51
Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilini yuksaltirishdagi
ulushi
Turkiy adabiy tilning rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar
orasida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyga (Nizomuddin Mir
Alisher Navoiy bin G‘iyosuddin Bahodur) tenglashadigani
chiqmadi.
Alisher Navoiy merosini quyidagi turkumlarga ajratish
mumkin:
I. Devonlari: 1) “Xazoyinu-l-moniy” (“Ma’nolar xazinasi”.
Bu to‘rt devonni o‘ziga birlashtiradi: “G‘aroyibu-s-sig‘ar”
(“Bolalik qiziqliqlari”);
“Navodiru-sh-shabob” (“Yigitlik
nodiralari”); “Badoyiu-l-vasat” (“O‘rta yosh badialari”);
“Favoyidu-l-kibar” (“Qarilik foydalari”).
2) Forscha devoni (“Devon-i Foniy”).
II. Dostonlari. Bularning beshtasi “Xamsa” tarkibida: 1)
“Hayratu-l-abror” (“Yaxshilarning hayrati”); 2) “Farhod-u
Shirin”; 3) “Layli-vu Majnun”; 4) “Sab’a-i sayyora”; 5) “Sadd-
i Sikandari” (“Iskandar devori”). Yana bir dostoni “Lisonu-t-
tayr” (“Qush tili”)dir.
III. Tazkiralari: 1) “Majolisu-n-nafois”; 2) “Nasoyimu-l-
muhabba min shamoyimi-l-futuvva”.
IV. Filologik asarlari: 1) “Risola-i muammo”; 2)
“Me’zonu-l-avzon” (“Vaznlar mezoni”); 3) “Muhokamatu-l-
lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”); 4) “Sab’at abhur” lug‘ati.
V. Tarixga oid asarlari: 1) “Tarix-i anbiyo-vu hukamo”; 2)
“Tarix-i muluk-i Ajam”; 3) “Zubdatu-t-tavorix” (“Tarixlar
xulosasi”).
VI. Diniy-axloqiy asarlari: 1) “Munojot”; 2) “Arbain”
(“Qirq hadis”) = “Nasru-l-laoliy” (“Marvaridlar sochmasi”); 3)
“Nazmu-l-javohir”
(“Javharlar
tizmasi”);
4)
“Siroju-l-
muslimin” (“Musulmonlar chirog‘i”); 5) “Mahbubu-l-qulub”.
52
VII. Manoqiblar (avtobiografik asarlar): 1) “Holat-i Sayyid
Hasan Ardsher”; 2) “Xamsatu-l-mutaxayyirin”; 3) “Holat-i
Pahlavon Muhammad”.
VIII. Hujjatlar: “Vaqfiyya”; 2) “Munshaot”.
Alisher Navoiy asarlari tilining hozirgi o‘zbek shevalariga
munosabati xususida o‘zbek tilshunoslari orasida har turli
qarashlar yuradi. Shulardan biri Zahiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma”da Navoiy asarlarining tili haqida
keltirgan so‘zlari asosida yuzaga keldi. Chunonchi, Bobur
Farg‘ona viloyatiting poytaxti Andijon ta’rifida yozadi: Eli
türkdür. Šahri-vu bāzārïsïda türkî bilmäs kiši yoqtur. Eliniŋ
lafzï qalam bilä rāsttur. Ne üčün-kim, Mir ‘Ališer Navāyînïŋ
musannafātï bāvujud-kim, Hirida našu namā tapïptur, bu til
bilädür (B.critical.5).
Zahiriddin Boburning ushbu so‘zlarini ro‘kach qilib, ba’zi
olimlar Navoiy asarlari tilining asosini andijon shevasi tashkil
etgan deya qaraydilar (Дониёров 1968). Boshqa bir olimlar
Navoiyning Andijonda bo‘lmaganligini vaj’ qilib, bu fikrni
inkor etadilar (Aбдуллаев 1968).
Ta’kidlash joizki, bu o‘rinda Bobur haq. Tarixda Navoiy
merosiga, qolaversa, uning ijodiga, mahoratiga xolis baho
berganlardan biri ham Bobur bo‘ladi. Biroq, “Boburnoma”dagi
ma’lumotlarni, to‘g‘rirog‘i, matnni xato tushunish, noto‘g‘ri
talqin etish oqibatida olimlarimiz ichida turli bahslar kelib
chiqmoqda.
Anglashilmovchilik matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur
jumlasining xato talqin etilayotganida. Buni ular “andijon
elining tili (ya’ni shevasi) adabiy til bilan mos keladi” deya
izohlaganlar. Shunday bo‘lgan taqdirda buning davomidagi
Navoiy asarlari xususida aytilgan mulohazalar ham o‘z-o‘zidan
shunga bog‘lanadi-qoladi. O‘sha qarashni quvvatlaydigan
bo‘lsak, matnni “Hirotda yuksakliklarga erishgan Navoiy
asarlarining tili ham ayni shevaga mos” deya talqin etishdan
boshqa yo‘l qolmaydi.
53
Fikrimizning isboti uchun Bobur aytgan o‘sha jumlalarning
ma’nisini bir boshdan chaqib ko‘raylik. E’tibor berilsa, muallif,
matnda Farg‘ona viloyati to‘g‘risida ma’lumot bera turib, bu
yurtning xalqi turklar, tilining esa turkiy til ekanligini
ta’kidlamoqda. Matndagi
Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur
jumlasi
ikki xulosaga olib keladi: 1) mazkur jumlada Farg‘ona
(Andijon) elining lafzi (ya’ni turkiy til) yozma shaklda (badiiy
adabiyot orqali) mashhur ekanligi ta’kidlanmoqda; 2) bu jumla
mantiqan xalq tili adabiy tilga yaqin ekanligini ham anglatadi.
Adabiy til tarixida bunday hodisa uchrab turadi. Masalan,
qoraxoniylar davri adabiy tilida koshg‘ar shevasi yetakchilik
qilgan. Shundan kelib chiqib, o‘sha davr adabiy tili ayrim
manbalarda “koshg‘ar tili” deb ham atalgan. Boburning
yozmalaridan ham o‘sha davrda farg‘ona shevasi adabiy tilga
yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Matn tahlilida davom etamiz. Bobur Hirot adabiy
maktabining namoyandasi bo‘lgan Alisher Navoiy haqida
so‘zlab, uning ham asarlari ushbu turkiy adabiy tilda ekanligini
ta’kidlaydi. Buning bilan Bobur Navoiy asarlarining tiliga
andijon shevasi asos bo‘lganligini emas, balki Farg‘ona va
Hirot adabiy muhitlarida yagona adabiy til amal qilganini
ta’kidlamoqda. Boburning ushbu ma’lumoti temuriylar
davlatining barcha o‘lkalarida yagona turkiy adabiy til (eski
o‘zbek adabiy tili // “chig‘atoy turkiysi”) amal qilganiga
guvoh.
Mulohazalardan kelib chiqib, Boburning Farg‘ona elining
tili to‘g‘risida yozgan so‘zlarini shunday talqin qilish mumkin:
“Eli turkdir. Shahri va bozorlarida turkiy bilmas kishi yo‘qdir.
Elining lafzi qalam bilan [yozma adabiyot tili, yozma adabiy til
bilan] mosdir. Ne uchun-kim [ajablanarlisi], Mir Alisher
Navoiyning tasniflari [asarlari], (uning o‘zi) Hiriyda o‘sib-
ulg‘ayganligiga qaramay, ushbu tilda [Farg‘ona va Hirot
adabiy muhitlari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda]dir”.
54
Navoiy asarlarining tili haqida so‘z ketganda uni o‘sha
kezlardagi mavjud shevalarning birortasiga bog‘lab qo‘yish
mumkin emas. U Xurosondagina emas, butun Temuriylar
saltanatida, Oltin O‘rda, qolaversa, musulmon turk ellarida
amal qilgan adabiy tilda ijod qildi. U o‘z ijodi bilan temuriylar
zamonida amal qilgan butun bir adabiy oqimning boshida turdi,
turkiy adabiy tilga yetakchilik qildi. Buni “Lisonu-t-tayr”
asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi:
Türk nazmïda ču men tartïp ’alam
Äylädim ul mamlakatni yakqalam (LT.268).
Navoiy
mamlakatni yakqalam äylädim
deganda o‘z
asarlarining hamma uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilda
ekanligini qayd etmoqda.
Alisher Navoiy asarlarining tili Navoiydan burun o‘tgan
yoki unga zamondosh shoirlarning asarlari tilidan o‘zlashgan
so‘zlar sonining ortiqligi bilan ajralib turadi. Mavlono Lutfiy,
Sakkokiy, Atoiy, hatto Husayn Boyqaro asarlari ham tilining
soddaligi bilan ajralib turadi. Buni o‘sha kezlar Hirot aholisi
asosan forsiyzabonlar edi, bu jarayon Novoiy asarlarining tilida
o‘z aksini topgan, deya baholamaslik kerak. Bu, avvalo, adabiy
muhitning ta’siri, qolaversa, Navoiy asarlari uslubining
ko‘tarinkiligi, o‘ta murakkabligi bilan bog‘liq. Adabiy ta’sir,
adabiy an’analar bilan til vaziyati boshqa hodisa. O‘sha davr
Hirot adabiy muhitida turkigo‘y shoirlar orasida fors tilida ijod
etish
an’anaga
aylangan
edi.
Buni
“Muhokamatu-l-
lug‘atayn”da Navoiyning o‘zi ham ta’kidlaydi. Temuriylar
zamonida Samarqand, Andijon yoki boshqa o‘lkalarda ikki
tillilik buning qadar emasdi. Navoiy o‘z asarlarini o‘ta badiiy
ko‘tarinki uslubda yaratdi, arabiy, forsiy so‘zlardan keng
foydalandi. Bu xizmatlari bilan u eski o‘zbek adabiy tili
tarixida o‘ziga xos bir uslubga asos soldi.
Dostları ilə paylaş: |