fonetik o‘zgachaliklari
quyidagicha:
Turklardagi so‘z boshida keluvchi [y] o‘g‘uz va
qipchoqlarda tushib qoladi yoki [j (~č)] ga aylanadi:
yelkin –
elkin
“musofir”,
yïlïğ suw – ïlïğ suw
“iliq suv”,
yinjü (yinčü?)
– jinjü
(činčü?) “dur, marvarid”,
juğdu – juğdu (čuğdu?)
“tuyaning uzun yungi” (I.67),
yetti – jetti (četti?)
“etishdi”,
yundum – jundum (čundum?)
“yuvindim” (II.364),
yigi – jigi
(čigi?)
“pishiq” (III.249). Koshg‘ariyning ta’kidlashicha,
turklar bilan o‘g‘uzlar tili orasidagi bu xususiyat o‘zgarmovchi,
doimiy bo‘lgan) (II.364).
So‘z boshidagi [m] ni o‘g‘uzlar, qipchoq va suvorinlar [b]
ga aylantiradilar:
men – ben
“men”,
mün – bün
“sho‘rva”
(I.67).
63
So‘zdagi [t] ni o‘g‘uzlar va ular yaqinidagilar [d] ga
aylantiradilar:
tewey – dewe(y)
“tuya”,
öt – öd
“teshik” (I.67),
taqï – daqï
“tag‘in” (II.227).
Turkiy qabilalarning ko‘pgina so‘zlaridagi [d] o‘g‘uzlarda
[t] ga aylanadi:
bügdä – büktä
“xanjar”,
yigdä – yiktä
“jiyda”
(I.67).
So‘z o‘rtasida va oxirida kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga
almashtiradilar:
qoy – qon
“qo‘y”,
čïğay – čïğan
“kambag‘al”,
qayu – qanu
“qaysi” (I.67).
“ب bilan ف maxrajlari orasidagi” (I.68) [w] ni o‘g‘uzlar va
ularga yaqin turuvchilar [v] ga aylantiradilar:
ew – ew
“uy”,
aw
– av
“ov” (I.68). O‘g‘uz va qipchoqlar (xalachlarning bir
toifasi) so‘z boshidagi [q] ni [x] ga aylantiradilar:
qayu – xayu
“qaysi” (III.237),
qïzïm – xïzïm
“qizim”,
qanda – xanda
“qaerda” (III.238).
Tish-tish [δ] li so‘zlarni qo‘llashda Mahmud Koshg‘ariy
turkiy dialektlarni uch guruhga bo‘ladi:
1.
Tish-tish [δ] bilan so‘zlovchilar. Bularga chigil va
boshqa turkiy qabilalar kiritiladi. Jumladan, “chigilcha” deb
ko‘rsatilgan so‘zlar:
boδun
“xalq” (I.379),
aδïn
“boshqa,
bo‘lak” (I.105).
2.
Yag‘mo, tuxsi, qipchoq, yabaqu, tatar, qay, jumul va
o‘g‘uzlar [j] ga aylantiradilar, hech mahal [δ] bilan
so‘zlamaydilar:
qazïŋ – qayïŋ
“qayin daraxti”,
qazïn – qayïn
“qaynag‘a” (I.68),
azrïq – ayrïq
“ajriq, yumshoq bir o‘t”
(I.136),
baδram – bayram
“shodlik kuni” (I.447). Ayrim
o‘rinlarda bu dialektlar “[δ] ni [y] ga aylantiruvchilar” deb
ko‘rsatilgan:
boδun – boyun
“jamoa” (III.183),
keδük – keyük
“namat va kigizlardan qilingan yomg‘ir yopinchig‘i” (III.182),
toδtï – toydï
“to‘ydi” (III.262).
3.
Qipchoq, yamak, suvor, bulg‘orlar hamda ruslarga va
Rumga qadar borib taqaladigan boshqa qabilalar [z] ga
aylantiradilar:
aδaq – azaq
“oyoq”,
toδdï – tozdï
“to‘ydi”
(I.68),
qaδïn – qazïn
“qayin” (I.383).
64
Shuningdek, o‘g‘uzlardagi [y] ni qipchoqlar [z] ga
aylantiradilar:
öylä – özlä
“peshin, tush vaqti” (I.137).
O‘g‘uz va qipchoqlarda tovush tushishi hodisasi kuzatiladi:
čumčuq – čumuq
“olaqarg‘a”,
tamğaq – tamaq
“bo‘g‘iz”,
barağan – baran
“boraveradigan”,
urağan – uran
“hadeb
uraveradigan” (I.69).
Dialektlarda, Koshg‘ariyning misol keltirishiga ko‘ra, [č]
ning [ž] (sirg‘aluvchi) ga ko‘chishi [
erinč – erinž
“maishat,
farog‘at” (I.152)], jaranglining jarangsizlashuvi [
bïšïq
–
yag‘molarda
bïšïğ
“pishiq” (I.360)] kabi fonetik parallelizmlar,
shuningdek, metateza [
qošnï
– o‘g‘uzlarda
qonšï
“qo‘shni”
(I.408)] va boshqa fonetik hodisalar ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |