Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

 
So‘zning tarkibi 
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra 
tub
va 
yasama
bo‘ladi. 
Tub so‘zlar
asli muayyan ma’noni bildiruvchi morfem birlikdir. Ot, sifat, 
son, fe’l singari mustaqil so‘z turkumlari ham, shuningdek, 
yordamchi so‘z turkumlari ham tub so‘zlar bo‘luvi mumkin. 
Masalan, otlar: 
ï
– “o‘simlik, buta”, 
ot
– “dori-darmon”, 
ig
– 
“kasallik”, 
qaz
– “g‘oz”, 
qoñ
– “qo‘y”, 
söz
– “so‘z”; fe’llar: 
ba

“bog‘la-”, 
te
- “de-”, 
ay
- “ayt”, 
uq
- “uq”, 
al
- “ol-”, 
ked
- “kiy-”, 
ber
- “ber-”, 
ürk
- “hurk” va b. 
Yasama so‘zlar
esa o‘zakka 
yasovchi qo‘shimcha qo‘shish yoki mustaqil so‘zlarning 
grammatik birikishi bilan yuzaga keladi.
So‘z tarkibi
deyilganda, o‘zak, negiz hamda so‘zning 
sintaktik munosabatini ta’minlovchi turli qo‘shimchalarning 
birligi, so‘zning morfologik tizimi (strukturasi) tushuniladi. 
So‘z tarkibini tahlil qilishda, avvalo, leksik hamda grammatik 
ma’no anglatuvchi komponentlarni ajratib olish lozim. So‘z 
tarkibi 
leksik 
hamda 
grammatik 
ma’no 
anglatuvchi 
komponentlar birligidan iborat bo‘ladi. 
So‘zning leksik ma’no bildiruvchi komponentlariga o‘zak 
hamda negiz kiradi. 
O‘zak

so‘zning eng kichik leksik ma’noli 
bo‘lagi. 
Negiz
esa so‘zning ma’nosini beruvchi, eng katta 
leksik ma’noga ega bo‘lgan bo‘lagidir. Masalan: 
tïn
- fe’liga ot 
yasovchi 

qo‘shimchasini qo‘shib, 
tïnč
oti yasalgan. 
tïnč 


138
so‘zining o‘zagi (eng kichik leksik ma’noli bo‘lagi) 
tïn-
, negiz 
esa ot yasovchi -
č
qo‘shimchasini qo‘shish natijasida hosil 
bo‘lgan 
tïnč
so‘zidir. Endi bu so‘zga 

qo‘shimchasini qo‘shib, 
tïnčï
fe’lini yasaymiz. Bunday holda negiz ham o‘zgaradi: 
yangi yasalgan so‘z negiz bo‘ladi. Lekin o‘zak o‘sha-o‘sha 
turaveradi. Shuning uchun bir o‘zakdan yasalgan so‘zlarni 
o‘zakdosh so‘zlar deb ataymiz. Keltirilgan 
tïnč, tïnčï
so‘zlari 
o‘zakdosh (bir o‘zakdan yasalgan) so‘zlardir. Demak, 
tïnčï
so‘zining tarkibi shunday: 
tïn+č+ï = tïn->tïnč>tïnčï-
. Yana bir 
misol: 
qatïğtï
(qattiq qilib, mahkam qilib) so‘zining tarkibi 
shunday: “qot-” anglamidagi 
qat
- fe’liga sifat yasovchi -
ïğ
qo‘shimchasini qo‘shib 
qatïğ
so‘zi, unga esa 
-tï
ravish 
yasovchisini qo‘shib
qatïğtï
so‘zi yasalgan. Bu so‘zni o‘zak-
negizga ajratish tartibi ham yuqoridagi so‘z kabidir: 
qat-> 
qatïğ>qatïğtï

So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi komponentlariga 
qo‘shimchalar kiradi. Muhimi shundaki, so‘z tarkibiga
yasovchi qo‘shimchalargina emas, yasovchi bo‘lmagan 
qo‘shimchalar (so‘z o‘zgartuvchi, shakl yasovchi) ham kirib 
ketadi. Chunki ularning bari so‘zni shakllantirishga, uning 
leksik-semantik, 
morfologik, 
sintaktik-stilistik 
o‘rnini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Til tarixida ham qo‘shimchalar uch xil ko‘rinishda 
uchraydi: so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin