201
Ilmiy adabiyot va qo‘llanmalarda
teg~deg / tek~dek
ni
“qo‘shimcha” deydilar. Aslida, bu qo‘shimcha emas,
o‘xshatish ko‘makchisidir. Shuning uchun u so‘zlarga
birikkanda o‘zak-negiz bilan uyg‘unlashmaydi, o‘z ko‘rinishini
saqlab qoladi. Masalan:
qoñ-teg
. Shunga qaramay, ba’zi
hollarda bog‘lanayotgan so‘z tabiatiga moslashuvi ham
mumkin:
andağ~andaq, mundağ~mundaq
.
Yuklamalar
Yuklamalar so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklaydi.
Ular so‘roq, taajjub, kuchaytiruv va ta’kid, ayiruv,
inkor
ma’nolarini bildiradi.
Qadimgi turkiy tilda yuklamalar ikki xil ko‘rinishda
uchraydi: qo‘shimcha shakliga kelib qolgan yuklamalar va
so‘z-yuklamalar.
Yämä
yuklamasi ta’kidni bildiradi:
Ältäris qağan
qazğanmasar, udu bän özüm qazğanmasar, äl yämä, bodun
yämä yoq ärtäči ärti, qazğantuqïn üčün, uduğuzum,
qazğantuqum üčün äl yämä äl boltï, bodun yämä bodun boltï
. –
Eltarish
xoqon zafar qozonmaganida, uning bilan mening
o‘zim zafar qozonmaganimda, yurt ham, xalq ham yo‘q bo‘lar
edi. (Xoqon)
zafar qozongani uchun, mening xushyorligim,
zafar qozonganim uchun, el ham el bo‘ldi,
xalq ham xalq
bo‘ldi (Ton.54
–
56).
Yodgorliklar tilida -
mu, -mü / -mï, -mi
so‘roq yuklamasi,
ta’kidni
bildiruvchi -
la,-lä; -ču, -čü; -oq, -ök; -mat, -mät; uš
yuklamalari amal qilgan.
-
mu, -mü
so‘roq yuklamasining misoli:
Qağan-mu qïsayïn
tädim
. – Xoqonni-mi qistayin dedim (Ton.5).
Ayur: körmädiŋ-
mu bu xaqan yüzin.
– Aytur: Ko‘rmadingmi bu xoqon yuzini?
(QB.79).
She’rda shunday kelgan:
Alp Er Toŋa öldimü,
202
Esiz ažun qaldïmu,
Özläk öčin aldïmu,
Emdi yüräk yïrtïlur.
(Alp Er To‘nga (Afrasiyob) o‘ldimi, Esiz dunyo qoldimi,
Dunyo undan o‘chini oldimi, Endi yuraklar yaralanmoqda)
(MK.I.77).
-
oq, -ök
yuklamasining misoli:
Taqï ma hekü ersä arzu tiläk,
Bayat-oq bolu bersü arqa yöläk. –
Tag‘in qanday tilak va orzularing bo‘lsa, xudoning o‘zigina
madadkor bo‘laversin (QB.118).
uš
yuklamasining misoli:
E bilgä, özüm uš tapuğčï seŋä
. –
Ey dono, o‘zim sening xizmatingdadirman (QB.200).
-
mat, -mät
yuklamasining misoli:
Seni sen-mät öggil,
kesildi sözüm
. – Seni sening o‘zinggina hamd qil, so‘zimni
kesdim (QB.32).
“Chig‘atoy turkiysi”da bular bilan bir qatorda
ayā, xud,
ham, ā
yuklamalari ham amal qilgan. Ayrimlariga misol
keltiramiz.
-
la,-lä
yuklamasi. Husayn Boyqaro she’ridan:
Ey köŋül gardun baliyat tašïnï yağdurdï-la,
Har taraf sabrïm üyi divārïnï sïndurdï-la (Maj.142).
Ushbu yuklama ayrim o‘zbek shevalarida hozir ham
ishlatiladi. Masalan, andijon shevasida:
Bu xabarnï barïp-la
aytdïm
.
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lutfan so‘zlarni turkumlarga ajratish prinsiplarini tushuntiring.
Yodgorliklar tilida ot turkumining
hozirgi turkiy tillardan
farqlanuvchi muhim belgilarini izohlang.
Son va uning muhim belgilarini o‘rnaklar ko‘magida ochiqlab
bering.
Lutfan olmoshlarning tarixiga qisqacha ta’rif bering.
Fe’l va uning kategoriyalariga ta‘rif bering.
203
Ot, sifat, ravish va fe’llarning yasalishiga jiddiy e’tibor qarating.
So‘z yasovchi qo‘shimchalarning vazifasi, qanday ma’noli so‘zlar
yasayotganini aniqlab, umumiy xulosalar bering.
Hozirgi o‘zbek tilidan farq qiluvchi yordamchi so‘zlarga e’tibor
bering va ularning vazifasini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: