Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


So‘zlarning morfologik usulda yasalishi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
So‘zlarning morfologik usulda yasalishi
So‘zlarning morfologik usulda yasalishi o‘zak yoki yasama 
so‘zga yangi bir so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish bilan 
boshqa bir so‘z hosil qilinishidir.
Turkiy tillar tarixida, yozma yodgorliklar tilida so‘zlar 
qat’iy qonunlar asosida yasalgan. Yasama so‘z ma’no jihatdan 
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan o‘zakdan, o‘sha so‘zning har qaysi 
emas, aynan tutash ma’noli semasidan urchiydi. Agar yasama 


139
so‘zning morfem tarkibi chuqur tahlil qilinsa, o‘sha ildizga 
yetib boriladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida “o‘tni yulish 
jarayoni”ni anglatuvchi 
otaq
so‘zi “o‘tni yul-” ma’nosidagi 
ota
- fe’lidan, u esa “o‘simlik” anglamidagi 
ot
so‘zidan 
yasalgan. Yodgorliklarda 
otačï
degan atama uchraydi, “tabib, 
davolovchi” degani. Bu so‘zning o‘zagi “o‘t, o‘simlik” emas, 
balki “dori, em” ma’nosidagi 
ot
dir, undan 
ota
-, ya’ni “davola” 
fe’li, unga 
-čï
qo‘shimchasini qo‘shib 
otačï
oti yasalgan. 
Demak, 
otačï
so‘zining ildizi “davolamoq” ma’nosidagi 
ota
-,
uning negizida “dori” ma’nosidagi 
ot
ga bog‘lanadi. 
Yodgorliklar tilida, boshqa bir 
ota
- fe’li ham uchraydi, 
masalan: 
otuŋ ota
- deydi, bu “o‘tin qala-, o‘tin yoq-” degani. 
Endi bu fe’l “o‘t, olov” anglamidagi 
ot
dan. Hozirgi o‘zbek 
tilida 
otaw
degan so‘zimiz bor, bitiglardagi ko‘rinishi – 
otağ

Hozirgi ma’nosiga qaraganda, bu so‘zning o‘zagi, harqalay, 
“olov” ma’nosidagi 
ot
dir. Undan “o‘t qala-“ ma’nosidagi 
ota
-, 
unga joy oti yasovchi -
ğ
qo‘shimchasini qo‘shib, 
otağ
so‘zi 
yasalgan, bu “o‘t yoqib qishni o‘tkazadigan joy” ma’nosini 
beradi. Chog‘ishtiring: qïšlaq (qishlaydigan joy”; yaylağ (yer, yaylov”. 
Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida “dazmol”ni 
ütük
deydi. 
Bu so‘z o‘zagining “olov” ma’nosidagi 
ot
ga bog‘liqligi yo‘q. 
Chunki, Mahmud Koshg‘ariy uni ütük shaklida keltirgan (Agar 
bu so‘z ot dan yasalganida uni singarmonizm qoidasiga ko‘ra 
otuq
shaklida keltirgan bo‘lur edi). Ahamiyatlisi, Koshg‘ariy 
devonida 
ütidi
fe’li ham keltirilgan (MK.III.268), bu 
“dazmolladi” degani. Demak, 
ütük
o‘sha fe’ldan ekanligi ayon. 
Qiyoslang, Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” 
asarida ta’kidlanishicha, “üt- kallanï otqa tutup tükin arïtur 
ma’nādadur”. 
Ayrim olimlar 
elig
so‘zini 
ellig
[ya’ni “eli bor”] dan kelib 
chiqqan deb tushuntiradilar. Bu fikrga qo‘shilmayman. Chunki 
-
g, -ğ
qo‘shimchasi fe’ldan ot yasaydi. Masalan, “kuzatuvchi, 


140
ayg‘oqchi” anglamidagi 
körüg
so‘zi 
kör
- fe’lidan yasalgan. 
Shunday ekan, 
elig
so‘zining negizi “el, yurt” anglamidagi 
el
emas. Endi uning mag‘zini chaqib ko‘raylik. Tilimizda 
elit

fe’li bor, “yetakla-, olib bor-” ma’nosida. Ushbu so‘zdagi 
-t
ko‘rsatkichi orttirma nisbat qo‘shimchasidir. Demak, fe’l 
eli

bo‘lib chiqadi, u “qo‘l, barmoq” ma’nosidagi 
el
otidan, so‘ng 
unga 
-g
qo‘shimchasini qo‘shib, 
elig
so‘zi yasalgan: 
el+i+g>elig
. Elig so‘zining ma’nosi “etaklovchi, boshlovchi” 
degani.
Yana quyidagi misollarga e’tibor bering: rangni bildiruvchi 
yašïl
– “yosh, yangi” ma’nosidagi 
yaš
so‘zidan yasalgan (
yaš
-
ïl
). E’tiborga sazovorki, “Qutadg‘u bilig”da osmonning sifati 
yašïl
so‘zi bilan berilgan: 
yašïl kök
. Ko‘k turk bitiglarida uni 
kök täŋri
deydi: 
kök
– rangni bildiradi, 
täŋri
esa “osmon” 
degani. “Qutadg‘u bilig”da osmonga nisbatan qo‘llanilgan 
yašïl
sifati, o‘t, maysa rangini emas, balki “tiniq, beg‘ubor” 
ma’nosini beradi: 
yašïl kök
– “tiniq, musaffo osmon”.
Umr vaqti anglamidagi 
yaš
ham ayni so‘zdan urchigan; 
umrning muayyan vaqti: 
bir yaš
– insonning bir yillik umri. 
Yaš, yaš yigit, yaš bala
deyilganda “hali ko‘p yashamagan, 
o‘smir” tushuniladi (chog‘ishtiring, qadimgi turkiy tilda: 
yašlïğ
– yoshi katta, keksa; 
yašlïğ er
– keksa kishi. Hozirgi turk tilida: 
yašlï (yaš-lï)
– “keksa, uzoq yashagan kishi”). 
Yaša (yaš-a)
fe’li ham ayni o‘zakdan. Endi 
yašïn, yašna (
so‘zlari 
boshqa bir o‘zakdan yasalgan (chog‘ishtiring: 
čaqïn, čaqna
; bu 
ham yuqoridagi qolipda bo‘lib, o‘zagi
čaq-; čaqmaq čaqdï

yoki: 
gügürt čaq-, ot čaq-
). Harqalay, 
yašïn
so‘zining o‘zagida 
“yorug‘, nur” ma’nosi borligi ayon. Qadimgi turkiyda: 
yašu

yorug‘lik sochmoq. Chog‘ishtiring, QB da: Yašïq – Quyosh. 
Yaruq ham o‘sha qolipda yasalgan, 
yaru-
“yorug‘lik sochmoq” 
so‘zidan.
Affiksasiya usuli bilan so‘z yasalishida so‘zning ichki va 
tashqi tomoniga e’tibor qaratiladi. So‘zning ichki tomoni 
ma’no, semantika bilan bog‘liq. Tashqi belgisi uning tovush 


141
tomonidar. Qadimgi turkiy tilda yasama so‘z ana shu ikki jihat 
birligidan yuzaga kelgan. Demak, o‘zak bilan yasalgan negiz 
o‘rtasida ham ma’no, ham fonetik jihatdan bog‘liqlik bo‘lmog‘i 
kerak. 
Yodgorliklar tilida so‘z yasovchi affikslarning vazifasi 
muqum. Har bir affiks, o‘ziga tegishli doirada harakat qiladi, 
muayyan ma’noni anglatuvchi so‘zlar guruhini yasaydi, 
chegaradan chiqmaydi. Sinonimiya qurshoviga tushgan 
taqdirda ham, eshi yo‘l bersagina, uning vazifasini bajaradi.
Yana har affiksning fonetik variantlari ham bo‘ladi. 
Variantlarning bari “bir affiks”, har qaysisi “o‘sha affiksning 
ko‘rinishi” deb qaraladi. Ular o‘zakka singarmonizm qonuni 
asosida birikadi; biri boshqasining o‘rnida kela olmaydi. 
So‘zning morfem qurilishini tekshirganda bu qonuniyatlarni 
unutmaslik kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin