Fe’llarning yasalishi Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, qadimgi turkiy tilda
“tug‘di” ma’nosida
yenidi so‘zi qo‘llanilgan. Olimning
ta’kidlashicha, bu so‘z faqat insonlarga (xotinlarga) nisbatan
ishlatilgan. Masalan:
urağut yenidi deyiladi, bu “xotin bola
tug‘di, yukidan bo‘shandi”, degani. Hayvonlar ustida so‘z
ketganda, tug‘ilgan narsaning oti olinib, unga -
ladï, -lädi qo‘shimchasi qo‘shiladi va bola tuqqanlik ma’nosi ifoda
etiladi. Chunonchi, sigir (ya’ni
iŋäk ) tug‘sa,
iŋäk buzağuladï deyiladi. Bu “sigir buzoq tug‘di” demakdir. Qush bolasiga
nisbatan
bala deyiladi. Shundan “qush tug‘di” deyilmoqchi
bo‘lsa, yuqoridagi qoidaga muvofiq,
quš balaladï deyiladi.
Faqat biya haqida bunday deyilmaydi. Chunki biyaning bolasi
–
qulun . Agar biya tug‘sa,
qïsraq qulnadï ( deyiladi, bu “biya bola tug‘di”, demakdir. Yana
arslan
175
enüklädi deyiladi, bu “arslon bola tug‘di”, demakdir
(MK.III.100–102).
Endi til tarixida amal qilgan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni
ko‘rib chiqamiz. Til tarixida fe’llar quyidagi qo‘shimchalar
bilan yasalgan:
-
a, -ä / -ï, -i / -u, -ü affiksi.
Ushbu affiksning
-a, -ä variantiga o‘rnaklar. Ko‘k turk
bitiglarida:
yaša – yasha-,
ötä – nasihat qil-; MK da:
yašïn yašnadï – yashin yashnadi,
er qïšlağda yazadï – kishi qishloqda
yozni o‘tkazdi,
er aš ašadï – kishi osh yedi; QB da:
ota –
davola-,
tona – to‘n kiy-, kiyim kiy-.
-
ï, -i variantiga o‘rnaklar. MK da:
öklidi näŋ – narsa
ko‘paydi,
ton ölidi – to‘n ho‘l bo‘ldi.
-
u, -ü variantiga o‘rnaklar. MK da:
tawar qïzudï – mol
qimmatlashdi,
ew tarudï – uy toraydi,
yer keŋüdi – yer
(maydon) kengaydi; QB da:
bayu – boyi-.
-la, -lä affiksi. Ko‘k turk bitiglarida:
qïlïčla – qilichla-,
qilichdan o‘tkaz-,
atla – ot sol-,
sülä – lashkar tort-, İB da:
aq bisi qulunlamïš – oq biyasi qulun tug‘ibdi, qulunlabdi;
örüŋ ingäni butulamïš –
oq ingani bo‘ta tug‘ibdi, bo‘talabdi; QB da:
yïlla – yasha-,
emlä – davola-,
kezlä – saqla-.
-
da, -dä / -ta, -tä affiksi. MK da:
ol meni ündädi – u meni
undadi,
ol anïŋ aδaqïn bağdadï – u uning oyog‘ini chaldi,
ol yağïnï sandadï – u yov izidan bordi.
Qiyoslang, hozirgi o‘zb.:
alda (
al – qadimgi turkiy tilda
“makr, hiyla” degani),
ündä .
-
ïq, -ik affiksi. Kul tigin bitigida:
tašïq – sirtga, tashga chiq-
,
ičikdi – ichga kirdi, (qal’aga) kirdi. Uyg‘ur yozuvli qadimgi
yodgorliklarda:
tağïq – toqqa chiq-,
yolïq – yo‘liq- . QB da:
atïq – nom chiqar-,
birik – birik-.
