46
keltirilgan Amir Arslon Xo‘ja Tarxonning she’rida bu xususda
shunday deyiladi:
Köp elni körür-biz Adib sözini
Bilä bilmägändin ular özini.
’Ayibqa qoyuptur xalayiq ara,
Ğalat ma’nilarnï ayïtmïš yana.
Sabab erdi bu iš bitidük kitab,
Keräk qïl ijabat, keräk qïl ’itab.
(Ma’nosi: Ko‘p kishilarni ko‘rarmiz-ki, adib so‘zini bilib-
bilmay, o‘zidan har turli gap qo‘shadilar.
G‘alati ma’nolar chiqarib, xalq ichida uni aybga
qo‘ymoqdalar.
Shu sabab bo‘lib, ushbu kitobni tuzdik. Istasang qabul qil,
istamasang yo‘q) (AH.505–510).
Mazkur baytlardan o‘sha kezlar Adib Ahmadning mashhur
o‘gitlari
ba’zan
xato
talqinga
uchray
boshlaganligi
anglashiladi. Arslon Xo‘janing asarni qayta kitob holiga
keltirishdan maqsadi, xato talqinlarga chek qo‘yish, ularni
tuzatish va asarning tayanch, ishonchli nusxasini yaratish edi.
Tayanch matn tuzilgach, keyingi nusxalari uning asosida
ko‘paytirilgan.
“Hibatu-l-haqoyiq”
(“Atabatu-l-haqoyiq”)ning
tayanch
matnini samarqandlik Zaynul Obidin baxshi tuzdi.
Navoiyga qadar yaratilgan turkiy adabiyot va adabiy
tilining rivojida Mavlono Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy singari
shoirlarning xizmati katta. Alisher Navoiy o‘zining “Majolisu-
n-nafois” tazkirasida Mavlono Lutfiyni ehtirom bilan tilga
oladi,
Dostları ilə paylaş: