynas-sakinayi, ya’ni harakatsiz ikki undoshli
so‘zlar bo‘limi.
Har bir bob ism va fe’llardan iborat ikki qismga ajratilgan.
Tilshunoslik
tarixida
xorazmlik
olim
Mahmud
Zamaxshariyning ham ulushi ulug‘. Turkshunoslikda uning
“Muqaddamatu-l-adab”
asari
shuhrat
qozongan.
“Muqaddamatu-l-adab” (“Adab muqaddimasi”) – arab tili
leksikologiyasi va grammatikasiga bag‘ishlangan asar. Kitob
muqaddima, ismlar bo‘limi, fe’llar, harflar (yordamchi so‘zlar),
ismlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi bo‘limlaridan
tuzilgan. Shulardan ismlar va fe’llar qismi lug‘at bo‘lib, qolgan
bo‘limlar grammatikaga tegishli.
73
“Muqaddamatu-l-adab”ning lug‘at bo‘limi (ya’ni ismlar va
fe’llar qismi) ko‘p tillidir. Tartibga ko‘ra, lug‘atda avval
arabcha so‘z keltiriladi, so‘ng boshqa tillarda – forscha, turkiy,
mo‘g‘ulcha, ba’zan qadimgi xorazmiy tilida uning tarjimasi,
ma’nosi beriladi.
Yana bir jihati, asarning mavjud qo‘lyozmalarida
so‘zliklarning berilishi turlicha: asar nusxalari ikki tilli
(arabcha-forscha, arabcha-turkiy, arabcha-xorazmiy), uch tilli
(arabcha-forscha-turkiy), to‘rt tilli (arabcha-forscha-turkiy-
mo‘g‘ulcha) variantlarda tarqalgan.
“Muqaddamatu-l-adab” ko‘p variantda tarqalgan. Tabiiyki,
bu o‘rinda asarning lug‘at bo‘limlari (ismlar va fe’llar) ilk
variantda qanday ko‘rinishda edi, degan so‘roq tug‘iladi.
Olimlar, muallif asarning lug‘at qismini ikki tilda (arabcha-
forscha) tuzgan; turkiy va mo‘g‘ulchasini kotiblar keyinchalik
qo‘shganlar, deb biladilar. Bizningcha, bu fikr to‘g‘ri emas.
Buni rad etuvchi dalillar ham bor. Chunki turkiy so‘zlik
kiritilgan variantlarining ayrimlari juda eski. Yana bir jihati,
asarning nodir nusxalarida keltirilgan turkiy so‘zlik ancha eski
tilni aks ettirmoqda. Ushbu nusxalarni ko‘chiruv chog‘ida
turkiy
so‘zlikka
alohida
e’tibor
qaratilgan:
ba’zi
qo‘lyozmalardagi turkiy so‘zlik qizilda.
Mavjud nusxalarning bunday belgilari tubandagi xulosaga
olib keladi. Chamasi, muallif mazkur asarini ikki qayta yozgan,
to‘g‘rirog‘i bir yozib, keyin to‘ldirish kiritgan. Asarni besh
bo‘limli qilib tuzgan. Bu ilk variantining lug‘at qismi chamasi
ikki tilli edi: arabcha so‘zlar xorazmcha tarjimasi bilan
keltirilgan. Bu bilan yerli xalqning ehtiyoji ko‘zda tutilgan.
Keyingi variantlarga xorazmcha so‘zlikning kiritilganligi
dargumon. Sababi, XIII asrdan xorazm tili asta-sekin
iste’moldan chiqib, o‘lik tilga aylana boshlagan edi.
Keyinchalik Xorazm davlatining siyosiy-ijtimoiy talabidan
kelib chiqib muallif asarning lug‘at qismini qayta ishlab
takomillashtirgan: uni ko‘p tilli lug‘atga aylantirgan. Muallif
74
tomonidan qayta ishlangan ana shu ikkinchi variantda turkiy
so‘zlik ham bor edi. Keyingi asrlarda vujudga kelgan variantlar
muallifning o‘sha birinchi yoki keyingi – ko‘p tilli variantiga
asoslangan ko‘rinadi. Asarning arabcha-xorazmcha lug‘at
shaklidagi qo‘lyozma nusxasi ilk variantga asoslangan bo‘lsa
ehtimol. Lekin asarning fanda ma’lum bo‘lgan boshqa
nusxalari ikkinchi – ko‘p variantli nusxadan urchigan
ko‘rinadi. Keyingi asrlarda asar ko‘chirilayotgan yurtning
madaniy, siyosiy-ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, uning
yangi-yangi variantlari yuzaga kela boshlagan. Turkiy muhitda
ko‘chirilgan nusxalarida turkiy so‘zlik saqlangan, forsiyzabon
muhit uchun mo‘ljallanganlarida turkiysi tushirib qoldirilgan.
Britaniya muzeyida, o‘rni bilan, yunoncha tarjimasi
berilgan nusxasi ham bor. Bu esa asarning Yevropa
mamlakatlarida tarqalishi va o‘rganilishi bilan bog‘liq
hodisadir. O‘sha o‘lkalarda yashovchilar talabidan kelib chiqib,
undagi lug‘at yunonchada izohlangan.
Turkiy tillarni o‘rganish bo‘yicha arab tilida, keyinchalik
fors va turkiy tillarda yaratilgan barcha lug‘at va grammatikalar
tilshunoslikning ana shu metod va usullarida yaratildi.
Tilshunosligimiz tarixida XIV asr ham yuksalish davri
sanaladi. Turkshunoslikda arab tilshunosligi metod va
usullarining sobit qolishida, ayniqsa, arab mamlakatlarida
turkiy tilni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan qo‘llanmalarning
ahamiyati katta.
Mamluklar davlatida (1250–1517), davlat turk sultonlaring
ilgida ekanligida turkiy tilga e’tibor katta edi. Bu kezlar
arablarning turkiy tilni o‘rganishlari uchun grammatik asarlar
va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. O‘sha zamonlarda
Abu Hayyon va Ibn Muhanna singari tilshunoslar yashab ijod
etgan.
Arablarga turkiy tilni o‘rgatish uchun yozilgan asarlardan
biri “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va
mug‘aliy”dir (buni qisqacha “Kitob-i tarjumon-i turkiy” deb
75
ataladi). “Kitob-i tarjumon-i turkiy” arabcha-turkiy va
mo‘g‘ulcha-forscha so‘zlik bo‘limlaridan tuzilgan. Asarning
turkiy grammatikaga bag‘ishlangan bo‘limi kirish va to‘rt
qismdan iborat. Kirish qismida hamdala, kitobning yozilish
sababi va turkiy tilning fonetik o‘zgachaliklari to‘g‘risida so‘z
boradi. Birinchi qism 26 bo‘limli so‘zlikdir. Qo‘llanmaning
qolgan qismlari turkiy tilning grammatik qoidalariga
bag‘ishlangan.
Arab
tilida
yaratilgan
qo‘llanmalardan
yana
biri
yozuvchisining oti ma’lum bo‘lmagan “Attuhfatu-z-zakiyatu
fillug‘atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asaridir.
Kitob “qipchoq tili” grammatikasiga bag‘ishlangan. Uning
bituvchisi bu xususda: “Men bu asarda qipchoq tiliga
asoslandim. Chunki eng ko‘p qo‘llanadigan til qipchoq tilidir.
Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat
bo‘lgandagina ko‘rsatdim,” – deb yozgan edi (AZFT. 8). Bu
asar ham kirish, arabcha-turkiy so‘zlik, grammatik qoidalar
bo‘limidan iborat.
XV–XVI asrlarning tilshunosligida Alisher Navoiyning
xizmati buyuk. U turkiy va forsiyni qiyosiy o‘rganish asosiga
qurilgan “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari bilan tilshunoslikda
tipologiya sohasiga asos soldi.
O‘sha
davr
tilshunosligida
Zahiriddin
Muhammad
Boburning xizmati ham katta. Uning tilshunoslikdagi ulug‘
xizmati “Xatt-i boburiy”da o‘z aksini topgan.
Muhammad Shayboniy ham turkiy til grammatikasi
to‘g‘risida qo‘llanma yozganligi ma’lum. Biroq asar kunimizga
qadar saqlangan emas. Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkiri
ahbob” tazkirasida Shayboniyxon haqida ma’lumot berar ekan,
yozadi: Deydilarki, xon Hazora qal’asi fathiga otlanganda bir
g‘azal bitib, Hiri shayxu-l-islomi va Qozi Ixtiyorga yuboribdi...
Qozi Ixtiyor turkiy tilni bilmas ekan, uning uchun turkiy til
qonun-qoidalari kitobini bitib yuboribdi (MA.21). Ushbu
76
ma’lumotlarga
qaraganda,
Shayboniyning
turkiy
tilga
bag‘ishlangan ushbu kitobi forsiyda bitilgan.
XV–XVI yuzyilliklardan boshlab eski o‘zbek tilini
(“chig‘atoy turkchasi”ni), xususan, Alisher Navoiy asarlarini
chuqur o‘rganish istagida lug‘at va grammatik asarlar yaratila
boshladi (qarang: Умаров 1992).
Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan birinchi lug‘at
“Badoyiu-l-lug‘at”
deb
ataladi.
Uni
sulton
Husayn
Boyqaroning buyrug‘iga ko‘ra chamasi 1500 yili Toli Imoniy
tuzgan. Lug‘atda Navoiy asarlarida qo‘llangan turkiy so‘zlar
fors tilida izohlanadi. Har bir so‘zning tovush tuzilishi, uning
ma’nosi, grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi.
So‘z ma’nolarini ochiqlamoq uchun Navoiydan baytlar
keltirilgan.
XVI asr lug‘atlaridan yana biri Rajab ibn Muhib Ali
Shomluning “Lug‘at-i Navoiy” asaridir. U chig‘atoycha-
turkcha lug‘at bo‘lib, Navoiy asarlarida qo‘llangan mingga
yaqin so‘zning izohi keltirilgan.
Eski o‘zbek tilida yaratilgan lug‘atlardan yana biri
“Abushqa” deb ataladi. Oti aslida bunday emas. Lug‘atning ilk
so‘ziga asoslanib, uni shunday atab ketilgan. Lug‘atning
muallifi Mustafo bin Sodiqdir. Lug‘at so‘zlari turkiyda
izohlangan. Uning tuzilgan davri noma’lum. Hozir Venada
saqlanayotgan eng eski qo‘lyozmasi 1552 yili ko‘chirilgan.
Shunga asoslanib, ushbu lug‘at XVI asr boshlarida tuzilgan
deyish mumkin.
Lug‘at tuzgan olimlardan yana biri Fazlullaxondir. Uning
asari “Lug‘at-i turkiy” deb ataladi. Mazkur lug‘at Hindistonda
Shoh Jahonning o‘g‘li Avrangzeb buyrug‘i bilan tuzilgan.
Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan boshqa bir lug‘at
Mirza Maxdixonning “Sangloh”idir. Kitob forsiyzabon
o‘quvchiga
mo‘ljallangan
bo‘lib,
Navoiy
asarlaridagi
ma’nosini topish qiyin bo‘lgan so‘zlar jamlangan. Shundan
kelib chiqib, Mirza Maxdixon uni “Sangloh” deb atagan edi
77
(ma’nosi “toshloq yer” degani). Lug‘atda Navoiy asarlaridan
tashqari, o‘rni bilan Lutfiy, Husayn Boyqaro, Bobur asarlarida
uchraydigan so‘zlar ham beriladi va ulardan baytlar keltiriladi.
Lug‘at va grammatik asarlar tuzish an’anasi XIX asrda ham
davom etdi. Kitobxonga Alisher Navoiy asarlarini chuqurroq
o‘rgatish istagida bu davrda Fath Alixon “Kitob-i lug‘at-i
atrokiya”, Shayx Sulaymon Buxoriy “Lug‘at-i chig‘atoyi va
usmoniy” asarlarini yozgan.
Dostları ilə paylaş: |