Kelishik Kelishik otli so‘z birikmalarida bosh so‘z bilan ergash
so‘zning, egasi ot bo‘lib kelgan gapda esa ega(ot)ning kesim
bilan moslashuvi, kelishuvidir. Kelishikda so‘roq otga beriladi.
Masalan,
kimni?, kimga?, kimdan? singari. Bu so‘roqlarga
berilgan javob kelishik qo‘shimchalarini oladi.
Kelishik
kategoriyasi
turkiy
tillarning
bosh
qonuniyatlaridan biridir. Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida
tilimizning ichki qonuniyatlari, o‘zgarishi oqibatida uning soni
ba’zan o‘zgarib ham turgan. Hozirgi tilshunoslikda ularning
soni nechta ko‘rsatilayotganidan qat’i nazar, kelishik
kategoriyasi turkiy tillarda burundan bor, bundan keyin ham
saqlanib qoladi.
Kelishik qo‘shimchasi o‘zbek tilida ot, otlashgan so‘zlar,
barcha ism guruhiga qo‘shila oladi. Ot, sifat, son, olmoshni ism
guruhi deganimiz bilan har birining o‘ziga yarasha grammatik
belgisi bor. Hech qachon bir turkumga tegishli kategoriya
ikkinchisiga o‘tib qo‘ya qolmaydi. Son, sifat, olmosh asl
holatida otga xos qo‘shimchalarni ololmaydi. Gapda avval ot
o‘rnini egallaydi, ot to‘nini kiygandan keyingina, uning
vazifasini bajarish huquqini oladi va o‘z qurshovida boshqa
so‘zlarga ot singari ta’sir eta boshlaydi.
156
Qadimgi turkiy tilda kelishiklar soni yettita. Ularning
turlari va qo‘shimchalari quyidagichadir:
1. Bosh kelishik: maxsus qo‘shimchasi yo‘q; otning bosh
ko‘rinishi nazarda tutiladi.
2. Qaratqich kelishigi:
-nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ; -ïŋ, -iŋ / -uŋ, - üŋ. 3. Jo‘nalish kelishigi:
-qa, -kä / -ğa, -gä; -a, -ä; -ğaru, - gärü / -qaru, -kärü; -ğar, -gär / -qar, -kär; -ru, -rü; -ra, -rä .
4. Tushum kelishigi:
-ğ, -g (-ïğ, -ig / -uğ, -üg); -n; -nï, -ni; - ï, -i. 5. O‘rin-payt kelishigi:
-da, -dä / -ta, -tä. 6. Chiqish kelishigi: -
dan, -dän / -tan, -tän / -dïn, -din / -tïn, -tin / -dun, -dün; -da, -dä / -ta, -tä .
7. Vosita kelishigi: -
n (-ïn, -in / -un, -ün) .
Qaratqichning asl ma’nosi “qaratuvchi” degani. U egalik,
maxsuslik, bir narsaning ikkinchi narsaga yo kimsaga tegishli
ekanini bildiradi.
Qadimgi turkiy tilda qaratqich belgisi -
nïŋ, -niŋ / -nuŋ, -nüŋ bilan birga -ïŋ, -iŋ / -uŋ, -üŋ dir.
Qaratqich ba’zan belgisiz ifodalanishi ham mumkin.
Masalan:
Körüg sabï antağ . – Kuzatuvchining so‘zi shunday
(Ton.9).
Jo‘nalish kelishigi ish-harakat yoki holatning kimsa yo
narsa tomon yo‘nalishini bildiradi. Uning asl ma’nosi
“yo‘nalish” degani.
Eskida jo‘nalish kelishigining qo‘shimchasi ham bir necha
xil bo‘lgan. Qadimgi turkiy tilda jo‘nalishning -
qa, -kä varianti
ustun edi. Urxun yodgorliklarida jo‘nalishning -
ğa, -gä varianti
o‘rnida ham -
qa, -kä qo‘llanilgan:
tağqa – toqqa,
qapïğqa –
qopig‘qa,
yerkä – yerga,
ögüzkä – daryoga. Jo‘nalishning
-ğa, - gä varianti
yenisey
yodgorliklaridagina
qo‘llanilgan:
qunčuyïmğa – bekachimga,
edgügä – ezguga.
Yodgorliklar tilida jo‘nalishning -
ğaru, -qaru, -gärü, -kärü qo‘shimchasi keng qo‘llanilgan:
oğuzğaru – o‘g‘uzga, o‘g‘uz