at
– ot,
aq-
oq-,
aš
– osh, ovqat,
azuq
– oziq,
adaq
– oyoq,
adğïr
– ayg‘ir,
qatun
– xotun, malika,
sarïğ
– sariq,
yay
– yoz,
sayu
– sari,
qara
–
qora,
ara
– ora.
[ä] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda
keladi:
tilä
- tila-,
emgäk
– zahmat,
ertäki
– burungi, eski.
[ï] unlisi [i] unlisiga qarama-qarshi turadi. [ï] unlisi
“yo‘g‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi:
ït
– it,
ïğač
–
daraxt,
bïč
- – kes-, bich-,
yïš
– o‘rmonli tog‘,
yïlqï
– yilqi,
sïğta
– yig‘la-,
qïšla
- qishla-,
qïzïl
– qizil.
[i] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda
keladi:
ič
– ich-,
ilgärü
– oldinga,
bil
- – bil,
tik
- – tik-,
kir
- –
kir-,
tirig
– tirik.
113
[o] unlisi [ö] unlisiga qarama-qarshi turadi. [o] unlisi
“yo‘g‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi:
ot
– o‘t, olov,
ton
– kiyim,
qoñ
– qo‘y,
yol
– yo‘l,
bodun
– xalq.
[ö] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda
keladi:
öz
– o‘z (olmosh),
ög
– ona,
kök
– osmon,
törü
–
siyosat,
bök
- – to‘ymoq,
köl
– ko‘l,
böri
– bo‘ri.
[u] unlisi [ü] unlisiga qarama-qarshi turadi. [u] unlisi
“yo‘g‘on” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda keladi:
uč
– uchmoq,
o‘lmoq,
učuz
– arzon,
uya
– in, uya; avlod,
uluğ
– ulug‘,
buluŋ
– tomon,
qul
– qul.
[ü] unlisi esa “ingichka” talaffuz qilinuvchi so‘zlarda
keladi:
küŋ
– joriya,
tükäti
– tugal,
küč
– kuch,
küz
– kuz,
yüz
–
yuz,
tüš
- – inmak,
kü
– ovoza, dovrug‘.
Qadimgi turkiy bitiglar tilida so‘zning boshi yoki birinchi
bo‘g‘inida kelgan [ä] hozirgi o‘zbek tilida yopiq [e] ga
aylanadi. Masalan:
äl>el>, käl>kel, yär>yer
singari. Lekin [e]
tovushining qachondan paydo bo‘lganligi xususida tugal bir
xulosani aytish mushkul. Gap shundaki, eng eski davrlardan
qolgan ko‘k turk, uyg‘ur yozuvidagi bitiglarning imlo
xususiyatlari bu tovushning o‘sha kezlardayoq shakllanganidan
dalolat berib turadi. Qadimgi turkiy tilda yopiq [e] unlisi
mustaqil fonema emas, balki [ä] ning fonetik varianti sifatida
amal qilgan: [ä]~[e].
Hozirgi o‘zbek tilida [e] bilan talaffuz qilinayotgan so‘zlar
urxun bitiglarida yoki <ä> harflari bilan yozilgan.
V. Tomsen yenisey bitiglarini tadqiq etar ekan, urxun
bitiglaridagi yoki <ä> o‘rnida keladigan va yenisey
bitiglarigagina xos bo‘lgan maxsus harfga asoslanib, bitiglar
tilida [e] tovushi ham amal qilgan, degan fikrga kelgan edi
(Щeрбак 1970,28–29). Yenisey bitiglaridan olingan quyidagi
misollar hozirgi turkiy tillarga qiyoslansa, V. Tomsen xulosasi
e’tiroz tug‘dirmaydi:
elči
(E.13.2),
beš
(E.45.2),
yerim
(E.45.6).
A.S. Amanjolov urxun bitiglaridagi yoki yozuvda har
qachon ham yozilavermaydigan <ä> harfi, o‘rni bilan, [e]
114
tovushini ham anglatgan, deb qaraydi. Uning xulosasiga ko‘ra,
[e] tovushi urxun bitiglari tilida [ä] ga variant sifatida (ä~e)
qo‘llangan (Aманжолов 1978,77).
Hozirgi turkiy tillarda, asosan, [e] bilan talaffuz
qilinayotgan so‘zlar uyg‘ur yozuvli matnlarda ham yoki
<ä> harflari bilan yozilgan. Lekin bu hodisadan, uyg‘ur yozuvli
matnlar tilida [e] tovushi yo‘q edi, degan xulosa chiqarmaslik
kerak. Chamasi, maxsus harf bo‘lmagani uchun imloda
shunday yo‘l tutilgan chiqar. Masalan, “Qutadg‘u bilig”ning
uyg‘ur yozuvli hirot nusxasida:
Dostları ilə paylaş: |