Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


ESKI TURK QARASHLARIDA “TOMON” TUSHUNCHASI VA



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
ESKI TURK QARASHLARIDA “TOMON” TUSHUNCHASI VA 
UNING BILAN BOG‘LIQ ATAMALAR 
Ko‘k turklarning tasavvur-qarashidagi “tomon” tushunchasi 
ikki xil – tik (vertikal) va yuza (garizontal) yo‘nalishlarida 
amal qilgan. Ularning tasavvurida “tomon” olti yog‘dan iborat. 
“Olti tomon” qadimgi turkiy tilda altï yarašur deyilgan. Buning 
asl ma’nosi “olti muvozanat” dir.
Tik yo‘nalish
qarama-qarshi ikki tomon va ular oralig‘ini 
tashkil etadi. Bular üzä (yuqori, ya’ni osmon), asra yoki alt 
(past, ya’ni yer yuzi) hamda ularning orasi(ara)dan iborat. 
Qadimgi turklarning olam, yorug‘ dunyo, kishilik tirikligi 
to‘g‘risidagi o‘y-qarashlari ham ayni chiziqda turadi. Ana shu 
uch qatli (uch yarusli) olam tushunchasi eski bitiglarda, san’at 


230
va arxitektura yodgorliklarida o‘z izini qoldirgan. Muhimi, 
yozma yodgorliklarda “tomon” tushunchasi bilan bog‘liq butun 
bir atamalar tizimi mavjud.
Endi misollarga murojaat qilamiz. Ikkinchi ko‘k turk 
xoqonlig‘i zamonidan qolgan Kul tigin va Bilga xoqon 
bitiglarida bunga tegishli yaqqol bir misol bor. Bitiglarda 
xoqon tilidan turklar kechmishi hikoya qilinadi. Uning 
hikoyasi quyidagi jumlalar bilan boshlangan: Üzä kök täŋri, 
asra yağïz yer qïlïntuqda ikin ara kisi oğlï qïlïnmïs. Kisi oğlïnta 
üzä yečüm-apam Bumïn qağan, İstämi qağan olurmïš (K.1).
Birinchi jumla payt ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, 
Üzä 
kök täŋri, asra yağïz yer qïlïntuqda
– ergash gap, 
İkin ara kisi 
oğlï qïlïnmïs
esa bosh gapdir. Ergash gapdagi uyushiq bo‘laklar 
(üzä kök täŋri, asra yağïz yer) mazmun jihatdan o‘zaro qarama-
qarshi tomon tushunchalarini ifodalaydi. Zid ma’nolar 
üzä
(“yuqorida”) va 
asra
(“pastda”) ravishlari yordamida yuzaga 
chiqadi. 
Täŋri
– qadimgi turkiy tilda ikki ma’noda qo‘llanilgan: 
birinchisi – “ko‘k, osmon”; ikkinchisi – “xudo, tangri”. 
Keyingisi, harqalay, “osmon” ma’nosidan o‘sib chiqqanligi 
aniq. Ushbu jumlada u ilkin – “osmon” ma’nosida. Oldidagi 
kök
uning sifatlovchi-aniqlovchisidir: 
kök täŋri
– “ko‘k 
osmon”. Jumladagi 
yağïz
– yerning sifatlovchi-aniqlovchisi: 
yağïz yer
– qo‘ng‘ir yer. Payt munosabatini bildiruvchi 
qïlïntuqda
so‘zi “yaralganda” degan ma’noni beradi. 
Endi ana shu tartibda bosh gap ma’nosini ochiqlaymiz. 
Undagi 
kisi
– “kishi, inson”. Islom tushunchasida kishilikning 
yaralishi Odam-otadan boshlanadi, qadimgi turk falsafasida 
kishilik o‘tmishi Kishi-otadan boshlangan. Kishi – bizning 
hozirgi tushunchamizdagi Odam-otaga to‘g‘ri keladi. Oğul 
so‘zi “bola, farzand”ni bildiradi. Chog‘ishtiring: 
urï oğul
– 
“o‘g‘il bola”; 
qïz oğul
– “qiz bola”. Matnda kelgan 
kisi oğlï
– 
“kishi o‘g‘li, inson farzandi” anglamidadir. 
Qadimgi turk tasavvurlaridagi Kishi-otani Apa ham 
deyilgan. “Qutadg‘u bilig”da 
apa oğlanï, yalïnğuq oğlanï


231
degan atamalar qo‘llanilgan, u “inson bolasi, odam bolasi” 
degan ma’nodadir.
Ikkinchi gapdagi 
ečüm-apam
juft so‘zi – “ota-bobom”, 
ya’ni “ajdodim” degan ma’noni beradi. Ushbu juft so‘z 
tarkibidagi
apa
ham ilkin ma’nosini tashiydi. 
Matndagi 
Bumïn
hamda 
İstämi
– Birinchi ko‘k turk 
xoqonlig‘ining quruvchilaridir; 
qağan olurmïš
– gapning 
kesimini bo‘lib, bu birikma “xoqon bo‘lib taxtga o‘tirgan” 
degan anglamga ega.
Yuqoridagi izohlarga tayangan holda matn ma’nosini 
hozirgi tilimizga quyidagicha o‘girishimiz mumkin: “Yuqorida 
ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir yer yaralganda, ikkisining orasida 
inson bolasi yaralgan. Kishi o‘g‘illari uza ota-bobom Bumin va 
Istami xoqon bo‘lib (taxtda) o‘tirganlar”. 
Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha uch qatli olam 
to‘g‘risidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida – 
osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida inson va uning 
hayoti. 
Shu o‘rinda muhim bir faktga e’tibor qaratsak. Ma’lumki, 
qadimgi xitoy falsafasida imperatorlarga “Osmon o‘g‘li” 
(thien-tsi), osmon bilan yer o‘rtasida yaralgan zotlar deya 
qaralgan. Ba’zi olimlar qadimgi turklarning falsafiy qarashlari 
to‘g‘risida fikr yuritar ekan, “tangri”ni anglashda qadimgi 
turklar xitoy falsafasiga ergashadilar, deb biladilar. Biroq, Kul 
tigin va Bilga xoqon bitiglaridan olingan yuqoridagi matn bu 
qarashni tamom inkor etadi. Unga ko‘ra, yuqorida osmon, 
pastda yer yaralganda ikkisining o‘rtasida kishi o‘g‘illari 
yaralgan. Kishi o‘g‘illari orasidan tangrining inoyati bilan 
Bumin va Istami xoqon bo‘lib taxtga chiqqanlar. Ular “Osmon 
o‘g‘li” emas, balki tangrining inoyati bilan taxtga o‘tirgan 
xoqonlardir.
Buning dalili uchun Bilga xoqon bitigidan boshqa bir 
misolni ham keltirishimiz mumkin. Chunonchi, bitigda Bilga 
xoqonning el-ulusga murojaati berilgan. Murojaat 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin