161
ularga ot qo‘yilmagan: “erkagi yo urg‘ochisi” deb qo‘ya
qolamiz.
Qadimgi turkiy tilda
iŋän
– tuyaning urg‘ochisi.
Mahmud
Koshg‘ariy bunga misol qilib shunday maqol keltirgan:
İŋän
iŋräsä, botu bozlar
. – Ingan (ya’ni urg‘ochi tuya) ingrasa, bo‘tu
(ya’ni erkak tuya) bo‘zlaydi (MK.I.142). Urg‘ochi tuyaning
boshqa bir oti –
tetir
(MK.I.342).
Erkak tuyani esa
buğra
deyilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha,
Buğraxan
ismi
ham shundan olingan (MK.I.397).
Kul tigin bitigida
urï oğul, qïz oğul
so‘zlari ishlatilgan.
Ushbu misollardagi
urï
– “o‘g‘il” degani,
oğul
esa “farzand”
ma’nosida. “O‘g‘uzxoqon” dostonida
erkäk oğul
deydi, bu so‘z
“o‘g‘il bola; o‘g‘lon” degan ma’noni beradi.
Hozirgi
o‘zbekchadagi
oğïl bala, qïz bala
ham ayni ma’nodadir (
bala
–
“farzand” degani). Yoki yana qiyoslang, hozirgi o‘zb.:
erkäk
kiši, xatïn kiši
. Bu o‘rinda
kiši
– “inson, odam” ma’nosini
anglatadi.
İB da:
erkäk yont
– erkak ot,
erkäk buzağu
– erkak buzoq,
tetir buğra
– erkak tuya. ODda:
erkäk böri
– erkak bo‘ri.
RQ da:
er oğlan
– o‘g‘il bola,
qïz oğlan
– qiz bola,
tiši tewä
yoki
iŋän
– urg‘ochi tuya,
erkäk bota
– er bo‘ta.
İB dan bir o‘rnak keltiramiz:
Aq bisi qulunlamïš, örüŋ
ingäni butulamïš, qunčuy urïlanmïš.
– Oq biyasi qulun tug‘ibdi
[qulunlabdi], oq ingani bo‘ta tug‘ibdi [bo‘talabdi],
malika
o‘g‘il tug‘ibdi. MK da:
inäk buzağuladï
– sigir buzoq tug‘di.
Dostları ilə paylaş: