Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

ädgü (edgü), käräk (keräk), yär 
(yer); išit (ešit), kilir (kelir)
. Qo‘lyozmada, ayniqsa, bir 
so‘zning ikki xil yozilganligi e’tiborga loyiq: 
äšit // išit (ešit), 
käl // kil (kel)
. Bu yozuv xususiyatlari “Qutadg‘u bilig” tilida 
[e] tovushi amal qilganligidan dalolat beradi. Maxsus harf 
bo‘lmagani bois, yozuvda yoki <ä> harflaridan 
foydalanilgan. 
Asar tilida [e] tovushi amal qilganligini quyidagi misoldan 
ham kuzatish mumkin:
Tilin emgämiš er nekü ter ešit, 
Bu söz iškä tutğïl, özüŋä eš et. –
Tili tufayli ozor topgan kishi nima deydi, eshit, 
Bu so‘zni ishga solgin, (uni) o‘zingga esh et (QB.161).
Ushbu misoldagi 

va 

so‘zlari o‘zaro [i] hamda [e] 
tovushlari bilan farq qiladi. 
Qadimgi turkiy matnlardagi ayni an’ana arab imlosida ham 
davom etgan. Arab yozuvli matnlarda [e] tovushi so‘z boshida 
alif, ba’zan alifu yo, ikki undosh orasida esa fatha, kasra yoki 
yo vositasida ifoda etilgan (Maҳмудов 1990,49–51). 
Demak, turkiy tillardagi [e] tovushining ildizlari eski 
bitiglarga bog‘lanadi.
Hozirgi o‘zbek tilidagi ochiq, keng [ó] tovushining (adabiy-
orfografik ) yuzaga kelish tarixi ham munozarali. 
Ma’lumki, bu tovush boshqa turkiy tillarda uchramaydi. 
Shunday ekan, u o‘zbek tilida qanday va qachon paydo 


115
bo‘lganligi tilshunoslar o‘rtasida jumboq tug‘dirayotgani 
tabiiy.
Q. Mahmudovning fikricha, hozirgi o‘zbek tilidagi [ó] 
fonemasi o‘zlashgan so‘zlardagi cho‘ziq [a:], turkiy tillardagi 
etimologik til orqa [a] hamda etimologik cho‘ziq [ā] 
tovushlarining kengayishi natijasida hosil bo‘lgan (Maҳмудов 
2004,51).
Uning paydo bo‘lgan davri to‘g‘risida shunday fikrni aytish 
o‘rinli. Eski o‘zbek tilida, xususan, “chig‘atoy tukiysi”da arab, 
fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda [ā] tovushi amal qilgan. 
Masalan, 
vafā, jafā, sadā, sanā
. Lekin, sof turkiy so‘zlarga 
buni tatbiq etib bo‘lmaydi, chunki u davrda turkiy so‘zlardagi 
[a] unlisi, hozirdagidek, [ó] ga aylanmagan edi. Sof turkiy
so‘zlarni 
qóra, xón, xóqón, oğlón
deb emas, 
qara, xan, xaqan, 
oğlan
shaklida 
o‘qiymiz. 
Shuning 
uchun 
o‘zlashgan 
so‘zlardagi [ā] ni mustaqil fonema emas, balki orqa qator, 
“qattiq” [a] tovushining varianti ([a~ā]) deb qaragan ma’qul.
O‘zbek tili tarixida yaratilgan yozma manbalar tilini tadqiq 
qilish, ularni hozirgi yozuvga o‘girish jarayonida ochiq [ó] 
masalasi yanada jiddiylashadi.
Yozma yodgorliklar, xususan, arab yozuvli manbalarni 
o‘rgangan mutaxassislar matnlarda so‘z boshida kelgan “alif 
madda”, so‘z orasida kelgan “alif” harfi [ó] tovushini ifoda 
etgan, deb sanaydilar. Matnlarni hozirgi yozuvga o‘girganda 
ham ularni  harfi bilan emas, <ó> (adabiy-orfografik
bilan beradilar. Aslida arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek 
yozuvida so‘z boshida kelgan “alif madda”, so‘z ichidagi “alif” 
harflari kengroq vazifani bajargan. Eski matnlarni hozirgi 
yozuvga ag‘darganda turkiy tillarning tovush xususiyatini, 
fonologik tabiatini inobatga olgan ma’qul. So‘z boshida “alif 
madda” bilan yozilgan so‘zlarni 
al, ač, ačun, asïğ
shaklida, 
so‘z ichida “alif” harfi bilan yozilgan “yo‘g‘on” o‘zak-negizli 
so‘zlarni 
barğan, turğan, tapqan, qačqan
, “ingichka” negizli 


116
so‘zlarni esa 
bilgän, körgän, ešitkän
shakllarida o‘qilsa va 
yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi.
Ko‘pdan beri turkshunoslikda XV asr eski o‘zbek tilining, 
xususan, Alisher Navoiy asarlari tilining unlilar tizimi ustida 
tortishuv ketadi. O‘sha kezlarda yaratilgan asarlarni o‘rgangan 
olimlar unlilar sonini turlicha ko‘rsatadilar. Tilshunoslikda 
qadimgi turkiy tildagi orqa qator [a] bilan old qator [ä], orqa 
qator [ï] bilan old qator [i] Navoiy asarlari tilida konvergensiga 
uchragan degan fikr ham bor (Рустамов 1968,260–263). 
Ma’lumki, tarixiy taraqqiyot jarayonida unlilar tizimida 
o‘zgarish yuz berdi. Eski o‘zbek tili (“chig‘atoy turkiysi”)da 
unlilar soni sifat va miqdor jihatdan qadimgi va eski turkiy til 
davrlaridan farq qiladi. XV asr turkiysining unlilar tizimi 
xususida Alisher Navoiy aniq ma’lumot berib o‘tgan.
U “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarida “vav” harfining 
turkiy matnlardagi vazifasi xususida to‘xtalib, uning to‘rt xil 
talaffuz etila olishi, buning natijasida ular turli ma’nolarni 
anglatishi mumkinligini ta’kidlaydi (türkî alfāzda bu ma’ruf va 
majhul harakat tört nav’ tapïlur). Buni quyidagi misollarda 
ochib beradi:
تو ا
OT ki, šäy’i muhriq-dur ve ÖT mürur ma’nāsï bilä va 
UT muqammirğa bürd jihatïdïn amr va ÜT ki, barïdïn oq 
harakatdur: kallanï otqa tutup tükin arïtur ma’nādadur. 
Ushbu o‘rnaklardagi 
ot
– “o‘t, olov”, 
öt
– “o‘t-“ (fe’l), 
ut
– 
“yut-“ (fe’l: o‘yinda yut-), 
üt
– “kallani o‘tga tutib, tukini 
tozalash” ma’nosida.
رﻮﺗ
TOR ki, dāmdur. Yana TUR ki, andïn daqïqraqdur-ki, 
quš olturur yïğačdur va TÖR ki, andïn daqïqraqdur, öyniŋ 
töridür va TÜR ki, barčadïn arïqdur, torluğnï ya ešikni türmäk 
amrïdur (ML.175). 
Ushbu o‘rnaklardagi 
tor
– “dom, tuzoq”, 
tur
– “qush o‘tira-
digan yog‘och”, 
tör
– “uyning to‘ri”, 
tür
– “parda yo eshikni 
turmak”.


117
Alisher Navoiy turkiydagi [e] tovushi xususida ham to‘x-
talgan edi. Chunonchi, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”da turkiy 
matnlardagi “yoy” harfining vazifasini ta’riflab, uning uch xil 
talaffuz etilishi mumkinligini aytadi (üč harakatdïn artuğ 
tapïlmas). Buni muallif quyidagi misollarda ko‘rsatib bergan: 
BEZ ki, sart qudud der va BİZ ki, mā va maxnu ma’nāsï 
bilädür va BÎZ ki, dirafš derlär.
Ushbu o‘rnaklardagi 
bez
– “bez”, 
biz
– “biz” (kishilik 
olmoshi), bîz – “bigiz”dir.
TER ki, termäk ma’nāsï bilädür va TİR ki, andïn raqîqdur. 
Oldur-ki sartlar anï ’araq va xoy derlär va TÎR ki, barïdïn 
arïqdur, oq ma’nāsï bilädür (ML.175). 
Ushbu o‘rnaklardagi 
ter
– “ter-“ (fe’l), 
tir
– “ter”, 
tîr
– “o‘q” 
dir. 
Bi o‘rnaklar ostida Navoiy turk imlosida “yoy” harfi ifoda 
etadigan uchta unlini nazarda tutmoqda: [e], [i], [î]. Bu 
misollari bilan Navoiy bir-biriga qarama-qarshi ma’noli 
fonemalarni emas, balki “yoy” ifoda etadigan turli tovushlarni 
nazarda tutgan. Chunonchi, [e] tovushi [ä] fonemasining 
torayishi tufayli unga variant sifatida hosil bo‘lgan, keyinchalik 
mustaqil holda takomil topgan. Navoiy o‘rnaklaridagi [i] tovushi 
“yo‘g‘on” o‘zakli so‘zlar tarkibida orqa qator [ï] sifatida talaffuz 
etilgan. Navoiy nazarda tutgan [î] esa “ikkilamchi” cho‘-
ziqlikdir. “Ikkilamchi” cho‘ziq unlilar, odatda, o‘zi bilan 
yondosh kelgan biror undoshning tushishi natijasida hosil 
bo‘ladi. 
Yuqoridagi misollar “chig‘atoy turkiysi”da, xususan, Alisher 
Navoiy asarlari tilida to‘qqizta unli fonema amal qilganligidan 
dalolat beradi. Bular: [a~ā], [ä], [e], [ï], [i], [o], [ö], [u], [ü]. 
Turkiy tillarning fonetik tizimi badiiy adabiyot, ayniqsa, 
she’r rifmikasining takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek 
mumtoz she’riyatida misralarning ravonligi, ohangdorligi, o‘ta 
jozibali va ta’sirchanligining boisi ham ana shu azaliy 
qonuniyatning amal qilganligida edi.

1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin