BAKTERIYALI SO‘ LISH KASALL1GI
(Erwinia trachciphila)
Bu kasallik bargxo‘rlar va burgalar tomonidan tarqaladi. Qovun va bodring-
ni ko‘proq, tarvuzni kamroq zararlaydi. Dastlab, ayrim joylarda so‘lish kuzatiladi,
keyinchalik bu alomatlar butun o‘simlikka tarqaladi. 0 ‘simlik hamma fazalarda
ham so‘lib qolishi mumkin. Tez o‘sish fazalanda ko‘proq bu kasallikka chalinadi.
Zararlangan barglar chetlarida xloroz va nikroz alomatlari kuzatiladi. Keyinchalik
butun o‘simlikning butun tanasi so‘lib qoladi va nobud boMadi.
Kasallik paydo bo‘lishi va tarqalishiga atrof-muhit omillari kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Yig‘ib olingan qoldiqlar ta’sirida yashamaydi. Qurigan o‘simliklar ta’-
sirida ham davomli hayot kechirmaydi. Qovoqdoshlarga mansub begona o‘tlar ta-
nasida hayot kechiradi va saqlanib qoladi. Kasallik alomatlarini seziboq o‘simlik-
lami yulib tashlash zarur.
Dostları ilə paylaş: