Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Morfologik  o‘zgachaliklar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Morfologik 
o‘zgachaliklar.
Devonda 
o‘sha 
davr 
dialektlari orasidagi morfologik o‘ziga xosliklar ham 
yoritilgan. Jumladan, ko‘pchilik turklarda buyruq birlik uchun 
bar
, ikki kishi bo‘lsa, 
barïŋlar ikigü
(ikkovingiz boring), 
ko‘plik uchun 
barïŋlar qamuğ
shaklida qo‘llanilgan. 
Barïŋ 
shakli hurmatni ifodalagan. O‘g‘uz va qipchoqlar birlikda 
bar

ko‘plikda esa 
barïŋ
deydilar. Hurmat ma’nosida 
barïŋïz
deydilar (II.51). 
Turklar o‘tgan zamonda hurmat ma’nosida 
bardïŋïz
deydilar. O‘g‘uzlar esa buni faqat ko‘plikda (hammangiz 
bordingiz) qo‘llaganlar (II.52). 
Fe’lning o‘tgan zamon shaklini hosil qilishda dialektlar ikki 
guruhga ajraladi: yag‘mo, tuxsi, chigil, arg‘u, uyg‘ur, to 
Chingacha bo‘lgan hamma qabilalar 
-dï, -di // -tï, -ti
affiksini 
qo‘shib yasaydilar: bardï “bordi”, keldi “keldi” kabi. Bu 
shaklni o‘g‘uz va qipchoqlarning ba’zilari – suvorinlar 
-duq, -
dük
affiksi orqali yasaganlar. Bularda birlik va ko‘plik shaklda 
farq qilmagan: 
men ya qurduq
“men yoy qurdim”, 
biz ya 
qurduq
“biz yoy qurdik” (II.64), 
ol keldük
“u keldi”, 
biz keldük
“biz keldik” (II.65). Bo‘lishsiz shaklini ham solishtiring: 
barmadï
(turklarda) – 
barmaduq
(o‘g‘uzlarda) “bormadi” 
(II.66). Fe’lning kelasi zamon shakli o‘g‘uzlarda qisqargan 


65
affiks orqali yasalgan: boshqa turklarda 
barïrman
– o‘g‘uzlarda 
barïran
“boraman”, boshqalarda 
ya qurar-men
– o‘g‘uzlarda 
ya quraran
“yoy quraman” (II.68). 
II sh. birlikda shaxs-son 

affiksi bilan yasalgan: 
tapïndïŋ

Ba’zi arg‘ular tilida u 
-ğ (-g)
ga aylantirilgan: 
tapïnduğ
“topinding”, 
sen anï qačurduğ
“sen uni qochirding” (II.194). 
Chigil, qashqar, arg‘u, barsag‘an, uyg‘ur va yuqori 
Chingacha bo‘lgan qabilalarning hammasi 
-ğučï, -güči // -qučï, 
-küči
affiksli sifatdoshni qo‘llaganlar: 
qapğučï
“o‘g‘irlovchi”, 
suwğarğučï
“sug‘aruvchi”, 
sağqučï
“sog‘uvchi” (II.55). 
O‘g‘uz, qipchoq, yag‘mo, ug‘roq, suvorin, bajanak, to 
ruslargacha bo‘lganlar uning o‘rnida sifatdoshning 
-dačï, -däči 
//-tačï, -täči
affiksli shaklini qo‘llaganlar: 
bardačï
“boruvchi”, 
turdačï
“turuvchi” (II.53). 
Chigil, yag‘mo, tuxsi, arg‘u, uyg‘ur, to yuqori Chingacha 
bo‘lgan hamma qabilalarda “ismi zamon”, “ismi makon” fe’l 
o‘zagiga 
-ğu, -gü // -qu, -kü
affiksi qo‘shib yasalgan bo‘lsa, 
o‘g‘uzlar, qipchoq, pachanak, bulg‘orlarda fe’lning buyruq 
shakliga 
-asï, -äsi
affiksi qo‘shib yasalgan: 
Bu ya qurğu oğur 
ermäs
. – 
Bu ya qurasï oğur tägül
“Bu yoy quradigan payt 
emas”, 
Bu turğu yer ermäs. – Bu turasï yer tägül
“Bu turadigan 
joy emas” (II.71). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin