Elektromagnit to’lqinlar tarqalganda fazoning har bir nuqtasida davriy ravishda takrorlanuvchi elektr va magnit maydonlarining o’zgarishi sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlarni fazoning har bir nuqtasidagi kuchlanganlik vektorlari E va H ning tebranishi ko’rinishida tasvirlash mumkin. Elektromagnit to’lqinda E va H vektorlarning tebranishlari o’zaro perpendikulyar bo’ladi. Elektromagnit to’lqin kuchlanganlik vektori va uning tarqalish yo’nalishi orqali o’tuvchi tekislik qutblanish tekisligi deyiladi. Yorug’lik to’lqininning elektr maydon kuchlanganlik vektori(E) bitta yassi tekislikda tebranayotgan bo’lsa, bunday yorug’lik to’lqini qutblangan bo’ladi.