102
Ko‘rinadiki, bu o‘rinda uyg‘ur yozuvli matnning ta’siri bor.
Ushbu nusxa uyg‘ur xatidan arab yozuviga o‘girilayotganda
kotib beixtiyor uyg‘ur yozuvli matndagi ko‘rinishiga tayangan.
Yana bir belgisi. Fors tilidan o‘tib kelgan yoyi nisba
ko‘rsatkichi hozirgi o‘zbek adabiy tilida -iy shaklida qabul
qilingan.
Navāiy, Lutfiy
taxalluslari hozirgi o‘zbek adabiy-
orfografik qoidasiga ko‘ra
-iy
bilan yoziladi va talaffuzi ham
shunga olib boriladi.
Uyg‘ur yozuvli matnlarda yoyi nisbaning ham talaffuzi
aniq beriladi. Yoyi nisba yozma yodgorliklar tilida shunday
talaffuz etilgan: agar so‘z undosh bilan tugagan bo‘lsa, yoyi
nisba yozuvda “ya” harfi bilan ifoda etilib, cho‘ziq [i:] sifatida
o‘qilgan:
Yügnäkî, Javharî, Lutfî, Sakkākî
.
Agar so‘z unli bilan tugasa, u holda yoyi nisba ketma-ket
ikkita “ya” harfi bilan yozilgan. Endi buni, qoidaga ko‘ra,
-yi
:
deb o‘qiymiz:
Navāyî
[arab yozuvli matnlarda ushbu taxallus
ﻨ
او
ﻰﯾ shaklida yozilgan va bu ham
Navāyî
deb o‘qiladi].
Ko‘rinadiki, hozir biz
Lutfiy, Navāiy, Atāiy
[adabiy orfografik:
Lutfiy, Navoiy, Atoiy
] shaklida qo‘llayotgan taxalluslar turkiy
yozma yodgorliklar tilida hozirgi adabiy tilimizdagidek emas,
balki jonli og‘zaki tildagi singari
Lutfî, Navāyî, Atayî
shaklida
talaffuz etilganidan dalolat beradi.
Uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari turkiy tilning talaffuz
o‘lchovlariga moslashgan edi. Arab yozuvli matnlarda
o‘zlashgan so‘z va formalarga nisbatan grafik prinsip
saqlangan, ya’ni ular arabcha yo forscha matnlarda qay shaklda
yozilgan bo‘lsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilgan
(jumladan, o‘zlashgan so‘zlarga xos ayrim tovushlar, arabiy va
forsiy izofalar, -
u
(-
vu
), va bog‘lovchilari, yoi nisba kabilar).
Uyg‘ur yozuvli matnlarda esa ularning turkiy talaffuzi aks
etgan.
Dostları ilə paylaş: