99
Alifbo harflarining ko‘pvazifalilik xususiyati to‘g‘risida
Mahmud
Koshg‘ariy
alohida
to‘xtalgan
edi.
Uning
ta’kidlashicha, turkiy tildagi yetti tovush uyg‘ur yozuvida o‘z
belgisiga ega emas. Bular:
p, ž
(sirg‘aluvchi),
ğ, g, ŋ
hamda
arabcha
j, f
lardir. Ushbu tovushlar yuqorida ko‘rsatilgan
harflar vositasida ifoda etilgan yoki ular singari ifodalanib,
qo‘shimcha belgilar bilan farqlangan (MK.I.48). Bundan
yozuvda quyidagi tovushlar bir xil harflar orqali ifoda
etilganligi ayon bo‘ladi:
k–g, x–ğ, č–j–ž, w–f
. Sonor
ŋ
esa
yozuvda ikki harf (
n+k
) bilan berilgan.
Alifbo harflarining o‘z oti ham bor. Bu ot har bir harf o‘zi
bildirgan tovushga “fatxa” qo‘shib hosil qilingan:
a, wa, xa, va,
za, qa, ya, kä, δa, ma, na, sa, ba, ča, ra, ša, ta, la.
Eslashga
o‘ng‘ay bo‘lsin uchun alifbo harflarini tartib bilan uchta-
uchtadan birlashtirilib,
awaxa, vazaqa, yakäδa, manasa,
bačara, šatala
ko‘rinishida o‘qilgan.
Uyg‘ur alifbosidagi harflardan uchtasi, o‘rni bilan, unlilarni
ifodalashga xizmat qilgan:
harfi [a]–[ä~e] unlilarini, [y]
undoshini ifodalovchi harfi [ï]–[i~e] ni, harfi esa
[u]–[ü]–[o]–[ö] unlilarini anglatadi.
Yozuvda hatto old va orqa qator unlilar ham farqlangan.
Yozuvning bu xususiyati sug‘d xatini turkchalashtirish
jarayonida vujudga kelgan edi. Chunonchi, sug‘dcha yozuvda
cho‘ziq [a:] tovushi qisqa [a] dan qo‘shaloq alif orqali yozilishi
bilan farqlangan. Turklar sug‘d xatini o‘zlashtirish chog‘ida
uning ba’zi prinsiplarini o‘z tillariga moslashtirib olganlar.
Sug‘d xatida cho‘ziqlikni anglatuvchi grafik belgilar uyg‘ur
yozuvida cho‘ziq-qisqalikni emas, turkiy til uchun muhimroq
bo‘lgan old va orqa qator unlilarini farqlashga xizmat qila
boshladi. Turfondan topilgan qadimgi budda, moniy matnlarida
so‘z boshida qo‘shaloq harfi orqa qator [a] ni, oddiy > esa old qator [ä (~e)] unlisini ifodalagan. Keyinchalik orqa
qator [a] tovushi uchun ham oddiy harfidan
foydalaniladigan bo‘ldi. So‘z boshi va birinchi bo‘g‘inda old
100
qator yumshoq [ö]–[ü] unlilarini ifodalash uchun ham
qo‘shaloq belgidan foydalanilgan: “va” harfi yozilib, unga “ya”
ulangan. Old qator lablangan unlilar yozuvda shu usul bilan
orqa qator [o]–[u] unlilaridan farq qiladi.
Uyg‘ur alifbosidagi harflarning aksariyati polifonik
xususiyatga ega. Buning sababi alifboning ixcham bir shaklda
tuzilganligida.
Turkiy
xalqlar
o‘tmishda
foydalangan
alifbolarning eng ixchami ham uyg‘ur alifbosi edi. Ixcham bir
alifboda qadimgi turkiy tilning murakkab tovush tizimini
ifodalash murakkab ish. Shu o‘rinda o‘yimizga “nima uchun
turklar bu yozuvdan uzoq muddat foydalanib keldi, bu ularga
mushkullik tug‘dirmadimi?” – degan so‘roq kelishi tabiiy.
Ushbu jumboq oson hal etilganligining muhim sababi bor:
uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari juda o‘ylab ishlab chiqilgan
edi. O‘tmish yozuv amaliyotining tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
yozuvning qulay yo o‘ng‘aysizligi, tilning fonetik-fonologik
tizimiga qay daraja javob berganligi alifbodagi harflarning oz-
ko‘pligida emas, balki imlo qoidalarining qanday tuzilganligida
ekan. Aks holda, 38–40 harfli ko‘k turk alifbosidan 18–16
harfli uyg‘ur alifbosiga o‘tishning o‘zi bo‘ladimi? Buning
boshqa sababi ham bor: yozuv amaliyotida harflari bir-biriga
ulab yozilgan uyg‘ur xatidan foydalanish ko‘k turk xatiga ko‘ra
qulayroq, kitobat ishida uning imkoniyatlari kengroq edi.
Dostları ilə paylaş: