kömüldürük
– otning ko‘krak yopqichi. Hozirgi o‘zb.:
boyunturuq
.
-
duq, -dük
affiksi. MK da:
burunduq
– tuya anjomi,
boshbog‘.
-
daq, -däk
affiksi. MK da:
bağïrdaq
– siynalik (qiyoslang:
KTT da:
bağïrdaq
– beshik bog‘i).
-
čuq, -čük
affiksi. KTT.24 da:
yančuq
(
yan
– “yon”
so‘zidan) – to‘rva; MK da:
örčük
– o‘rama soch.
-
qay, -ğay, -käy, -gäy
affiksi. Hozirgi uyg‘ur.:
täskäy
(
täris-
käy
),
küngäy
; o‘zb.:
terskäy, küngäy; quzğay.
-
duz, -düz / -tuz, -tüz
affiksi. QB da:
yulduz
(qiyoslang,
taqlidiy so‘z:
yalt-yult
),
kündüz
.
147
2. Fe’ldan ot yasovchi qo‘shimchalar. Bular quyidagilardir:
-q, -k / -ğ, -g
affiksi. Ko‘k turk bitiglarida:
otlaq
– o‘tloq,
töšäk
– to‘shak;
qapïğ
– eshik, darvoza (QB da:
qapuğ
),
körüg
– kuzatuvchi, josus; QB da:
kečik
– kechuv joyi,
tiläk
– tilak,
yöläk
– yordamchi,
bezäk
– bezak,
tapuğ
– xizmat,
bilig
–
bilim,
aytïğ
– savol; MK da:
qïšlağ
– qishloq,
yaylağ
– yaylov,
suwlağ
– suv toshgan yer,
tarïğlağ
– ekinzor,
qušlağ
– qushlar
makoni,
tutuğ
– garov,
qonuq
– mehmon; AH da:
qïlïq
– odat;
ölüg
– o‘lik,
tirig
– tirik. Taf. da:
sïnağ
– sinov,
soruğ~soruq
–
so‘roq,
bïčaq
– pichoq.
Navoiyning yozishicha, mazkur qo‘shimchani mahal va
makonga qo‘shib, bir fasl yo bir amrga mansub qilurlar.
Andoq-ki:
qïšlaq, yaylaq, awlaq, qušlaq
(ML.178).
Yoki yana solishtiring, hozirgi o‘zb.:
qïšlaq, yaylaw (
la-ğ/q; yay
– “ko‘klam”,
yaylağ
– “ko‘klamni o‘tkazadigan
yer”
ma’nosida).
Bu
so‘zlarning
qadimgi
matnlarda
qo‘llanilishiga e’tibor bering:
Talïm qara qušman, yašïl qaya
yaylağïm, qïzïl qaya qïšlağïm-ol
. – Yirtqich burgutman, yashil
qoya yozni o‘tkazar yerim, qizil qoya qishlar yerimdir (İB.51).
-m
affiksi. QB da:
alïm
– olim,
berim
– berim; MK da:
aqïm
– oqim,
sağïm
– sog‘im,
tizim
– tizim, bog‘,
bičim
–
bichim,
ölüm
– o‘lim. Hozirgi uyg‘ur.:
qatlam, aldam
– aldov,
bağlam, uqum
– tushuncha,
kiyim, ösüm
– o‘sish.
-
maq, -mäk
affiksi. MK da:
čaqmaq
– chaqmoq,
qïsmaq
–
petlya.
-
qïn, -ğïn / -qun, -ğun, -kin, -gin / -kün, -gün
affiksi. MK
da:
tutğun
– tutqin,
qačğïn
– qochqin. Hozirgi o‘zb.:
basqïn,
tašqïn, yanğïn, učqun, yalqïn, köčkin, sürgün, epkin
.
-
qan, -kän / -ğan, -gän
affiksi. Hozirgi uyg‘ur.:
tuqqan
–
tug‘ishgan,
qapqan, čeqïlğan
– chaqmoq.
-
qïč, -ğïč, -kič, -gič / -quč, -guč, -küč, -güč
affiksi. Buyum,
narsa, qurol, yarog‘ otini yasaydi. Ko‘k turk bitiglarida:
ačquč
– ochqich, kalit; MK da:
bïčğuč
– qaychi. Hozirgi o‘zb.:
qïrğïč,
148
očïrğïč (
uyg‘ur.:
basquč, qïrğuč, körsätküč,
yälpigüč
.
-
qaq, -ğaq, -käk, -gäk
affiksi. QB da:
yatğaq
– qorovul,
turğaq
– soqchi; MK da:
orğaq
– o‘roq,
turğaq
– sir oluvchi
qo‘shin,
tirsgäk
– tirsak.
-
ma, -mä
affiksi: MK da:
tügmä
– tugma,
süzmä
– suzma,
kesmä
– soch kesmasi. Hozirgi o‘zb.:
surma, qatlama, süzmä
.
-
qu, -ğu / -kü, -gü
affiksi. MK da:
bïčğu
– pichoq,
süpürgü
– supurgi,
külgü
– kulgu; QB da:
yegü
– yegulik,
kedgü
–
kiyim. Taf. da: bïčqu – qilich.
Shu o‘rinda
közgü
so‘zining yasalishiga e’tibor qilaylik. Bu
so‘zda
-gü
qo‘shimchasi ot(
köz
)dan ot yasagan. Aslida u fe’l
o‘zagidan ot yasovchi qo‘shimchadir. Aftidan, bu o‘rinda o‘zak
köz
(ot) emas,
kör
- (fe’l) bo‘lgan bo‘luvi kerak:
kör->köz-
>köz-gü>közgü
. Qiyoslang, İB. da:
közüŋü
– ko‘zgu, oynak.
-
n
affiksi. MK da:
aqïn
– sel,
yïğïn
– yig‘in,
ekin
– ekin,
egin
– yelka, kift,
boğun
– bo‘g‘un; QB da:
tügün
– tugun.
Hozirgi uyg‘ur.:
eqïn
– sel,
jïğïn
; o‘zb.:
yïğïn, otun, quyun,
tügün, kelin
.
Ushbu affiks joy, makon otini ham yasaydi:
qorğan
(
qor-ğa
– “qo‘ri, himoya qil” so‘zidan) – qo‘rg‘on. Yoki, solishtiring:
Qazan (
(
qaz-ğa
– “g‘alaba qozon” so‘zidan) –
shahar nomi, Qozon. Lekin “idish” anglamidagi
qazan
so‘zining o‘zagi
qaz
- fe’liga bog‘lanadi. Qiyoslang: hozirgi
o‘zb.:
qazïmaq, qazïq
ham shu asosdan.
-
č
affiksi. QB da:
qïlïnč
– qilmish, fe’l-atvor,
saqïnč
–
eslash,
sewinč
– sevinch; MK da:
ötünč
– qarz,
urunč
– pora,
ökünč
– o‘kinch; AH da:
sökünč
– so‘kinch; Huast. da:
yükünč
– yukunch (
yükün
- “yukunmak, sig‘inmoq, topinmoq”
fe’lidan).
-
š
affiksi. MK da:
uruš
– urush,
toquš
– jang, kurash,
čïqïš
– foyda,
kečiš
– kechuv; QB da:
alqïš
– olqish (
alqa
– “maqta”
so‘zidan),
qarğïš
– qarg‘ish (
qarğa-
so‘zidan),
söküš
– so‘kish;
AH da:
ülüš
– hissa.
149
-
man, -män
affiksi. MK da:
sïqman
– uzumni siqadigan
vaqt,
sökmän
– alp, qahramon. Hozirgi turk.:
öğretmen
–
o‘qituvchi; o‘zb.:
bilärmän, taparman-tutarman
.
-
ğa, -gä
affiksi. MK da:
bilgä
– donishmand, olim, hakim,
ögä
– aqlli odam, bilimdon.
-
wul,
-wül
affiksi.
Navoiyning
yozishicha,
ushbu
qo‘shimcha ko‘magida bir muabbir va bir maxsus sifatga tayin
qilurlar-ki, sultonlarning xoh bazm asbobi uchun, xoh bazm
jihoti uchun mo‘’tabardir. Andoq-ki:
hiräwül, qarawul,
čaŋdawul, yaŋawul, sözäwül, tapawul, kitpäwül, yasawul,
bökäwül, šïğawul, daqawul
(ML.178). KN da:
harawul,
čandawul
. Qiyoslang, hozirgi o‘zb.:
qarawul
. Yoki xalq
ertaklarining
böri bäkäwül ekän, tülki yasawul ekän
boshlamasini eslang.
-
sïq, -sik / -sïğ, -sig / -suq, -sük / -suğ, -süg
affiksi. Ko‘k
turk bitiglarida:
kün toğsuq
– kun chiqar (Sharq),
kün batsïq
–
kun botar (G‘arb). Qiyoslang, MK da:
kün toğsuğ, kün batsïğ
.
-
t
affiksi. MK da:
ögüt
– nasihat, pand.
-
qa, -kä
affiksi. Bu affiks hashorat otlarida uchraydi. KTT.
da:
sarïnčqa
, kitobda qayd etilishiga ko‘ra, turkmanchada
čekirgä
ham deyilgan (qiyoslang, hozirgi o‘zb.:
čigirtkä
),
qumursqa, qasïrtqa
– kana.
-
wač, -wäč / -ğač, -gäč
affiksi. MK da:
sanduwač
– bulbul
(solishtiring, o‘zb. shevalarida
sannaqčï
– oqin, xalq
qo‘shiqchisi). Hozirgi o‘zb.:
qaldïrğač
.
Ko‘plik
Turkiy tillar tarixida ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichlari,
asosan, quyidagilar:
1. Ko‘plikning -
lär, -lar
qo‘shimchasi. MK da:
bilgälär
–
donolar,
alplar
– pahlavonlar,
qapuğlar
– eshiklar. Yoki Huast.
da:
yaruq täŋrilär
– yorug‘ tangrilar,
arïğ dintarlar
– pokiza
rohiblar.
150
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining uslubiy talablariga ko‘ra
otlardan oldin ularning son ko‘rsatkichi keltirilsa, otga -
lar
qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. Qadimgi turkiy tilda esa bunday
o‘rinlarda ham otlarga ko‘plik affiksi qo‘shilishi mumkin.
Masalan, “Oltun tusli yorug‘” asarida:
iki ičiläri
– ikki akasi,
üč tiginlär
– uch shahzoda,
iki tigitlär
– ikki shahzoda,
yeti
enükläri
– (barsning) yetti bolasi.
2. Yozma yodgorliklar tilida ko‘plik -
n
qo‘shimchasi bilan
ham yasalgan. Masalan, QB da:
türkän
– turklar,
erän
– erlar,
mardlar. MK da:
oğlan ïğlašdï
– bolalar yig‘lashdi,
erän alpï
oqïštïlar
– mardlar bir-birlarini chorladilar. Yodgorliklarda
oğlan va erän so‘zlari birlik shaklida ham qo‘llanilgan:
oğlan
suw tökdi
– o‘g‘lon suv to‘kdi (MK.II.27).
3. Qadimgi turkiy tilda rudiment holida ko‘plikning
-t
qo‘shimchasi ham uchraydi (Maлов 1951,50–51). Bunday
ko‘plik -
n
ning -
t
ga o‘zgarishi bilan hosil qilingan. Masalan,
“Oltun tusli yorug‘” asarida:
tigin
– shahzoda,
tigit
–
shahzodalar. Lekin asarda uning ko‘pligi
tiginlär~tigitlär
shakllarida ham qo‘llanilaveradi.
Bunday usul bilan yasalgan ko‘plikka yana bir misol:
tarqan
– tarxon (unvon),
tarqat
– tarxonlar.
4. Turkiy tillar tarixida ko‘plik
-z
affiksi bilan ham
yasalgan. Bunga quyidagi so‘zlarni misol keltirish mumkin:
meŋiz
– yuz,
köküz
– ko‘krak,
omuz
– yelka,
möŋüz
– shox,
ağïz
– og‘iz (uning ikki chakakdan iborat ekanligi nazarda
tutilgan).
Bunga
köz
so‘zini ham misol keltirish mumkin.
Solishtiring:
kör
– fe’l (
-r
– fe’l yasovchi),
köz
(
-z
– ko‘plik
qo‘shimchasi).
Asli bu so‘zlarga -
z
qo‘shilishi orqali “ikkilik, juftlik”
nazarda tutilmoqda. Biroq, turkiy tilda “ikkilik” yo‘q. Biror
narsaning bittasi birlikda, ikkinchisi qo‘shilsa, ko‘plikka
aylanadi. “Ikkilik” – ko‘plik degani. Shunga ko‘ra -
z
affiksi,
ikkilik, juftlik yasovchi emas, ko‘plik yasovchidir.
151
Biz
va
siz
olmoshlaridagi
z
ham ko‘plik qo‘shimchasidir.
S.Y. Malovning yozishicha, bu olmoshlar quyidagi usulda hosil
bo‘lgan:
bi+si=biz
(men+sen=biz);
si+si=siz
(sen+sen=siz)
(Maлов 1951,51–52).
-
z
qo‘shimchasi fe’llarga qo‘shilib, ularning shaxs va sonini
bildiradi. Masalan, tinglovchi birligi
bardïŋ
, ko‘pligi esa
bardïŋïz
bo‘ladi. Yoki, ko‘k turk bitiglarida tinglovchi birligi
bardïğ
shaklida qo‘llanilgan:
Qağanïŋïn sabïn almatïn yer sayu
bardïğ
. – Xoqoningning so‘zini olmayin har yerga tarqab
ketding (Ka.9). Buning ko‘pligi hozirgi ayrim turkiy tillarda
(xususan, tatar tilida) –
bardïğïz
. Hozirgi o‘zb.:
barïšïŋ keräk
,
ko‘pligi –
barïšïŋïz keräk.
Yoki:
keliŋ – keliŋlär – keliŋiz.
Keliŋiz
so‘zidagi -
iŋ
– hurmatni bildiradi, -
iz
esa ko‘plikni
ifodalaydi.
Hozirgi o‘zbek tilida siz aslida tinglovchi ko‘pligidir. Biroq
yoshi, martabasi ulug‘, hurmati bor kishilarga ham
siz
deb
murojaat qilinadi. Tilimizda “sizlab gapir”, “senlab gapir”
degan iboralar ham bor. Birinchisi hurmatni, keyingisi esa
yaqinlikni, yosh va darajasi quyi kishilarga bo‘lgan
murojaatni, kerak bo‘lganda salbiy ohangda hurmatsizlikni,
hatto mensimay so‘zlashni ham bildiradi. Demak, hurmatning
grammatik ko‘rsatkichlaridan biri so‘zning ko‘plik shaklidir.
Tinglovchi va o‘zga ko‘pligini (
siz, ular
), otlardagi
tinglovchilar va o‘zgalar egaligini (
sizniŋ, ularnïŋ
), fe’llardagi
tinglovchilar va o‘zga kishilarning harakat va holatini (ya’ni
shaxs-sonni) bildiruvchi qo‘shimchalar, o‘rni bilan, hurmatni
ham bildiradi. Masalan,
dadamlar, ayïmlar
deganda ko‘plikni
emas, ularga bo‘lgan hurmatni ifodaymiz. Nutq jarayonida
hurmat shu qadar kuchliki, hatto hurmatga sazovor kishining
ish-harakati va holatiga, unga tegishli narsalarga ham hurmatni
bildiruvchi qo‘shimcha qo‘shib so‘zlanadi. Masalan:
Dada,
avqatïŋïznï yeb alïŋ
gapini olaylik.
Avqat
so‘zi otaga tegishli,
shuning uchun unga hurmatni bildiruvchi
-ïz
qo‘shimchasini
qo‘shib
avqatïŋïz
deyiladi. Keyingi
yeb al-
fe’li ham otaga
152
qarashli, shuning uchun u ham hurmat shaklida (
yeb alïŋ
). Endi
Dadamlar išdän kelgänläridä avqatlarïnï ïsïtïb berdim
gapidagi hurmatga e’tibor beraylik.
Dadamlar
so‘zidagi
-lar
otaga bo‘lgan hurmatni bildiradi;
kelgänläridä
so‘zi ham
otaning harakati, shuning uchun ham u hurmat shaklida;
avqat
ham otaga tegishli, shundan kelib chiqib, unga ham -
lar
qo‘shiladi. Endi
ïsïtïb berdim
so‘zi menga tegishli; shu yerda
gapdagi hurmat darajasi bir pog‘ona pastga tushadi: unga -
lar
qo‘shimchasi qo‘shilmaydi.
Ko‘plik shakli hurmatni ifoda etganligini Mahmud
Koshg‘ariy ham ta’kidlagan edi. Uning yozishicha, turklar sen
so‘zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda so‘zlovchidan
daraja, martaba, yoshda quyi bo‘lgan kishilarga nisbatan
qo‘llaganlar. O‘zlaridan yuqori hurmatli kishilarni
siz
deganlar.
O‘g‘uzlar esa, aksincha, kattalarga
sen
, kichiklarga
siz
deb
qo‘llaydilar. Ko‘plikda ham shuni ishlatganlar (MK.I.326).
5. Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida ko‘plik
-ağut
qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan degan qarashlar bor.
Biroq bu qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlar ko‘plikni
bildirmaydi. Masalan, ST da:
alpağut
– pahlavon,
bayağut
–
boyon.
Egalik
Otlarda bir so‘zlovchining egalik belgisi -
m
affiksidir:
bašïm, közüm, elim. So‘zlovchi ko‘p kishi bo‘lganda
-miz, -mïz
qo‘shimchasi qo‘llaniladi:
bašïmïz, közimiz, elimiz, biligimiz,
saqïnčïmïz.
So‘zning oxirgi bo‘g‘ini lablangan unlili bo‘lganda ushbu
qo‘shimcha ba’zan
-muz, -müz
shaklida ham qo‘shiluvi
mumkin. Masalan, Huast. da:
muŋumuz, köŋülümüz
.
So‘zlovchi o‘zi to‘g‘risida so‘z yuritganda, odatda,
özüm
deb ishlatadi va bunga qo‘shimcha qilib ta’kidni kuchaytirish
uchun ba’zan
bän
olmoshini ham qo‘shib qo‘llashi mumkin:
153
Kältürtim-ök türk bodunuğ
Ötükän yärkä bän özüm bilgä
Toñuquq.
– Keltirdim ham turk xalqini O‘tukan yerga men
o‘zim bilga To‘nyuquq (Ton.17).
Tinglovchi birligining egaligi -
ŋ
qo‘shimchasi bilan hosil
qilinadi:
bašïŋ, közüŋ, eliŋ
.
Tinglovchi ko‘pligining egalik belgisi
-ŋïz, -ŋiz / -ŋuz, -ŋüz
dir:
bašïŋïz, közüŋüz, eliŋiz
.
O‘zga birligining egalik belgisi
-ï (-sï), -i (-si)
qo‘shimchasidir:
bašï, közi, eli
.
Muhimi shundaki, “O‘g‘uzxoqon” dostonida egalikning
o‘zga birligi lab unlisi bilan tugagan bo‘g‘inlarga -
u (-su), -ü (-
sü)
shaklida ham qo‘shilib kelgan:
aŋağusu
– qiyofasi,
közü
–
ko‘zi,
köküzü
– ko‘ksi,
üčägüsü
– uchalasi. Bunday fonetik
xususiyat hozirgi turk tilida ham saqlangan.
O‘zgalar ko‘pligining egaligi qarashlilik ko‘pligiga
birlikning egalik belgisini qo‘shib hosil qilinadi. Misoli:
sözläri
.
Klassik adabiyotda
-ŋïz, -ŋiz / -ŋuz, -ŋüz
qo‘shimchasi
yolg‘iz ko‘plikni emas, o‘rni bilan, hurmatni ham bildiradi.
Masalan, mahbubaga hurmat ayni qo‘shimcha bilan ifoda
etiladi. Sak. da:
qadrïŋïz, közläriŋiz, ğamzaŋïz, boyuŋuz,
zulfuŋuz
. Quyidagi baytga e’tibor bering:
Ğamzaŋïz qan tökkäli qasd etsä har dam, ul zamān
La’lïŋïzdïn köp bolur Sakkāki:gä jān minnatï (Sak.715).
“Kitob-i tarjumon-i turkiy”da ta’kidlanishicha, “qipchoq
tili”da egalik
bu seniŋ
(bu seniki),
bu munïŋ
(bu buniki),
bu
anlaruŋ
(bu ularniki),
bu bizüm
(bu bizniki),
bu siziŋ
(bu
sizniki),
bu anïŋ
(bu uniki),
bu menüm
(bu meniki) shaklida
ifoda etilgan. Bu so‘zlardagi
-ŋ / -m
qo‘shimchasi narsaning asl
egasini (kimga qarashli ekanligini, kimga oid ekanligini) bildiradi
(KTT.73).
Egalikning
bu
shakli
hozirgi
turk
tilida
ham
qo‘llanilmoqda:
bu senindir, bu onlarïndïr, bu sizindir, bu
bizimdir, bu benimdir
.Yoki, solishtiring, hozirgi o‘zb.:
154
menimčä
(-
im
“men”ga emas, “mening fikrim”ga taalluqli,
“fikr”ning “men”ga qarashli ekanligini bildiradi):
men(iŋ
fikr)imčä>menimčä
. Yoki, yana bir misolni qiyoslang:
meniŋča
. -
niŋ
qo‘shimchasi “men”ga tegishli, -
čä
esa “mening
fikrim”ga tegishli. Bu o‘rinda egalik qo‘shimchasi -
im
qisqargan (
).
Turk tilshunosligida
ben
Dostları ilə paylaş: |