-ad, -aδ, -at, -äd, -äδ, -ät affiksi. Ko‘k turk bitiglarida:
qulad – qul qil-,
yoqad – yo‘qot-,
bašad – bosh bo‘l-,
küŋäd –
joriyaga aylantir-. Uyg‘ur yozuvli qadimgi yodgorliklarda:
ulğad – ulg‘aytir-,
yigäd – yaxshilat-,
edäd – mol-mulkli qil-.
176
Yoki QB da:
muŋad – mungli qil-,
qutad – baxtlantir-, baxtga
yetkaz-.
Qutadğu bilig ~ Qutaδğu bilig ham shundan. Bu nom
“Qutlantirguchi, baxtga yetkazuvchi bilim” degan ma’noni
beradi. Hozirgi o‘zbek tilida bu qo‘shimcha
yoqat - so‘zining
tarkibidagina saqlanib qolgan (
yoq-at ).
-
qar, -ğar, -kär, -gär affiksi. MK da:
ol meni atğardï – u
meni otga mindirdi,
ol at otğardï – u otni o‘tlatdi,
ol at suwğardï – u otini sug‘ardi,
öδläk küzgärdi – kuz bo‘ldi.
Hozirgi o‘zb.:
bašqar, qutqar (
qut – “erk, ozod” so‘zidan),
suğar ( .
-
r affiksi. MK da:
qïzardï – qizardi,
qarardï – qoraydi,
ot yašardï – o‘t yashil bo‘ldi, yashardi,
sarğardï – sarg‘aydi,
örüŋärdi – oqardi. AH da:
eskir – eskir.
-
sïra, -sirä affiksi. Bu qo‘shimcha “istash, zor bo‘lish”
ma’nosidagi fe’llar yasaydi:
qağansïra – xoqoniga zor qilmoq,
elsirä – eliga zor qilmoq. Ko‘k turk bitiglarida:
Elligig elsirätdimiz, qağanlïğïğ qağansïratdïmïz. – Eli borni (elidan
ayirib) eliga zor qildik, xoqonlini (xoqonidan judo qilib)
xoqonga zor qildirdik (K.18).
“Türük bodun ölüräyin, uruğsïratayïn” tir ermis . – “Turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini
qoldirmayin (urug‘iga zor qilayin)” der ekan (K.10). Uyg‘ur
yozuvli qadimgi matnlarda:
tïnsïra – tinchini yo‘qotmoq,
tatïğsïra – ta’mini unutmoq,
küčsirä – kuchini yo‘qotmoq,
ögsirä – aqldan ozmoq. Hozirgi o‘zbek tilida ham bu affiks
ayni ma’nodagi fe’llar yasaydi:
xatïnsïradï – xotin istadi,
ersirädi – erni istab qoldi,
qansïradï – qon istadi.
-
sa, -sä affiksi. MK da:
ölsädi – o‘lmoq istadi,
ölümsädi –
o‘limni istadi. Uyg‘ur yozuvli matnlarda:
barïğsa – borishni
istamoq,
körügsä – ko‘rishni istamoq,
tapïğsa – xizmat qilishni
istamoq,
suwsa – suvsa-.
-
sï, -si affiksi. MK da:
suwsïdï – suv ochdi,
yağsïdï – yog‘li
bo‘ldi,
ačïğsïdï – achidi,
quruğsïdï – quriy boshladi.
-
sïn, -sin affiksi. MK da:
ewni ewsindi – uyni uy sanadi,
oğul ersindi – o‘g‘il o‘zini erkakday tutdi.
177
-
ran, -rän affiksi. QB da:
ögrän (
ög – “aql” so‘zidan).
Hozirgi o‘zb.:
örgän .
Sifatdosh Yozma yodgorliklar tilida sifatdoshlar quyidagi ko‘rinishda
uchraydi:
-
dačï, -däči / -tačï, -täči affiksli sifatdosh.
Boldačï buzağu öküz ara belgülüg . – Bo‘ladigan buzoq ho‘kizlar orasida belgi
beradi (MK.I.480).
-
qučï, -küci / -ğučï, -güči affiksli sifatdosh. MK da:
barğučï – yuruvchi, boruvchi,
turğučï – turuvchi, yashovchi,
tağqa ağqučï – toqqa chiquvchi,
ewgä kirgüči – uyga kiruvchi,
bitig bititgüči – xat yozdirguchi.
-
asï, -äsi affiksli sifatdosh. MK da:
Bu turasï yer tegül – bu
turadigan yer emas,
bu bizgä keläsi boldï – u bizga keladigan
bo‘ldi. Taf. da:
yeyäsi – yeyiladigan, yemish. Hozirgi o‘zb.:
keläsi, öläsi .
-
qu, -kü / -ğu, -gü affiksli sifatdosh. MK da:
bu ya qurğu oğur ermäs – bu yoy quradigan vaqt emas,
ol bizgä kelgü boldï – u bizga keladigan bo‘ldi. Hozirgi o‘zbek tilida ba’zan tovush
o‘zgarishi ham yuz bergan:
aqawa ( -
ğsaq, -gsäk affiksli sifatdosh. MK da:
ol er ewgä barïğsaq-ol – u kishi uyga boradigan,
ol berü kiligsäk erdi – u
bu yerga keladigan edi.
-
ğlï, -gli affiksli sifatdosh. AH da:
oqïğlï kiši – o‘qigan
kishi. Hozirgi o‘zb.:
yatïğlï kiši, sewikli~süyükli. -ma, -mä affiksli sifatdosh. MK da:
örmä sač – o‘rma soch,
tikmä näŋ – tikilgan narsa,
köčürma očaq – ko‘chirma o‘choq.
-
r / -ar, -är / -ïr, -ir / -ur, -ür affiksli sifatdosh. MK da:
Qaynar ögüz kečigsiz bolmas . – Oqar suv kechiksiz bo‘lmas.
Buning inkori -
maz, -mäz / -mas, -mäs qo‘shimchasi bilan hosil
qilingan. QB da:
qarïmaz – qarimaydigan,
körünmäs –
ko‘rinmas.
178
-
mïš, -miš / -mïs, -mis / -muš, -müš / -mus, -müs affiksli
sifatdosh. MK da:
qazmïš arïq – qazilgan ariq,
barmïš kiši –
borgan kishi.
-
duq, -dük / -tuq, -tük affiksli sifatdosh. MK da:
meniŋ barduqïm barmaduqïm – mening borgan-bormaganim,
seniŋ kördükiŋ körmädükiŋ bir – sening ko‘rgan-ko‘rmaganing bir.
-
ndï, -ndi affiksli sifatdosh. MK da:
sarqïndï suw –
sarqitlangan suv,
qazïndï tupraq – qazindi tuproq,
keδindi ton – kiyilgan kiyim,
süzündi suw – suzilgan (tozalangan) suv.
Hozirgi o‘zb.:
kelgindi kiši, yuğundï suw. -
qan, -ğan, -kän, -gän affiksli sifatdosh. QB da:
adïrğan –
ayirgan, farqlagan,
törütkän – yaratgan,
kečürgän – kechirgan,
sözlägän – so‘zlagan; AH da:
körgän – ko‘rgan,
ešitkän –
eshitkan.
She’rda shunday kelgan:
Erdi ašïn taturğan,
Yawlaq yağïğ qačurğan,
Oğraq süsin qaytarğan,
Bastï ölüm axtaru.
(Bir kishining o‘limiga achinib aytadi: U qo‘noqlarga osh
beradigan (saxiy), yovuz dushmanni qochiradigan, O‘g‘roq
askarini qaytaridigan (bahodir) edi. Afsus, o‘lim uni yanchdi)
(MK.I.471).
-
ğma, -gmä affiksli sifatdosh. Ko‘k turk bitiglarida:
keligmä – keladigan.
Ravishdosh Tilimiz tarixida fe’lning ravishdosh shakli quyidagi
ko‘rinishda uchraydi:
-
a, -ä affiksli ravishdosh:
ača – ochib,
basa – bosib,
ağa –
ko‘tarilib,
adïra – ayirib,
sanča – sancha,
bičä – bichib,
kesä –
kesib,
kezä – kezib. Ko‘k turk bitiglarida:
Altun yïšïğ aša kältimiz, Ärtis ögüzüg käčä kältimiz . – Altun yishni oshib
179
keldik, Ertish daryosini kechib keldik (Ton.37). MK da:
Etil suwï aqa turur . – Etil suvi oqib turar.
-
u (-yu), -ü (-yü) affiksli ravishdosh. Matnlardan misollar:
Käyik yäyü, tabïsğan yäyü olurur ärtimiz . – Kiyik yeb,
tovushqon yeb kun kechirar edik (Ton.8).
Kiši sözläšü, yïlqï yïzlašu . – Kishi so‘zlashib, yilqi hidlashib (bir-birini biladi)
(MK.III.114).
Ötrü ol awïčğa ïğlayu xanqa inčä tip ötündi . –
So‘ng u qariya yig‘lab xonga shunday deya o‘tindi (AT.283).
-
p / -b affiksli ravishdosh.
bašlap – boshlab,
berip – berib,
qodup – qo‘yib,
ešitip – eshitib,
tep – deb. Matnlardan
o‘rnaklar:
Tewäy münüp qoy ara yašmas . – Tuya mingan
qo‘ylar orasiga yashirina olmaydi (MK.III.68);
Qač qata taluyqa kirip, bišär yüz erin barïp, asan tükäl kelmiš erti . –
Necha bor dengizga kirib, besh yuzcha er bilan borib, sog‘-
omon qaytgan edi (AT.283).
-
pan, -pän / -ban, -bän affiksli ravishdosh. İB da:
olurupan – o‘tirib,
yatïpan – yotib.
-
maδïp, -mäδip affiksli ravishdosh. MK da:
eδkärmäδip oq atar – o‘ylamayin o‘q otar.
Se’rda shunday kelgan:
İglädi meniŋ aδaq,
Körmäzip oğrï tuzaq.
İglädim andïn uzaq,
Emlägil emdi tuzaq.
(Yashirin tuzoqni ko‘rmay, mening oyog‘im ilindi. Uzoq
vaqt qiynaldim. Ey sevgilim, endi o‘zing davola) (MK.I.361).
Tawğač xannïŋ turqusï telim, teŋlämäzip bïčmas . –
Tavg‘ach xonning ipakligi mo‘l, lekin o‘lchamay kesilmaydi
(MK.I.402).
-
qalï, -käli / -ğalï, -gäli affiksli ravishdosh. MK da:
tutušqalï – tutish uchun,
urğalï – urgani, urish uchun; QB da:
alğalï – olish uchun,
tutqalï – tutish uchun,
tergäli – terish
uchun.
180
-
qïnča, -kinčä / -ğïnča, -ginčä / -qunča, -künčä / -ğunča, - günčä affiksli ravishdosh. MK da:
Öküz aδaqï bolğïnča buzağu bašï bolsa yig . – Ho‘kizning oyog‘i bo‘lgandan ko‘ra,
buzoqning boshi bo‘lgan yaxshi; QB da:
todmağïnča –
to‘ymaguncha,
basmağïnča – bosmagunga qadar,
yetmäginčä –
yetmay turib.
-
yïn, -yin affiksli ravishdosh.
Tašra yorïyur tiyin kü ešidip, balïqdaqï tašïqmïš, tağdaqï inmiš. – Tashqarida yuribdi, degan
xabarni eshitib, shahardagi tashga chiqibdi, tog‘dagi inibdi
(K.11–12).
-matï, -madï, -mäti, -mädi / -matïn, -madïn, -mätin, -mädin affiksli ravishdosh.
Bunča išig küčüg bertükgärü saqïnmatï “türk bodun ölüräyin, uruğsïratayïn”, – ter ermiš . – Shuncha
mehnatini, kuchini sarf etganiga ham andisha qilmay: “Turk
xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin”, – der ekan (K.10);
İgidmiš qağanïŋïn sabïn almatïn yir sayu bardïğ. – Tarbiyat
qilgan xoqoningning so‘zini olmayin har yerga ketding (Ka.9).