121
tovushini ham ifodalagan chiqar:
edgü (eδgü), adïğ (aδïğ), qudï
(quδï), qadğu (qaδğu)
.
Ko‘k turk xatida [x] tovushi uchun maxsus harf yo‘q, uning
o‘rnida yolg‘iz
q
keladi:
qatun, qağan, qan
. Bu so‘zlardagi [q]
arab yozuvli matnlarda [x] ga o‘zgaradi:
xatun, xaqan, xan
.
Biroq, bu hodisani tamoman tovush o‘zgarishiga yo‘ymaslik
kerak. Sababi, “Qutadg‘u bilig” asarining tilida qadimgi [q] li
varianti ustivor. Masalan:
qalï
(agar),
qalïq
(osmon),
yaqšï
va
b. Keyinchalik bu so‘zlardagi [q] tovushi [x] ga o‘zgargan:
xalï, xalïq, yaxšï
singari.
Urxun bitiglarida hozirgidan farqli holda [ñ]
tovushi ham
qo‘llangan (yozuvda
#
harfi yoki ikki harf birikmasi –
JN
bilan
ifoda etilgan). Bu tovush quyidagi so‘zlarda keladi:
Toñuquq,
añïğ, qoñ, cïğañ
. Ko‘k turk bitiglarida [ñ] bilan kelgan so‘zlar
uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon matnlarida yoki arab yozuvli
yodgorliklarda [y] bilan keladi:
ayïğ
– yovuz, tuban, bemani,
qoy, čïğay
– “qashshoq, yo‘qsil”.
Qadimgi [ñ] ni Mahmud Koshg‘ariy
arab xatida harfi
bilan keltirgan. Uning yozishiga qaraganda, [y] li so‘zlarni [n]
ga aylantirish dialektal xususiyatdir. So‘z o‘rtasi va oxirida
kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga almashtirganlar:
qoy – qon
“qo‘y”,
čïğay – čïğan
“kambag‘al”,
qayu – qanu
“qaysi” (MK.I.67). Bu
misollarning bari ko‘k turk bitiglaridagi [ñ] sonor [n] ga variant
sifatida ([n~ñ]) qo‘llanganidan dalolat beradi.
[n] // [y] mosligi hozirgi o‘zbek tilida ham uchrab turadi:
qanda~qayda
. Yoki qadimgi [n] hozir qo‘llaydigan
qanï, qanča
singari so‘zlarimizda ham saqlanib qolgan.
Uyg‘ur yozuvli qadimgi turfon bitiglarida o‘zlashgan
so‘zlarda sirg‘aluvchi [ž] tovushi ham qo‘llanilgan:
ažun
. Arab
yozuvli matnlarda bu tovush ژ harfi bilan ifoda etilgan:
ا
نوژ
ažun
– dunyo.
Eski turkiy til davridan boshlab arab, fors tilidan o‘z-
lashgan so‘zlarda [f], [h] fonemalari ham qo‘llana boshladi.
122
Arab alifbosi asosidagi turkiy imloda arab va fors tillaridan
o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qilgan.
Bunday so‘zlar arabcha
matnlarda qanday yozilsa, turkiy
matnlarda ham shunday yozilavergan.
Lekin ulardagi arab
tiligagina xos bo‘lgan tovushlar turkiy tovushlar singari
talaffuz etilgan.
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da o‘zlashgan so‘zlarga xos
bo‘lgan bunday tovushlar xususida ham ma’lumot beriladi.
Unda
yozilishicha, “turk qipchoq tilida” quyidagi sakkiz harf
(ya’ni tovush) yo‘q. Bular: sa: (
Dostları ilə paylaş: