110
UCHINCHI BO‘LIM. FONETIKA
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
fonema; unli tovushlar, orqa
qator unlilari, old qator unlilari, lablanmagan va lablangan unlilar,
turkiy singarmonizm; undosh tovushlar, tovush o‘zgarishlari.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
Unlilar tizimi va uning tarixiy takomili.
Undoshlar tizimi va uning tarixiy takomili.
Tovushlar uyg‘unligi (singarmonizm) qonuni.
Til tarixida tovush o‘zgarishlari.
“Fonetika” – tovushlar bilimidir. U nutq tovushlarini
o‘rganadi. Nutq tovushlarini
un
deyiladi.
Un
– “tovush, sas,
ovoz” degani. Muhimi shundaki,
un
so‘zini faqat kishining
nutq tovushlariga nisbatan qo‘llaymiz, hayvon tovushi,
qushlarning sayrashi yoki boshqa fizik hodisalar natijasida
yuzaga keluvchi shovqinlarni esa
tovush
yoki
ovoz
deymiz.
Tilshunoslikdagi
unli, undosh
atamalari ham shundan olingan:
unli
– “ovozli; ovozga, ya’ni tovushga ega bo‘lgan” ma’nosini
beradi. Bunday deyilishining sababi, unlini cho‘zib aytish
mumkin, undoshni esa cho‘zib bo‘lmaydi. Cho‘zib aytish kerak
bo‘lganda ham, ketidan [i] unlisini qo‘shishga to‘g‘ri keladi.
Turk tilshunosligida unlilar –
seslile
r yoki
ünlüler
,
undoshlar esa
sessizler
yoki
ünsüzler
deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: