Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


kög – she’rning vazni,  o‘lchovi:  bu yïr ne kög üzä-ol – bu she’r qay vaznda;  kög



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

kög
– she’rning vazni, 
o‘lchovi: 
bu yïr ne kög üzä-ol
– bu she’r qay vaznda
kög
– 
kuy, maqom, ashulada maxsus qoidaga muvofiq ovozni 
baland-past qilish: 
er kögländi
– odam ovozini baland-past 
qilib, ma’lum maqomda ashula aytdi (MK.III.144). 
Mahmud Koshg‘ariy 
köglä
- fe’lini izohlar ekan, uning 
“kuylamoq, ashula aytmoq” ma’nosida ekanligini ta’kidlaydi: 
er köglädi
– kishi kuyladi, ashula aytdi (MK.III.315). Ushbu 
misoldagi 
köglä-
fe’li “qo‘shiq, ashula” ma’nosidagi 
kög
dan 
yasalgan. 
Qadimgi turk she’riyatida 
kög~küg
atamasi “she’r, qo‘shiq” 
ma’nosida keng qo‘llangan. Masalan, turk moniy adabiyotining 
namoyandasi Aprinchur tigin she’rlarining oxiriga 
Tügädi 
Aprin-čor tigin kügi
(Tugadi Aprinchur tigin she’ri) deb yozib 
qo‘yilgan (qarang: Arat 1991,14). Qadimgi turkiy manbalarda 
ba’zan bu atama 
küg tağšut
shaklida qo‘llanib, “she’riyat” 
ma’nosini bildirgan.


136
Misollardan anglashiladiki, Navoiy “ohang” ma’nosini 
nazarda tutgan 
kök 
(yozma manbalarda: 
kög~küg~kök

polisemantik so‘z bo‘lib, “she’r, qo‘shiq, she’r o‘lchovi, nazm; 
kuy, ohang” ma’nolarini ifoda etgan ekan. 
Til taraqqiyotining keyingi davrlarida mazkur so‘z 
küy
ga 
aylangan. Hozirgi o‘zbek tilidagi 
“ohang” 
ma’nosini 
bildiruvchi 
küy
qadimgi 
küg
(~
kög
) ning o‘zgargan shaklidir (-
k//-g>-y; -ö>-ü
). Tilimizda uning “she’r, qo‘shiq” ma’nosi 
hozir ham relikt shaklida uchraydi. Hozirgi 
küylä
- fe’lining 
o‘zagi tarixan “ohang, kuy” ma’nosiga emas, balki “she’r, 
qo‘shiq ma’nosiga bog‘lanadi. Chunki, 
küylä
- so‘zida “kuy 
chalmoq emas, “qo‘shiq aytmoq” ma’nosi mujassam: 
san’atkār 
kuyladi=san’atkār qo‘shiq aytdi.
Bu so‘z “Devonu lug‘atit 
turk”da qo‘llangan 
köglä-
(
er köglädi
) fe’lining fonetik 
jihatdan o‘zgargan shaklidir: 
köglä~ küglä> küylä.
Tilimizda 
sigir küylädi, ït (urğačï ït) küyükdi
birikmalari 
ham bor. Ushbu birikmalar tarkibidagi 
küylä-, küyük-
esa yuqo-
ridagi 
ma’nolarga 
bog‘lanmaydi. 
Bular 
hayvonlarning 
juftlashuv vaqtini bildiruvchi 
kög(~küg)
dan yasalgan. Ushbu 
so‘z Mahmud Koshg‘ariyning devonida uchraydi: 
kög
– bu 
echki va boshqa hayvonlarning qishda bir-biriga oshadigan 
(juftlashadigan) vaqti: 
qoy kögi boldï
– qo‘ylarning 
qo‘shiladigan, uyur oladigan vaqti bo‘ldi (MK.III.145). Bu 
so‘zdan esa hayvonlarga nisbatan qo‘llanuvchi 
küylä-, küyük-
fe’llari yasalgan: 
kög(~küg)> küy-+lä; küy+ük

Endi hozirgi 
qošïq
[tarixiy shakli 
qošuq
] so‘zining yasalishi 
borasida. Uning etimologiyasi haqida har xil fikrlar bildirilgan. 
Ko‘pchilik bu so‘zning o‘zagini “biriktirmoq” ma’nosidagi 
qoš-
fe’liga bog‘laydi. Bu o‘zakni 
qoš
(yer haydovchi ho‘kiz) 
so‘ziga bog‘lovchilar ham bor. Ta’kidlamoq kerak, 
qošuq
so‘zi-
ning o‘zagi qayd etilgan ma’nolarning birortasiga bog‘lanmaydi. 
Yasalishi shunday: o‘zagi 
qoš
- bo‘lib, -
q
(-
uq
) – ot yasovchi qo‘-
shimcha; u otdan emas, fe’ldan ot yasaydi. Shunday ekan, bu 
so‘z o‘zagining “er haydovchi ho‘kiz”ga bog‘lanuvi o‘rinli 


137
emas. So‘zning 
qoš
- o‘zagi “biriktirmoq” ma’nosida ham emas, 
u “she’r to‘qimoq” ma’nosidadir. Bu ma’no qadimgi turkiy tilda 
amal qilgan. “She’r to‘qimoq” ma’nosidagi 
qoš
- so‘zini, 
jumladan, “Devonu lug‘atit turk”da uchratamiz: 
ol yïr qošdï
– u 
she’r yozdi (MK.II.22). 
Demak, manbalarda qayd etilgan misollardan hozirgi 
qošïq
atamasi tarixan 
qoš
- fe’lining “qo‘shmoq, biriktirmoq” 
anglamidan emas, “(she’r, ashula) to‘qimoq” ma’nosidan 
yasalganligi anglashiladi.
 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin