Qovoqdoshlarga mansub o'simliklar Qovoqdoshlar oilasiga mansub it qovun ekinlar orasida begona o'simlik sifatida uchraydi. Oshqovoq qovoq turkumiga mansub bir yillik sabzavot o'simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o'rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o'sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog'i 5-7 ga bo'lingan. Oshqovoq bir yillik o'simlik. Uning changchi va urug'chi gullari bitta tupda etishadi.
Oshqovoqgullarisariq. Changchili gullari nisbatan yirik bo'lib, urug'chili gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta, lekin ularning iplari bir-biri bilan qo'shilib bitta o'q hosil qiladi, changdonlari esa o'qni atrofidan o'rab turadi. Urug'chi gullari nisbatan kichikroq. Ularda 3 ta tumshuqchali bitta urug'chi bordek ko'rinadi. Aslida esa bu guldagi 3 ta urug'chi tugunchalarining va ustunchalarining qo'shilishidan hosil bo'lgan urug'chidir. Bunga qo'shilmay qolgan 3 ta tumshuqcha dalildir.
O'zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o'simlik ekiladi.
Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun-tarvuzlar hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuyg'ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi.
Q ovoqdoshlar
Adabiyotlar ro’yxat : 1. Burigin V. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1977. 2. Kursanov A. va boshqalar. Botanika. Toshkent O‘rta va Oliy maktab Davlat nashriyoti. 1963. 3. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002. 4. Sahobiddinov S. S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.