Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

änätkäk
deyilgan. 
Shuningdek, bu atama 
änätkäk, änätkäkčä, änätkäk tili
shaklida qo‘llanilib, “sanskrit tili”ni anglatadi. Budda 
asarlarida sanskritchaga nisbatan 
aryabašča
so‘zi ham 
qo‘llanilgan. Bu so‘z unga berilgan sifat bo‘lib, “muborak 
sanskritcha” anglamidadir.
Buddizm davri yozma adabiy tili to‘g‘risida so‘z borganda, 
lug‘at tarkibida yuzaga kelgan atamalar tizimini eslamaslikning 
iloji yo‘q. Bu davrlarda sanskrit, tohar, sug‘d, xitoy tillaridan 
diniy, falsafiy atamalar, buddizm san’ati, madaniyati, ma’orif, 
adabiyot va fanning boshqa sohalariga tegishli atamalar turkiy 
tilga o‘zlasha boshladi. Tilshunoslikda, shular bilan barobar, 
asl turkcha so‘zlarning ayrimlari budda diniy-falsafiy 
tushunchalarini ham ifoda eta boshladi. 
Tilshunoslikda chet tillardan so‘z o‘zlashtirish yoki turkiy 
tilning ichki imkoniyatlari, lug‘at boyligining imkoniyatlaridan 
foydalangan holda yangi atamalar yasash yohud turkiy 
so‘zlarni yangi ma’noda qo‘llash usuli ilmiy asosda ishlab 
chiqilgan edi. Qadimgi turkiy tilga budda atamalarini 
o‘zlashtirish va yangilarini yasash prinsiplari quyidagicha. 
Muayyan atama asl tilda qanday bo‘lsa, o‘shanday 
ko‘rinishida, tarjima qilinmay o‘zlashtirilgan, matnlarda ham 
ana shunday qo‘llanilgan. Masalan, 
nirvan
(
so‘zi budda ta’limotida eng yuksak, qutsal yer. Buning singari 
atamalar budda asarlarida ko‘plab topiladi.
Buddizm qadimgi turklarning hind adabiyoti bilan 
yaqindan tanishuviga ham imkon berdi. Adabiy aloqalar 
etkisida turk adabiyotida yangi janrlar yuzaga keldi. Tabiiyki 
bu yangi janrlarni ifodalash uchun sanskritcha atamalardan 
ham foydalanilgan. Jumladan, turk adabiyotida 
šlok (
šlok), padak (
singari 
yangi she’r turlari shakllandi.
Buddizm davrida qadimgi turk nasrida budda qonunlari, 
aqoid, ta’limotlari aks etgan asarlar shuhrat topdi. Bunday 


207
asarlar 
nom
yoki 
nom bitig
deb yuritilgan (
nom
nwm; nom bitig
–“aqoid kitobi” ma’nosini bildiradi). Budda 
diniy 
adabiyotida 
sutralar 
(yodgorliklardagi 
shakli 
sudur~sutur
), shastarlar (manbalarda
šastïr~šastar
shaklida 
qo‘llaniladi) keng yoyildi. 
Sudur (
– sutra, 
Buddaning nasihatlaridan iborat; 
šastar (
– 
buddizmning muqaddas kitobi, sutraning tafsiri, traktatdir. 
Buni
šastar bitig
ham deyilgan. 
Turk adabiyotida ulug‘ rohiblarning hayot yo‘lini, 
muqaddas yerlarga uyushtirgan ziyoratlarini aks ettiruvchi 
memuarlar yaratildi. Yirik epik asar(kavi nom bitig)lar paydo 
bo‘ldi.
Kavi (
– “epos, epik asar”degan ma’noni 
beradi. Budda afsona-rivoyatlari keng tarqaldi. Bular
purani 
(
atalgan. 
Buddizm dinidagi turklar hindlarning kitob shaklidan ham 
foydalanganlar. Fanda uni potxi kitob deb yuritiladi. Potxi 
kitobning varaqlari 
patar
deyilgan. Bu so‘z sanskritcha 
pattra
dan bo‘lib, ular palma yaproqlari va varaqni shunday ataganlar. 
Turkiy tilda u ikkinchi ma’nosida qo‘llangan. 
Har qaysi varaqning bosh qismiga asar bo‘limi va ushbu 
bo‘limning tartib ko‘rsatkichi yozib chiqilgan. Masalan: 
Yükünč altï patar
(Yukunch bo‘limi, oltinchi varaq), 
Yükünč 
yeti patar
(Yukunch bo‘limi, yettinchi varaq), 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin