120
Mahmud Koshg‘ariy [v] fonemasini ikkita tovush deb
izohlagan edi: [w] hamda [v]. U [w] ni “[b] bilan [f] maxrajlari
orasidagi” tovush deb ta’riflagan (MK.I.68). XI–XIV
asrlarning arab yozuvli matnlarida
ularning ikkovi ayri-ayri
harflar bilan ifoda etilgan.
Tub turkiy so‘zlarda [w] tovushi [v] dan ko‘ra ustunlik
qiladi. Masalan, QB da:
küwänč, aw, suw, ew.
Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, [v] bilan [w] dialektal
xususiyatni ham farqlagan: [v] bilan so‘zlash o‘g‘uz va ularga
yaqin turuvchilarga, [w] bilan so‘zlash
esa boshqa turklarga
xos. E’tiborni tortadigan yeri, devonda bir so‘zning
ikki xil
varianti aralash qo‘llanilgan:
tawar
(MK.I.137) //
tavar
(MK.I.237). Bir so‘zning ikki xil talaffuz etilishi mumkinligini
muallifning o‘zi ham ta’kidlaydi:
uvut // uwut
(uyat),
yalavač //
yalawač
(payg‘ambar),
yava // yawa
(tursus mevasi)
(MK.I.111).
Ko‘k turk alifbosida [w~v] fonemasi uchun maxsus harf
yo‘q.
Muhimi shundaki, ko‘k turk bitiglari bilan deyarli
oldinma-ketin yaratilgan uyg‘ur
yozuvli qadimgi turfon
matnlarida bu tovush uchun alohida belgi bor. Arab yozuvli
matnlarda [w~v] bilan kelgan so‘zlar ko‘k turk bitiglarida
B
,
b
harflari bilan yozilgan. Bu hodisa ko‘k
turk alifbosidagi
Dostları ilə paylaş: