Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

UNDOSHLAR TIZIMI 
 
Urxun va yenisey bitiglarining yozuv, fonetik-fonologik 
xususiyatlari bitiglar tilida quyidagi undosh fonemalar amal 
qilganidan dalolat beradi: [b], [p], [d], [t], [q], [k], [ğ], [g], [z], 
[s], [č], [š], [y], [l], [m], [n], [ñ], [ŋ], [r]. 
Qadimgi turk davridayoq sharqiy turk lahjalarida (qadimgi 
uyg‘ur va moniy yozuvli yodgorliklar tilida) [w] va [x] 
fonemalari amal qila boshlagan.


120
Mahmud Koshg‘ariy [v] fonemasini ikkita tovush deb 
izohlagan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari 
orasidagi” tovush deb ta’riflagan (MK.I.68). XI–XIV 
asrlarning arab yozuvli matnlarida ularning ikkovi ayri-ayri 
harflar bilan ifoda etilgan. 
Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] dan ko‘ra ustunlik 
qiladi. Masalan, QB da: 
küwänč, aw, suw, ew.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal 
xususiyatni ham farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga 
yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash esa boshqa turklarga 
xos. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning ikki xil 
varianti aralash qo‘llanilgan: 
tawar
(MK.I.137) // 
tavar
(MK.I.237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini 
muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi: 
uvut // uwut
(uyat), 
yalavač // 
yalawač 
(payg‘ambar), 
yava // yawa
(tursus mevasi) 
(MK.I.111).
Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf 
yo‘q. Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli 
oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon 
matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli 
matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida 
B

b
harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k turk alifbosidagi 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin