209
qay tildan tarjima etilayotgan bo‘lsa, kitobning otini o‘ziday
qoldirish yoki yaratilgan asarlarga sharq tillarining birida
(tabiiyki, adabiy etkisi va mavqei yuqori bo‘lgan tilda) ot
qo‘yish rusum bo‘lgan. Masalan, moniychilar tavbanomasining
turkiy versiyasi “Niğošaklarnïng suyïn yazuqïn öküngü
Xuastuanift” (ya’ni, “Tinglovchilarning
gunohlaridan tavba
qiluvchi Xuastuanift”) deb atalgan. Turk-budda asarlarida
o‘zgacha bir xususiyatni kuzatamiz: ayrim asarlarning oti
aslida qanday bo‘lsa o‘shanday, ba’zilariga esa turkcha ot
qo‘yilgan. Masalan, “Mahayanasutra” – turkiy tilda “Uluğ
kölüŋü sutur” yoki “Maytreya samiti nataka”ning
turkcha
versiyasi
“Maytri
simit
nom
bitig”
deb
atalgan.
“Suvarnaprabhasa sutra” qadimgi turkiy tilga “Altun öŋlüğ
yaruq yaltrïqlïğ qopta kötrülmiš nom eligi” (ya’ni, “Oltin tusli
yorug‘lik taratuvchi hamma narsadan buyuk bo‘lgan tojdor
no‘m”) deb o‘girilgan. Yoki, turkcha “Nirvan bitig” (=skr.
Nirvana sutra) – mahayana mazhabida yaratilgan sutralardan
birining otidir.
Qadimgi turk-budda,
turk-moniy adabiyotlari, matnchiligi
negizida
shakllangan
ushbu
an’analar
turkiy
xalqlar
adabiyotida uzoq davr saqlanib qolgan. Buning ta’sirini o‘zbek
mumtoz adabiyotida ham uchratamiz. Masalan, Alisher
Navoiyning asarlari turkiy tilda ekanligiga qaramay,
arabcha
atalgan: “Me’zānu-l-avzān”; “Muhākamatu-l-luğātayn” va
shuning singari.
Yozma manbalarda budda diniy-falsafiy tushunchalarining
asl turkiy shaklda qo‘llanilgani ham e’tiborga loyiq. Budda
muhitida turkiy tilning lug‘at tarkibida burundan qo‘llanib
kelayotgan
turkiy
so‘zlar
yangi
ma’noda
ishlatilgan.
Yozuvchilar atamani diniy qarashlarning mohiyatidan kelib
chiqib tanlaganlar. Bunga bir misol.
Turklarda buddizmning
maxayana yo‘li amal qilgan. Qadimgi turkiy tilda bu mazhab
Dostları ilə paylaş: