Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Imlo prinsiplari. 
Muhim belgilaridan biri, uyg‘ur xatida 
unlilar muntazam yoziladi. Mahmud Koshg‘ariy yozuvning bu 
xususiyatiga to‘xtalib, talaffuzda o‘rni yo‘qligiga qaramay 
(bunda qisqa unlilar ko‘zda tutilmoqda – Q.S.) fatxa o‘rnida ا 
“alif”, zamma o‘rnida و “vav”, kasra o‘rnida ی “ya” yozish 
qoida ekanligini ta’kidlagan edi (MK.I.49). U o‘rnak qilib 
ayrim so‘zlarning uyg‘ur va arab yozuvlarida yozilish tartibini 
ham bergan. Arab xatida – KeLiN, uyg‘ur xatida – KELİN; 
arab xatida – TaPaN, uyg‘ur xatida – TAPAN (tuya tovoni) 
(MK.I.384). 


101
Uyg‘ur xatining yana bir qulayligi, matn so‘zning 
talaffuziga moslab yozilgan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy 
“Devonu lug‘atit turk”da keltirgan xaritasida Xorazm atamasini 

راو
ﻢز
Xvārazm
deb beradi. Arab yozuvli boshqa manbalarda 
ham ushbu toponimning yozilishi ana shunday. 
Shuning singari, Xorazmiy “Muhabbatnoma” sining arab 
yozuvli qo‘lyozmalarida asar egasining taxallusi ham “vav 
alif” bilan 

راو
ﻰﻤز
Xvārazmi:
shaklida yozilgan. Lekin u ana 
shunday talaffuz etilgan deya olmaymiz. Harqalay, mazkur 
so‘zning imlosida grafik prinsip saqlangan chiqar. Ushbu 
so‘zning turkiy talaffuzini asarning boshqa bir nusxasi – uyg‘ur 
yozuvli matnida kuzatamiz. Chunonchi, uyg‘ur yozuvli matnda 
ushbu taxallus 
Xorazmi:
shaklida yozilgan. Agar uyg‘ur 
xatidagi matn so‘zning talaffuz shaklini ifoda etganligini 
ko‘zda 
tutsak, 
shoirning 
taxallusi 
hozir 
biz 
qo‘llayotganimizdek 
Xārazmiy
(adabiy orfografik: 
Xorazmiy

emas, balki 
Xorazmi:
shaklida talaffuz etilgani ayon bo‘ladi. 
Demak, joy oti ham qadimda Xorazm deyilgan. Anglashiladiki, 
arab yozuvli matnlarda ayrim o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan 
yozuv prinsipi amal qilgan bo‘lsa, uyg‘ur yozuvli matnlarda 
ushbu so‘zlar talaffuzga moslab bitilgan.
Shuningdek, 
“Muhabbatnoma”ning 
arab 
yozuvli 
qo‘lyozmasidagi 

او
ﮫﺠ
xvāja
so‘zi asarning uyg‘ur yozuvli 
qo‘lyozmasida 
xoja
shaklida yozilgan: Muhammad xoja beg. 
Arabiy izofadagi 
al-
ko‘rsatkichi arab yozuvida bitilgan 
turkiy manbalarda 
al
- shaklida yozilsa, uyg‘ur yozuvli 
matnlarda talaffuzga mos holda 
ul
- shaklida beriladi. Masalan, 
“Hibatu-l-haqoyiq” dostonining oti asarning uyg‘ur yozuvli A 
nusxasida talaffuzga moslab 
’Atabatul-haqayiq
shaklida 
yozilgan. Asarning B nusxasida: uyg‘ur yozuvli matnda 
Hibatul-haqayiq
, ostidagi arab yozuvli matnda 
Hibat al-
haqayiq
. Asarning arab yozuvli S nusxasida bu so‘z yozuv 
prinsipini saqlagan holda 
Hibat-al-haqayiq
emas, balki 
talaffuzga mos holda 
Hibat-ul-haqayiq
shaklida berilgan. 


102
Ko‘rinadiki, bu o‘rinda uyg‘ur yozuvli matnning ta’siri bor. 
Ushbu nusxa uyg‘ur xatidan arab yozuviga o‘girilayotganda 
kotib beixtiyor uyg‘ur yozuvli matndagi ko‘rinishiga tayangan. 
Yana bir belgisi. Fors tilidan o‘tib kelgan yoyi nisba 
ko‘rsatkichi hozirgi o‘zbek adabiy tilida -iy shaklida qabul 
qilingan. 
Navāiy, Lutfiy
taxalluslari hozirgi o‘zbek adabiy-
orfografik qoidasiga ko‘ra 
-iy
bilan yoziladi va talaffuzi ham 
shunga olib boriladi.
Uyg‘ur yozuvli matnlarda yoyi nisbaning ham talaffuzi 
aniq beriladi. Yoyi nisba yozma yodgorliklar tilida shunday 
talaffuz etilgan: agar so‘z undosh bilan tugagan bo‘lsa, yoyi 
nisba yozuvda “ya” harfi bilan ifoda etilib, cho‘ziq [i:] sifatida 
o‘qilgan: 
Yügnäkî, Javharî, Lutfî, Sakkākî

Agar so‘z unli bilan tugasa, u holda yoyi nisba ketma-ket 
ikkita “ya” harfi bilan yozilgan. Endi buni, qoidaga ko‘ra, 
-yi

deb o‘qiymiz: 
Navāyî
[arab yozuvli matnlarda ushbu taxallus 

او
ﻰﯾ shaklida yozilgan va bu ham 
Navāyî
deb o‘qiladi]. 
Ko‘rinadiki, hozir biz 
Lutfiy, Navāiy, Atāiy
[adabiy orfografik: 
Lutfiy, Navoiy, Atoiy
] shaklida qo‘llayotgan taxalluslar turkiy 
yozma yodgorliklar tilida hozirgi adabiy tilimizdagidek emas, 
balki jonli og‘zaki tildagi singari 
Lutfî, Navāyî, Atayî
shaklida 
talaffuz etilganidan dalolat beradi. 
Uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari turkiy tilning talaffuz 
o‘lchovlariga moslashgan edi. Arab yozuvli matnlarda 
o‘zlashgan so‘z va formalarga nisbatan grafik prinsip 
saqlangan, ya’ni ular arabcha yo forscha matnlarda qay shaklda 
yozilgan bo‘lsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilgan 
(jumladan, o‘zlashgan so‘zlarga xos ayrim tovushlar, arabiy va 
forsiy izofalar, -
u
(-
vu
), va bog‘lovchilari, yoi nisba kabilar). 
Uyg‘ur yozuvli matnlarda esa ularning turkiy talaffuzi aks 
etgan. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin