139
so‘zning morfem tarkibi chuqur tahlil qilinsa, o‘sha
ildizga
yetib boriladi. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida “o‘tni yulish
jarayoni”ni anglatuvchi
otaq
so‘zi “o‘tni yul-” ma’nosidagi
ota
- fe’lidan, u esa “o‘simlik” anglamidagi
ot
so‘zidan
yasalgan. Yodgorliklarda
otačï
degan
atama uchraydi, “tabib,
davolovchi” degani. Bu so‘zning o‘zagi “o‘t, o‘simlik” emas,
balki “dori, em” ma’nosidagi
ot
dir, undan
ota
-, ya’ni “davola”
fe’li, unga
-čï
qo‘shimchasini qo‘shib
otačï
oti yasalgan.
Demak,
otačï
so‘zining ildizi “davolamoq” ma’nosidagi
ota
-,
uning negizida “dori” ma’nosidagi
ot
ga bog‘lanadi.
Yodgorliklar tilida, boshqa bir
ota
- fe’li ham uchraydi,
masalan:
otuŋ ota
- deydi, bu “o‘tin qala-, o‘tin yoq-” degani.
Endi bu fe’l “o‘t, olov” anglamidagi
ot
dan. Hozirgi o‘zbek
tilida
otaw
degan so‘zimiz bor, bitiglardagi ko‘rinishi –
otağ
.
Hozirgi ma’nosiga qaraganda, bu so‘zning o‘zagi, harqalay,
“olov” ma’nosidagi
ot
dir. Undan “o‘t qala-“ ma’nosidagi
ota
-,
unga
joy oti yasovchi -
ğ
qo‘shimchasini qo‘shib,
otağ
so‘zi
yasalgan, bu “o‘t yoqib qishni o‘tkazadigan joy” ma’nosini
beradi. Chog‘ishtiring: qïšlaq (
qishlaydigan joy”; yaylağ (
yer, yaylov”.
Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida “dazmol”ni
ütük
deydi.
Bu so‘z o‘zagining “olov” ma’nosidagi
ot
ga bog‘liqligi yo‘q.
Chunki, Mahmud Koshg‘ariy uni ütük shaklida keltirgan (Agar
bu so‘z ot dan yasalganida uni singarmonizm qoidasiga ko‘ra
otuq
shaklida keltirgan bo‘lur edi). Ahamiyatlisi, Koshg‘ariy
devonida
ütidi
fe’li ham keltirilgan (MK.III.268), bu
“dazmolladi” degani. Demak,
ütük
o‘sha fe’ldan ekanligi ayon.
Qiyoslang, Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn”
asarida ta’kidlanishicha, “üt- kallanï otqa tutup tükin arïtur
ma’nādadur”.
Ayrim olimlar
elig
so‘zini
ellig
[ya’ni “eli bor”] dan kelib
chiqqan deb tushuntiradilar. Bu fikrga qo‘shilmayman. Chunki
-
g, -ğ
qo‘shimchasi fe’ldan ot yasaydi. Masalan, “kuzatuvchi,
140
ayg‘oqchi” anglamidagi
körüg
so‘zi
kör
- fe’lidan yasalgan.
Shunday ekan,
elig
so‘zining negizi “el, yurt” anglamidagi
el
emas. Endi uning mag‘zini chaqib ko‘raylik. Tilimizda
elit
-
fe’li bor, “yetakla-, olib bor-” ma’nosida. Ushbu so‘zdagi
-t
ko‘rsatkichi orttirma nisbat qo‘shimchasidir. Demak, fe’l
eli
-
bo‘lib chiqadi, u “qo‘l, barmoq” ma’nosidagi
el
otidan, so‘ng
unga
-g
qo‘shimchasini qo‘shib,
elig
so‘zi yasalgan:
el+i+g>elig
. Elig so‘zining ma’nosi “etaklovchi, boshlovchi”
degani.
Yana quyidagi misollarga e’tibor bering: rangni bildiruvchi
yašïl
– “yosh, yangi” ma’nosidagi
yaš
so‘zidan yasalgan (
yaš
-
ïl
). E’tiborga sazovorki, “Qutadg‘u bilig”da
osmonning sifati
yašïl
so‘zi bilan berilgan:
yašïl kök
. Ko‘k turk bitiglarida uni
kök täŋri
deydi:
kök
– rangni bildiradi,
täŋri
esa “osmon”
degani. “Qutadg‘u bilig”da osmonga nisbatan qo‘llanilgan
yašïl
sifati, o‘t, maysa rangini emas, balki “tiniq, beg‘ubor”
ma’nosini beradi:
yašïl kök
– “tiniq, musaffo osmon”.
Umr vaqti anglamidagi
yaš
ham ayni so‘zdan urchigan;
umrning muayyan vaqti:
bir yaš
– insonning bir yillik umri.
Yaš, yaš yigit, yaš bala
deyilganda “hali ko‘p yashamagan,
o‘smir” tushuniladi (chog‘ishtiring, qadimgi turkiy tilda:
yašlïğ
– yoshi katta, keksa;
yašlïğ er
– keksa kishi. Hozirgi turk tilida:
yašlï (yaš-lï)
– “keksa, uzoq yashagan kishi”).
Yaša (yaš-a)
fe’li ham ayni o‘zakdan. Endi
yašïn, yašna (
so‘zlari
boshqa bir o‘zakdan yasalgan (chog‘ishtiring:
čaqïn, čaqna
; bu
ham yuqoridagi qolipda bo‘lib, o‘zagi
čaq-; čaqmaq čaqdï
;
yoki:
gügürt čaq-, ot čaq-
). Harqalay,
yašïn
so‘zining o‘zagida
“yorug‘, nur” ma’nosi borligi ayon. Qadimgi turkiyda:
yašu
-
yorug‘lik sochmoq. Chog‘ishtiring, QB da: Yašïq – Quyosh.
Yaruq ham o‘sha qolipda yasalgan,
yaru-
“yorug‘lik sochmoq”
so‘zidan.
Affiksasiya usuli bilan so‘z yasalishida so‘zning ichki va
tashqi tomoniga e’tibor qaratiladi. So‘zning ichki tomoni
ma’no, semantika bilan bog‘liq. Tashqi belgisi uning tovush
141
tomonidar. Qadimgi turkiy tilda yasama so‘z ana shu ikki jihat
birligidan yuzaga kelgan. Demak, o‘zak bilan yasalgan negiz
o‘rtasida ham ma’no, ham fonetik jihatdan bog‘liqlik bo‘lmog‘i
kerak.
Yodgorliklar tilida so‘z yasovchi affikslarning vazifasi
muqum.
Har bir affiks, o‘ziga tegishli doirada harakat qiladi,
muayyan ma’noni anglatuvchi so‘zlar guruhini yasaydi,
chegaradan chiqmaydi. Sinonimiya qurshoviga tushgan
taqdirda ham, eshi yo‘l bersagina, uning vazifasini bajaradi.
Yana har affiksning fonetik variantlari ham bo‘ladi.
Variantlarning bari “bir affiks”, har qaysisi “o‘sha affiksning
ko‘rinishi” deb qaraladi. Ular o‘zakka
singarmonizm qonuni
asosida birikadi; biri boshqasining o‘rnida kela olmaydi.
So‘zning morfem qurilishini tekshirganda bu qonuniyatlarni
unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: