144
Yoki
ät
– “go‘sht, tana”,
öz
– “o‘zlik”,
ätöz
esa “vujud,
jism, tana” ma’nosini beradi.
QB, 6 da: tüš-teŋ. So‘z tarkibidagi tüš ham “teng”
ma’nosidadir, tüš-teŋ
–
“tengdosh, tenqur” degani. Yoki, yana
solishtiring, hozirgi o‘zb.: teŋqur. Qadimgi turkiy tilda: qur –
“esh, teng” degani. Chog‘ishtiring, X.36 da: qur boltï
–
esh
bo‘ldi.
Hozirgi o‘zbekchada
uwalï-juwalï
so‘zimiz bor. Bu so‘z
qadimgi turkiy tildagi
uya
so‘ziga bog‘lanadi.
Qadimgi turkiy
tilda
uya
ikki ma’noda qo‘llanilgan: 1) birodar, yaqin kishilar,
tug‘ishganlarni anglatgan (E.15.3; MK.I.113). Bu so‘z Adib
Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asarida
ham
uchraydi: Ata bir, ana bir, uyalar, bu halq.
–
Ota bir, ona bir,
barcha
xalq qardosh, birodordir (AH.291). Asar ko‘chirilgan
davr tilida
uya
so‘zining “birodor, do‘st” ma’nosi unutilgan
ko‘rinadi. Shuning uchun bo‘lsa
kerak asarning S nusxasida
uyalar
so‘zining ostiga
birādarān
deb yozib qo‘yilgan. 2)
“yashash joyi, uya” ma’nosini anglatadi. Masalan, İB da: uya –
in, uya.
Uya
so‘zining “yashash joyi, uya” ma’nosi hozirgi o‘zbek
tilida ham bor: Quš uyasïda körgänini qïladï. Turk tilida bu
so‘z
yuva
shaklida qo‘llanmoqda: Yuvayï yapan diši quštur
(Uyani qurgan moda qushdir)
.
Hozirgi o‘zbek
tilidagi
uwalï-
juwalï
tuzilishiga ko‘ra juft so‘zdir: uwa~yuwa~juwa – bir
so‘zning
turli
fonetik
variantlari
bo‘lib,
u
“avlod,
tug‘ishganlar” ma’nosini beradi.
Uwalï-juwalï
so‘zi tarkibidagi
birinchi -
lï
qadimgi turkiy tilda amal qilgan teng
bog‘lovchining qoldiq shaklidir. Keyingisi esa hozir sifat
yasovchi sifatida tushuniladi. Ushbu so‘z
ayni shaklda
“serfarzand, avlodli” ma’nosida.
Yozma yodgorliklarda so‘zlarni takrorlash yo‘li bilan ham
yangi ma’no hosil qilinadi. Masalan,
adruq
– “ayri” degani,
matnlarda
adruq adruq
shaklida ham qo‘llaniladi, bu “turli, har
xil” ma’nosini beradi.
145
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lutfan
o‘z
bilgingizcha
o‘rnaklar
ko‘magida
so‘zlarni
morfemaga ajratish yollarini tushuntiring.
Hozirgi o ‘zbek tilidagi
yaylaw,
yulduz,
quyaš
,
zorğa
so‘zlarini
tarixan qanday morfemalarga ajratish mumkin?
Til tarixida so‘z yasalishining qanday yollari amal qilgan?
Dostları ilə paylaş: