Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Kelasi zamon fe’li 
Kelasi zamon fe’li -
ğay, -qay, -gäy, -käy
affiksi bilan hosil 
qilinadi. Bo‘lishsiz shakli -
mä, -ma
qo‘shimchasini qo‘shish 
bilan hosil qilinadi. 
Amtï ečim taluyqa barïp erdäni kelürsär, taqï ağïrlïğ 
bolğay, men taqï učuz bolğay-men, tep saqïntï.
– “Agar akam 
dengizga borib javohir keltirsa, u yana ham qadr topadi, men 
esa yana qadrsiz bo‘laman”, – deb o‘yladi (AT.284). 
Boδun tili yawlaq, seni sözlägäy, 
Kiši qïlqï kirtüč, etiŋni yegäy. 

Xalqning tili yomon, seni so‘zlaydi, 
Kishilarning fe’l-atvori hasadgo‘y, etingni yeydi (QB.164). 
Yodgorliklarda kelasi zamonning -
ğay, -qay, -gäy, -käy 
affiksi 
-ğa, -qa, -gä, -kä
shaklida ham qo‘llaniladi: 
Biligsiz ne 
bilgä bilig qïymatï
. – Bilimsiz bilimning qadrini qaerdan ham 
bilardi (QB.462). 
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da ta’kidlanishicha, “qipchoq 
tili”da kelasi zamonning tinglovchi birligi fe’l o‘zagiga -
ğa-
sen
, bo‘lishsiz shakli -
maya-sen
qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li 
bilan hosil qilingan: 
čïzğa-sen
– yozajaksan, 
čïzmaya-sen
– 


192
yozmayajaksan. Tinglovchi ko‘pligida bo‘lishli va bo‘lishsiz 
holatidagi -
sen
o‘rnida -
siz
qo‘llaniladi. 
Kelasi zamonning o‘zga birligi fe’l o‘zagiga 
-ğay
, -
gäy
bo‘lishsiz shakli 
-mağay, -mägäy
qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li 
bilan hosil qilinadi: 
čïzğay
– yozajak, 
čïzmaya (čïzmağay?)
– 
yozmayajak. O‘zga ko‘pligi o‘zga bo‘lishli va bo‘lishsiz birlik 
shakliga -
lar, -lär
qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilinadi.
So‘zlovchi ko‘pligi fe’l o‘zagiga -
ğa-biz
, bo‘lishsiz shakli 
esa -
maya-biz
qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: 
čïzğa-biz
– yozajakmiz, 
čïzmaya-biz
– yozmayajakmiz. 
So‘zlovchi birligida bo‘lishli va bo‘lishsiz ko‘plik holatidagi -
biz
o‘rnida -
men
qo‘llaniladi (KTT.67

68).
“Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiya”da yozilishicha, 
sifatdoshning 
-asï, -äsi
qo‘shimchasi ham kelasi zamon 
fe’lining belgisidir: 
keläsimän, keläsisän, keläsisiz, keläsi, 
keläsilär
. Turkmanlar bu fe’l uchun 
keläjäkmän, keläjäkbiz
shaklini, ba’zan 
keläsärmän, keläsärbiz
ni ham qo‘llaganlar 
(AZFT.121). 
Eski o‘zbek tili davrida kelasi zamon -
qu, -kü / -ğu, -gü
affiksiga shaxs-son, ba’zan 
turur

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin