ج harfi [č] va [j] tovushlarini ifodalaydi. Ayrim o‘rinlarda
jarangsiz [č] ni farqlash maqsadida
چ harfidan ham
foydalanilgan:
ﻦﯿﭼ – chin, to‘g‘ri,
چﺎﻗ bir qancha.
Turkiy tilga xos ana shu tovushlar va ularning imlosi
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da yaxshi yoritilgan Bular:
Ostida uch nuqtasi bo‘lgan b (
ب ); bu b (
ب ) bilan f (
ف )
orasidagi qalin p (
پ ) dir.
Ostida uch nuqtasi bo‘lgan j (
ج ); bu š (
ش ) bilan j (
ج ) orasi-
dagi harfdir.
Ustida uch nuqtasi bo‘lgan k (
ک ); bu ğ (
غ ) bilan k (
ک ) ora-
sidagi bir tovushdir (KTT.2). Bu o‘rinda faqat turkiy tilga xos
bo‘lgan jarangsiz [p], jarangsiz [č] va jarangli [g] tovushlari
nazarda tutilmoqda.
XI–XIII asrlarning turkiy yodgorliklarida [v] fonemasining
lab-lab [w] va lab-tish [v] variantlari yozuvda farqlangan.
Chunonchi, [w] tovushi “Devonu lug‘atit turk”dagi turkiy
matnlarda, “Qutadg‘u bilig”ning arab yozuvli qo‘lyozmalarida
ف //
ڤ , turkiy “Tafsir”da
ف , “Muqaddamatu-l-adab”ning XIII–
XIV asrlarga mansub deya chamalanayotgan nusxasida
ف //
ڤ harflari bilan ifoda etilgan. Keyingi davr matnlarida bu
tovushlar uchun yagona harf xizmat qilgan: ikkovi “vav”(
و )
harfi bilan ifodalanadigan bo‘ldi.
107
XI-XIII asrlarning yozma yodgorliklarida turkiy so‘zlarda
so‘z ichi va oxirida
ذ ham keladi. U [d] undoshining variantini
bildiradi. Masalan, “Qutadg‘u bilig”ning namangan nusxasida: