Mavzu : Qovoqdoshlar oilasi vakillarining taraqqiyoti va ahamiyati
Reja :
Qovoqdoshlar oilasi
Yurtimizda keng tarqalgan qavoqdoshlar oilasi
Qovoqdoshlarga mansub o'simliklar
Qovoqdoshlar oilasi Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O'zbekistonda esa 18 tur o'simlik o'sadi.
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik vа ko'p yillik o'tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o'rmalab yoki barg qo'ltig'idan chiqadigan jingalaklar bilan ilashib o'sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o'rnashgan, yaproqlari panjasimon bo'lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to'g'ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqo'rg'oni murakkab. Kosachasi 5 ta kosachabargning, toji ham 5 ta tojbargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bо'lib qo'shilgan, 1 tasi erkin. Ba'zi vakillarida hamma changchilarining iplari o'zaro qo'shilgan. Urug'chilari 3 ta, lekin ularning tuguncha vа ustunchalari ham bir-biri bilan qo'shilgan. Tugunchasi ostki.
Qovoqdoshlarga mansub o'simliklaming gullari ayrim jinsli bo'lganligi uchun ularning changchi vа urug'chi gullariga alohida-alohida formula vа diagrammalar beriladi. Changchi gulining formulasi: K(5)T(5)Ch(2)+(2)+1U0 yoki K(5)T(5)Ch(5)U(O), urug‘chi guliniki К(5)T(5)Ch(0)U(3).