Sonli ifodalar va o’zgaruvchili ifodalar
3+7, 24:8, 3·2-4, (25+3)·2-17 yozuvlar sonli ifodalar deyiladi. Ular sonlardan, amal belgilaridan va qavslardan tuzilgan. Shuningdek, har bir son ham sonli ifoda hisoblanadi.
Ifodada ko’rsatilgan har bir amalni ketma-ket bajarish natijasida hosil bo’lgan son sonli ifodaning qiymati deyiladi. Masalan, 3·2-4 sonli ifodaning qiymati 2 ga teng.Sonli qiymatga ega bo’lmagan ifodalar ham mavjud.Bunday ifodalar haqida gapirilganda,ular ma’noga ega emas deyiladi.Masalan, 8:(4-4) ifoda ma’noga ega emas,chunki uning qiymatini topib bo’lmaydi; 4-4=0, nolga ega bo’lish mumkin emas. ifoda ham haqiqiy sonlar to’plamida sonli qiymatga ega emas, chunki kvadrati –9 ga teng bo’lgan haqiqiy son mavjud emas. Natural sonlar to’plamida 7-9 ifoda ham qiymatga ega emas.
2a+3 yozuvni qaraymiz. Bu yozuv matematika tilning alfavitidagi belgilardan: 2 va 3 raqamlardan, qo’shish belgisi “+” dan va a harfidan tuzilgan. Agar a harfi o’rniga sonlar qo’yilsa,turli sonli ifodalar hosil bo’ladi:
a=3 da 2·3+3;
a=7 da 2·7+3;
a=-4 da 2·(-4)+3.
2a + 3 yozuvda a harfi o’zgaruvchi,2a+3 yozuvning o’zi o’zgaruvchi ifoda deyiladi.
O’zgaruvchini lotin alfavitining istagan harfi bilan belgilash mumkin. Boshlang’ich maktabda o’zgaruvchini belgilash uchun harflardan tashqari belgi ham qo’llaniladi.Masalan,2·+3.
Shunday qilib,o’zgaruvchi – bu belgi (simvol),uni sonlar bilan almashtirish mumkin.
Ifodada o’zgaruvchining o’rniga qo’yish mumkin bo’lgan sonlar o’zgaruvchining qiymatlari,bunday sonlar to’plami esa berilgan ifodaning aniqlanish sohasi deyiladi.
Sonli tengliklar va tengsizliklar
a va b – ikkita sonli ifoda bo’lsin.Ularni tenglik belgisi bilan birlashtiramiz. a=b degan jumlani hosil qilamiz,bu jumla sonli tenglik deyiladi. Masalan,3+2 va 6-1 sonli ifodalarni olamiz va ularni tenglik belgisi bilan birlashtiramiz,3+2=6-1 sonli tehglik hosil bo’ladi.Bu jumla rost.Agar 3+2 va 7-3 sonli ifodalarni tenglik belgisi bilan birlashtirsak,3+2=7-3 sonli tenglikni hosil qilamiz,bu jumla yolg’on.Shunday qilib, mantiqiy nuqtai nazardan sonli tenglik bu rost yoki yolg’on bo’lgan fikrlardir.
Dostları ilə paylaş: |