im evim, ben im kitabïm, ev ben im , kitab ben im birikmalaridagi -
im affiksi
tamlama eki (qaratqich
qo‘shimchasi) deb emas, balki
iyelik eki (egalik qo‘shimchasi)
deb ishlatiladi. Turk tilshunosligidagi talqinlarga ko‘ra
benim evim, benim kitabïm birikma holida kelsagina, isim tamlaması
dir. -
im affiksi funksional jihatdan tamlayan eki bo‘lib keladi.
ev ben im , kitab ben im shaklida gapga aylanadi. -
im ning
olmoshga birikuv usuli ham tarixan
menimčä so‘zidagi kabi
kechgan.
E’tiborga sazovorlisi shundaki, yenisey bitiglarida
siz olmoshiga ham uning kimga qarashliligini bildiruvchi -
im qo‘shimchasi qo‘shiladi:
sizim “siz mening yaqinlarim” degan
ma’no anglashiladi”:
Quyda qunčuyuma, sizim oğlumqa bökmädim . – Uyda malikalarimga, siz (mening yaqinlar)im,
o‘g‘limga to‘ymadim (E.14.2).
Hozirgi
o‘zbek
tilida
tegishlilik,
qarashlilik
-
niki qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi:
meniki, seniki, unïki, bizniki, sizniki . -
m esa ba’zan she’riyatda, badiiy-ko‘tarinki uslubda
qo‘llaniladi, xolos.
-
niki tarkibidagi -
ki tegishlilikni, mansublikni bildiruvchi
(hozirgi grammatik asarlarda sifat yasovchi deya talqin
etilmoqda) affiksdir. Qadimgi shakli:
-qï, -ğï, -ki, -gi .
Qiyoslang, qadimgi turkiy tilda:
üzäki – yuqorigi,
yayqï –
bahorgi. Hozirgi o‘zbek tilida:
qïški, yazgi, kečki, ertäki, aldïngi, keyingi. Bu misollarda:
qïški – “qishga tegishli, qishga
qarashli”,
yazgi – “yozga tegishli, yozga mansub” degan
ma’nolarni anglatadi va b. -
niki tarkibidagi -
ni esa qadimgi –
nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ qo‘shimchasining qoldig‘idir. Bu
155
qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlarga
-qï, -ğï, -ki, -gi qo‘shilishi
bilan u ham o‘zgarishga uchragan:
meniki ( .
Hozirgi o‘zbek tilida
bu, šu ko‘rsatish olmoshlarining
egalik qo‘shimchalarini olishi natijasida so‘z tarkibida fonetik
o‘zgarish sodir bo‘lgan:
bunïm, bunïŋ, bunïsï; šunïm, šunïŋ, šunïsï so‘zlari tarkibidagi -
n- tarixan ko‘rsatish olmoshlari(
bul, šul )dagi -
l bo‘lib, tilning rivojlanishi, grammatik qoidalarning
qat’iylashuvi sababli -
n ga aylangan va har uchala shaxs egalik
affikslarini qo‘shishda yana tiklangan.