Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


79
IKKINCHI BO‘LIM. ESKI TURKIY YOZUVLAR
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
 
 
yozuv tarixi; yozuv, fonetik 
yozuv, yozuv va imlo; grafema, grafemika, paleografiya, epigrafika, 
numizmatika; qadimgi turkiy yozuvlar: ko‘k turk, uyg‘ur, sug‘d, 
moniy, brahma, suryoniy, arab yozuvlari; turkiy yozma yodgorliklar; 
ko‘k turk, uyg‘ur, arab yozuvlaridagi turkiy yodgorliklar. 
 
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r: 
Tutkiy xalqlar ishlatgan eng eski yozuvlar. Eski tutklarda yozuv 
madaniyati. 
Ko‘k turk yozuvi va uning imlo o‘zgachaliklari. 
Uyg‘ur yozuvi va uning imlo o‘zgachaliklari. 
Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuv va uning imlo 
o‘zgachaliklari. 
Yozuv kishilik tarixidagi buyuk ixtirolardan biridir. U 
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida katta o‘rin 
tutadi. Yozuv zamonlar va makonlar uzra axborot tizimini 
yaratib berdi; kishilikning hayotiy tajribalarini, adabiy va ilmiy 
merosini avloddan-avlodga yetkazib keldi; ma’naviyat va 
tafakkur taraqqiyotining uzluksizligiga, davlat va jamiyat 
boshqaruviga, adabiy til me’yorlarining bir qolipda amal qilishi 
hamda yozma uslublarning takomiliga xizmat qildi. Shuning 
natijasida insoniyat sivilizasiyasini ta’minlab berdi. 
Tilda 
yozuv madaniyati, yozuv madaniyati tarixi
degan 
birikmalarni qo‘llaymiz. Yozuv kitobat san’atining materiali 
sifatida kishilik madaniyatini belgilaydi. Biroq u kishi 
nutqining belgilar yordamida ifodalanishidir. Shuning uchun u 
tilshunoslikda o‘rganiladi.
Kishilik tarixida yozuv amaliyotini piktografik, ideografik, 
bo‘g‘in yozuvlari boshlab berdi. Alifboli (fonetik) yozuvlar 
tarixi, tabiiyki, inson o‘z nutqidagi tovushlarni farqlay 
boshlagan, lingvistik bilimlar ancha takomillashgan davrlarga 
to‘g‘ri keladi. 
Alifboli
(yoki 
fonetik

yozuv
nutq tovushlari bilan 


80
yozuv belgilari mosligi asosiga qurilgan, yozuvda nutq 
tovushlarini aks ettiruvchi yozuvdir.
G‘arb tilshunosligida 
grafema
tushunchasi bor. Bu “yozuv” 
degani. Tilshunoslikning yozuv tarixi, uning kelib chiqishi va 
takomili, belgi va tovush munosabati singari nazariy 
masalalarni 
o‘rganuvchi 
bo‘limi 
grafemika
deyiladi. 
Grafemikaning yozuv ko‘rinishlari, xat san’ati bilan bog‘liq 
bo‘lgan ichki yo‘nalishlari ham bor. Harf ko‘rinishlari, 
ularning shakliy taraqqiyotini o‘rganuvchi soha 
paleografiya
deyiladi. O‘tmishdan qolgan qabrtosh yozuvlari, yog‘och yoki 
sopol buyumlar, toshlarga bitilgan yozuvlar, devoriy xatlarni 
o‘rganuvchi 
soha 
epigrafika

tangalardagi 
yozuvlarni 
o‘rganuvchi soha esa 
numizmatika
deb ataladi.
Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, turkiy xalqlarning yozuv 
madaniyati tarixida qator, har qaysisi o‘zicha takomil 
bosqichiga erishgan butun boshli yozuvlar tizimi amal qilgan. 
Yozuvlar tizimi
deganda bir til uchun amal qilgan bir nechta 
yozuvlar birligini tushunamiz.
O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy-madaniy 
yuksalishi, 
davlatchilik 
tarixi, 
ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning yuzaga kelishi, diniy qarashlari, ularning 
qo‘shni sharq xalqlari bilan kechgan madaniy munosabatlariga 
bog‘liq holda yozuv madaniyatida o‘zgarishlar yuz bergan. 
Ba’zi yozuvlar xalqning madaniy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishi, 
davlat va jamiyat boshqaruvining taraqqiyoti oqibatida yuzaga 
kelgan bo‘lsa, boshqa birlari ko‘proq diniy ta’sirlar yoki bu 
zamin xalqlarining qo‘shni xalqlar bilan bo‘lgan madaniy, 
iqtisodiy, savdo aloqalari natijasida qabul qilingan. Masalan, 
qadimgi turklar moniy, brahma, suryoniy yozuvlarini qo‘shni 
xalqlar bilan kechgan diniy munosabatlar tufayli qabul 
qilganlar. 
Turkiy 
jamoalarda 
moniylik, 
buddizm, 
nasroniylikning yoyilishi ushbu yozuvlarning ham qabul 
qilinuviga sabab bo‘lgan edi. Shuning uchun ham moniy 
yozuvini faqat turk-moniy jamoalari, brahma xatini buddistlar, 


81
suryoniy xatini esa nasroniylar qo‘llagan. Uyg‘ur xati esa 
butkul o‘zga bir madaniy, iqtisodiy munosabatlar tufayli 
shakllandi; turkiy xalqlar uni sug‘d yozuvi negizida yaratdi. Bu 
o‘lkalarga islomning kirib kelishi bilan arab yozuviga o‘tildi. 
Enda turkiy xalqlarning o‘tmishdagi yozuvlari to‘g‘risida 
ma’lumot beramiz. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin