Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
FE’L 
Bir ishni, bir zamonni ishlovchining so‘zlovchiga nisbatini 
bildirgan so‘z 
fe’l
deyiladi. Fe’l kishi yo narsaning ishini, 
holini bildiradi. Fe’lda uch butoq bo‘ladi: ish, ishlovchi, 
zamon. Buni hozirgi o‘zbek tilidagi misollar bilan shunday 
tushuntirish mumkin: 
yaz-dï-m, oqï-dï-m, kel-di-ŋ
. Bularning 
birinchi bo‘lagi ishni, uchinchi bo‘laklari ishlovchining 
so‘zlovchiga nisbatini, ikkinchi bo‘lak esa ishning qay 
zamonda bajarilganligini anglatadi. 
Matnda ham, nutqda ham gap so‘zlovchi tomonidan 
tuziladi. Faqat ish va holatning bajaruvchisi aniq yoki mavhum 
bo‘luvi mumkin. 
Ish va holatni bajaruvchi kishi aniq bo‘lganda so‘zlovchi 
birligida “men”, ko‘pligida “biz” tushuniladi. Tinglovchi 
birligida “sen”, ko‘plikda “siz” ko‘zda tutiladi. Bajaruvchi 
o‘zga kishi bo‘lganida “u”, ko‘pchilik bo‘lganda “ular” ko‘zda 
tutiladi. Fe’llar har qachon ham o‘z bajaruvchisiga bo‘ysunadi: 
ko‘rinishini o‘shanga qarab o‘zgartiradi. Tek fe’lning masdar 
shakligina (
oqïmaq, yazmaq
) bu qoidaga bo‘ysunmaydi. 


174
Shunga ko‘ra kishining ish va holati uch ko‘rinishda 
bildiriladi: so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zganing ish va holati. 
Ko‘plikda esa so‘zlovchilar, tinglovchilar va o‘zgalarning ishi 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Fe’lning shakli ham shunga qarab 
o‘zgarib boradi: so‘zlovchi bo‘lib o‘tgan ishi yo holati 
to‘g‘risida so‘zlaganda fe’l 
-dïm, -dim
, tinglovchi to‘g‘risida 
so‘zlanganda -
dïŋ, -diŋ
, o‘zga to‘g‘risida so‘zlanganida -
dï, -di
qo‘shimchasini oladi (
keldim, keldiŋ, keldi
). 
-dik, -dïŋïz, -diŋiz, 
-dïlar, -dilär
qo‘shimchalari esa ko‘pchilikning ishi va holati 
to‘g‘risida so‘z borganda qo‘llaniladi (
keldik, bardïŋïz, 
bardïlar
). Yoki kelasi zamonda bo‘ladigan ish va holat 
to‘g‘risida so‘zlanganda so‘zlovchi birligi -
a/-y+män
, ko‘pligi 
-
a/-y+miz
(
kelämän, kelämiz
); tinglovchi birligi 
-a/-y+sän

ko‘pligi -
a/-y+siz
(
keläsän, keläsiz
); o‘zga birligi -
a/-y+dï/di

ko‘pligi -
a/-y+dï/di
yoki 
-a/-y+dïlar/dilär
qo‘shimchalarini 
oladi (
kelädi, kelädi(lär)
va hokazo. Til tarixida ham qoida 
xuddi shunday. Faqat qo‘shimchalari farq qilishi mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin