Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Otlarda jins 
Turkiy tillarda rod kategoriyasi yo‘q, lekin jins bor. Jins 
inson va boshqa jonzodlarga xos. Jinsning grammatik 
ko‘rsatkichi (qo‘shimchasi) yo‘q. So‘zning ma’nosiga qarab 
kishi yo jonzodning jinsini ajratish mumkin. Insonlarda “erkak 
va xotin (ayol)”, hayvonlarda “erkagi – urg‘ochisi (tishisi)”, 
qushlarda “nari va modasi”, parrandalarda “xo‘rozi va 
makiyoni” deyiladi. Tilimizda yana har birining o‘z oti bor. 
Sudraluvchilar, hasharotlar va suv hayvonlarining harakati
qiliqlariga qarab, ularning jinsini aniqlash mumkin bo‘lsa-da, 


161
ularga ot qo‘yilmagan: “erkagi yo urg‘ochisi” deb qo‘ya 
qolamiz.
Qadimgi turkiy tilda 
iŋän
– tuyaning urg‘ochisi. Mahmud 
Koshg‘ariy bunga misol qilib shunday maqol keltirgan: 
İŋän 
iŋräsä, botu bozlar
. – Ingan (ya’ni urg‘ochi tuya) ingrasa, bo‘tu 
(ya’ni erkak tuya) bo‘zlaydi (MK.I.142). Urg‘ochi tuyaning 
boshqa bir oti – 
tetir
(MK.I.342). Erkak tuyani esa 
buğra
deyilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, 
Buğraxan
ismi 
ham shundan olingan (MK.I.397). 
Kul tigin bitigida 
urï oğul, qïz oğul
so‘zlari ishlatilgan. 
Ushbu misollardagi 
urï
– “o‘g‘il” degani, 
oğul
esa “farzand” 
ma’nosida. “O‘g‘uzxoqon” dostonida 
erkäk oğul
deydi, bu so‘z 
“o‘g‘il bola; o‘g‘lon” degan ma’noni beradi. Hozirgi 
o‘zbekchadagi 
oğïl bala, qïz bala
ham ayni ma’nodadir (
bala
– 
“farzand” degani). Yoki yana qiyoslang, hozirgi o‘zb.: 
erkäk 
kiši, xatïn kiši
. Bu o‘rinda 
kiši
– “inson, odam” ma’nosini 
anglatadi. 
İB da: 
erkäk yont
– erkak ot, 
erkäk buzağu
– erkak buzoq, 
tetir buğra
– erkak tuya. ODda: 
erkäk böri 
– erkak bo‘ri. 
RQ da: 
er oğlan 
– o‘g‘il bola, 
qïz oğlan
– qiz bola, 
tiši tewä 
yoki 
iŋän
– urg‘ochi tuya, 
erkäk bota
– er bo‘ta.
İB dan bir o‘rnak keltiramiz: 
Aq bisi qulunlamïš, örüŋ 
ingäni butulamïš, qunčuy urïlanmïš.
– Oq biyasi qulun tug‘ibdi 
[qulunlabdi], oq ingani bo‘ta tug‘ibdi [bo‘talabdi], malika 
o‘g‘il tug‘ibdi. MK da: 
inäk buzağuladï 
– sigir buzoq tug‘di.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin